18.02.2025
3

NECHАKIM HАQ BILMАKI АQIDАDINDUR (2-QISM)

 

Fiqh-ul akbar kitobida Abu Hanifa rahimahulloh bu mavzuda quyidagilarni bayon qildilar:

وَ سُؤَالُ مُنْكَرٍ وَ نَكِيرِ حَقٌّ كَائِنٌ فِي القَبْرِ وَ إِعَادَةُ الرُّوحِ إِلَى جَسَدِ العَبْدِ فِي قَبْرِهِ حَقٌّ، وَ ضَغْطَةُ القَبْرِ وَ عَذَابُهُ حَقٌّ كَائِنٌ لِلكُفَّارِ كُلِّهِمْ وَ لِبَعْضِ عُصَاةِ المُسْلِمِينَ

Munkar va nakirning qabrda savol bermogʻi haq va boʻlguvchidir. Qabrda bandaning jasadiga ruhning qaytarilishi haqdir. Qabrning siqishi hamda uning azobi kofirlarning barchasiga va baʼzi osiy musulmonlarga haq va boʻlguvchidir[1].

وَ شَفَاعَةُ الاَنْبِيَاءِ عَلَيْهِمُ الصَّلاَةُ وَ السَّلاَمُ حَقٌّ وَ شَفَاعَةُ نَبِيِّنَا عَلَيهِ الصَّلاَةُ وَ السَّلاَمُ لِلمُؤْمِنِينَ المُذْنِبِينَ وَ ِلاَهْلِ الكَبَائِرِ مِنْهُمْ اَلمُسْتَوْجِبِينَ العِقَابَ حَقٌّ ثَابِتٌ. وَ وَزْنُ الاَعْمَالِ باِلْمِيزَانِ يَوْمَ القِيَامَةِ حَقٌّ، وَ حَوْضُ النَّبِيِّ عَلَيْهِ الصَّلاَةُ وَ السَّلاَمُ حَقٌّ، وَ القِصَاصُ فِيمَا    بَيْنَ الخُصُومِ بِالْحَسَنَاتِ يَوْمَ القِيَامَةِ حَقٌّ وَ إِنْ لَمْ تَكُنْ لَهُمُ الحَسَنَاتُ فَطَرْحُ  السَّيِّئَاتِ عَلَيْهِمْ حَقٌّ جَائِزٌ

Qiyomat kuni tarozida amallarning tortilishi haqdir. Paygʻambarimizning sollallohu alayhi va sallam, jannatda hovuzlari borligi haqdir. Qiyomat kuni xusumatchilar oʻrtalarida bir-birlaridan yaxshi amallarini olib, qasos olishlari haqdir. Agar ularning yaxshi amallari boʻlmasa, mazlumlarning yomon amallari zolimlarga ortilishi haq va joizdir. 

وَ الجَنَّةُ وَ النَّارُ مَخْلوُقَتَانِ اليَوْمَ لاَ تَفْنَيَانِ أبَداً وَ لاَ تَمُوتُ الحُورُ العِيْنُ أبَداً وَ لاَ يَفْنَى عِقَابُ اللهِ تَعَالَى وَ ثَوَابُهُ سَرْمَداً. وَ اللهُ تَعَالَى يَهْدِي مَنْ يَشَاءُ فَضْلاً مِنْهُ، وَ يُضِلُّ مَنْ يَشَاءُ عَدْلاً مِنْهُ وَ إِضْلاَلُهُ خِذْلاَنُهُ، وَ تَفْسِيرُ الخِذْلاَنِ أنْ لاَ يُوَفِّقَ العَبْدَ إِلَى مَا يَرْضَاهُ مِنْهُ وَ هُوَ عَدْلٌ مِنْهُ، وَ كَذَا عُقُوبَةُ المَخْذُولِ عَلَى المَعْصِيَةِ[2]

Jannat va doʻzax hozir yaratib qoʻyilgandir, ular abadiy yoʻq boʻlmaydilar. Hurlar ham abadiy oʻlmaydilar. Allohning iqobi va ajri yoʻq boʻlmaydi, ular abadiydir. Alloh istagan bandasini fazl aylab, hidoyatga soladi. Istagan bandasini adl aylab, izlol etadi. Alloh taoloning izloli xizloniydir. Xizlonning tafsiri — Oʻzi rozi boʻladigan amallarga bandani moyil qilmasligidir. Bu Allohning adlidir. Shuningdek, moyil qilinmaganni gunoh uchun jazolash ham adolatdir. Biz, shayton moʻmin bandaning imonini zoʻrlab, qahr qilib tortib oladi, demaymiz. Balki biz, banda oldin imonini tark etadi, ana shu vaqtda shay-ton undan imonini tortib oladi, deymiz.

وَ شَفَاعَةُ الاَنْبِيَاءِ عَلَيْهِمُ الصَّلاَةُ وَ السَّلاَمُ حَقٌّ وَ شَفَاعَةُ نَبِيِّنَا عَلَيهِ الصَّلاَةُ وَ السَّلاَمُ لِلمُؤْمِنِينَ المُذْنِبِينَ وَ ِلاَهْلِ الكَبَائِرِ مِنْهُمْ اَلمُسْتَوْجِبِينَ العِقَابَ حَقٌّ ثَابِتٌ. وَ وَزْنُ الاَعْمَالِ باِلْمِيزَانِ يَوْمَ القِيَامَةِ حَقٌّ، وَ حَوْضُ النَّبِيِّ عَلَيْهِ الصَّلاَةُ وَ السَّلاَمُ حَقٌّ، وَ القِصَاصُ فِيمَا    بَيْنَ الخُصُومِ بِالْحَسَنَاتِ يَوْمَ القِيَامَةِ حَقٌّ وَ إِنْ لَمْ تَكُنْ لَهُمُ الحَسَنَاتُ فَطَرْحُ السَّيِّئَاتِ عَلَيْهِمْ حَقٌّ جَائِز[3]ٌ

Paygʻambarlarning, alayhimussalom, shariatlari haqdir va Paygʻambarimizning, alayhissalom, gunohkor va azobu uqubatga loyiq boʻlgan, gunohi kabira qilgan moʻmin bandalarni shafoat qilishlari haqdir. — Qiyomat kuni tarozida amallarning tortilishi haqdir. Paygʻambarimizning sollallohu alayhi va sallam jannatda hovuzlari borligi haqdir. Qiyomat kuni xusumatchilar oʻrtalarida bir-birlaridan yaxshi amallarini olib, qasos olishlari haqdir. Agar ularning yaxshi amallari boʻlmasa, mazlumlarning yomon amallari zolimlarga ortilishi haq va joizdir. 

وَ الآيَاتُ ثَابِتَةٌ لِلاَنْبِيَاءِ وَ الكَرَامَاتُ لِلاَوْلِيَاءِ حَقٌّ ، وَ أمَّا الَّتِي تَكُونُ لأِعْدَائِهِ مِثْلُ إِبلِيسَ وَ فِرْعَوْنَ وَ الدَّجَّالِ مِمَّا رُوِىَ فِى الأخْبَارِ أنَّهُ كَانَ وَ يَكُونُ لَهُمْ لاَ نُسَمِّيهَا آيَاتٍ    وَ لاَ كَرَامَاتٍ ، وَلَكِنْ نُسَمِّيهَا قَضَاءَ حَاجَاتٍ لَهُمْ ، وَ ذَلِكَ لأنَّ اللهَ تَعَالَى يَقْضِي حَاجَاتِ أعْدَائِهِ اِسْتِدْرَاجًا لَهُمْ وَ عُقُوبَةً لَهُمْ فَيَغْتَرُّونَ بِهِ وَ يَزْدَادُونَ طُغْيَانًا وَ كُفْرًا وَ ذَلِكَ  كُلُّهُ جَائِزٌ وَ مُمْكِنٌ

Paygʻambarlar moʻjizalari, avliyolarning karomatlari haqdir. Ammo Allohning dushmanlari — Iblis, Firʼavn, Dajjol kabilarda boʻlgan va boʻladigan moʻjiza va odatdan tashqari ishlarni karomat ham deb atamaymiz. Bularni biz ularning hojatlarini chiqarish deb ataymiz. Chunki Alloh dushmanlarini dunyoda gʻururda, oxiratda azobda qolishi uchun hojatlarini ravo qiladi. Ular bu bilan magʻrurlanib, kufru tugʻyonda haddan oshib ketadilar. Bu mumkindir[4]

Yaʼni, Munkar va nakirning qabrda savol bermogʻi haq va boʻlguvchidir. Qabrda bandaning jasadiga ruhning qaytarilishi haqdir. Qabrning siqishi hamda uning azobi kofirlarning barchasiga va baʼzi osiy musulmonlarga haq va boʻlguvchi ekanligini, qiyomat kuni tarozida amallarning tortilishi haqligi, Paygʻambarimizning sollallohu alayhi va sallam jannatda hovuzlari borligi haqligi, qiyomat kuni xusumatchilar oʻrtalarida bir-birlaridan yaxshi amallarini olib, qasos olishlari haqligi, agar ularning yaxshi amallari boʻlmasa, mazlumlarning yomon amallari zolimlarga ortilishi haq va joizligi, jannat va doʻzax hozir yaratib qoʻyilgani, ular abadiy yoʻq boʻlmasligi, Hurlar ham abadiy oʻlmasligi Allohning iqobi va ajri yoʻq boʻlmasligi, ular abadiyligi, Alloh istagan bandasini fazl aylab, hidoyatga solishi, Istagan bandasini adl aylab, izlol etishi, Alloh taoloning izloli xizloniyligi, Xizlonning tafsiri — Oʻzi rozi boʻladigan amallarga bandani moyil qilmasligidir. Bu Allohning adlidir. Shuningdek, moyil qilinmaganni gunoh uchun jazolash ham adolatdir. Biz, shayton moʻmin bandaning imonini zoʻrlab, qahr qilib tortib oladi, demaymiz. Balki biz, banda oldin imonini tark etadi, ana shu vaqtda shay-ton undan imonini tortib oladi, deymiz. 

Paygʻambarlarning alayhimussalom shariatlari haqligi va Paygʻambarimizning, alayhissalom, gunohkor va azob-u uqubatga loyiq boʻlgan, gunohi kabira qilgan moʻmin bandalarni shafoat qilishlari haqligi. — Qiyomat kuni tarozida amallarning tortilishi haqligi, Paygʻambarimizning sollallohu alayhi va sallam jannatda hovuzlari borligining haqligi, qiyomat kuni xusumatchilar oʻrtalarida bir-birlaridan yaxshi amallarini olib, qasos olishlari haqligi, agar ularning yaxshi amallari boʻlmasa, mazlumlarning yomon amallari zolimlarga ortilishi haq va joizligi, Paygʻambarlar moʻjizalari, avliyolarning karomatlari haqligini, Ammo Allohning dushmanlari — Iblis, Firʼavn, Dajjol kabilarda boʻlgan va boʻladigan moʻjiza va odatdan tashqari ishlarni karomat ham deb atamaymiz. Bularni biz ularning hojatlarini chiqarish deb ataymiz. Chunki Alloh dushmanlarini dunyoda gʻururda, oxiratda azobda qolishi uchun hojatlarini ravo qiladi. Ular bu bilan magʻrurlanib, kufru tugʻyonda haddan oshib ketadilar. Bu mumkindir deb bayon qildilar.

Islom aqidasi shartlari bayonidan soʻng Alisher Navoiy islom ahkomlarini yoritadi. Bunda shoir islom dini farzlari – tahorat, gʻusl, namoz, zakot, ramazon roʻzasi, haj bilan bogʻliq shariat hukmlarini batafsil bayon etadi.

Xadichai Kubro ayol-qizlar o`rta 

maxsus  islom ta`lim muassasasi 

o`qituvchisi, ToshDO‘TAU II-kurs 

doktoranti Gulruh Kenjaboy Mirzo qizi

 

 


 

[1] Abdulqodir Abdurahim o’g’li. Aqoid darsligi, -Toshkent: Toshkent islom universiteti nashriyot- matbaa birlashmasi. 2007.- B. 16.

[2] Abdulqodir Pardayev. Sharhu aqidatil Imom at Tahoviyya; Toshkent:  Toshkent islom universiteti nashriyot-matbaa birlashmasi. 2018.- B. 29

[3] Abdulqodir Abdurahim o’g’li. Aqoid darsligi, -Toshkent: Toshkent islom universiteti nashriyot- matbaa birlashmasi. 2007.- B. 16. 

[4] Abdulqodir Pardayev. Sharhu aqidatil Imom at Tahoviyya; Toshkent:  Toshkent islom universiteti nashriyot-matbaa birlashmasi. 2018.- B. 29

Другие новости

ANGAKIM, BO`LDI IYMON AMRI KIRDOR KERAK ISLOMDIN BO`LSA XABARDOR (2-QISM)
21.02.2025 1
Islom aqidasi shartlari bayonidan soʻng Alisher Navoiy islom ahkomlarini yoritadi. Bunda shoir islom dini farzlari – tahorat, gʻusl, namoz, zakot, ramazon roʻzasi, haj bilan bogʻliq shariat hukmlarini batafsil bayon etadi.Fiqh...
Подробнее
ANGAKIM, BO`LDI IYMON AMRI KIRDOR KERAK ISLOMDIN BO`LSA XABARDOR
20.02.2025 1
(1-QISM)Alisher Navoiy oʻzbek shoiri, oʻzbek sheʼriyati mulkining sultoni ekanligi hech kimga sir emas. Biroq, uning asarlariga yanada teranroq nazar bilan qaralsa, Alisher Navoiyning buyuk islom olimi ekanligi ham namoyon boʻladi....
Подробнее
MAHMUD ZAMAXSHARIYNING   “NUKATU-I-E’ROB” ASARI 
19.02.2025 1
Mahmud Zamaxshariyning 70 dan ortiq asari bor. Shulardan biri “Nukatul e’rob fil g‘arib e’rob fil Qur’onil Karim” kitobidir. Asar qo‘lyozma holatda bo‘lib, olim uni “Nukatul e’rob fiy g‘aribil e’rob” nomi...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry