19.02.2025
88

MAHMUD ZAMAXSHARIYNING   “NUKATU-I-E’ROB” ASARI 

   

 Mahmud Zamaxshariyning 70 dan ortiq asari bor. Shulardan biri “Nukatul e’rob fil g‘arib e’rob fil Qur’onil Karim” kitobidir. Asar qo‘lyozma holatda bo‘lib, olim uni  “Nukatul e’rob fiy g‘aribil e’rob” nomi bilan atadi. Ba’zi ulamolar kitoblarida bu nomga “Fiy Qur’onil karim” iborasini qo‘shganlar. Zamaxshariy ushbu asarda Qur’oni karim suralarining o‘ziga xos nozik jihatlarini ochib bergan.

 Qo‘lyozmada muqaddima qismi mavjud emas. Asarda 68 ta sura tahlili keladi. Demak, asosiy maqsad Qur’oni karimdagi nuktalarga boy oyatlarni tahlil qilish bo‘lgan. Olim tanlab olgan nuktalar soni 500 ga yetadi. Asarning uchdan biri nahv ilmiga bag‘ishlangan. Yana sarf va lug‘ot ilmiga oid masalalar ham tahlil qilinadi. 

Alloma oyatlar tahlilida Sibavayh kabi Basra nahvchilarinig yo‘lini tanladi. Qo‘llagan istelohlari ham Basralik nahvchilar istelohlari desak adashmagan bo‘lamiz. Allomaning Basraliklarning fikrlaridan ko‘proq foydalanganligini Niso surasining tahlilida Basralik nahvshunos Abu Abbos Mibrad qarashlarini keltirganidan ham bilishimiz mumkin. Basralik olimlardan Zujaj fikrlari ham keltiriladi. Lekin bu narsa Zamaxshariyning faqat Basraliklar fikrlariga tayangan degan xulosani bermaydi. Chunki ba’zi o‘rinlarda ikkita maktabning ham fiklari qiyoslanib tahlil qilib o‘tilgan. Masalan, جديد so‘zi foil yoki maf’ul ma’nosidami degan savolga Basraliklar foil, ko‘faliklar maf’ul ma’nosida tushunadilar deb izohlab o‘tadi. 

Zamaxshariy ta’limiy uslubni tanladi. Kitobxon bilan suhbat olib borib unga savollar bilan murojaat qildi. So‘ng barcha savollarga birma-bir javob berdi. Mazkur uslubni “Kashshof” asarida ham uchratish mumkin. Bu uslub juda foydali bo‘lib o‘quvchining qiziqishi va rag‘batini oshiradi. 

Ra’d surasining 41 oyatida Alloh taolo bunday marhamat qiladi:

أَوَلَمۡ يَرَوۡاْ أَنَّا نَأۡتِي ٱلۡأَرۡضَ نَنقُصُهَا مِنۡ أَطۡرَافِهَاۚ وَٱللَّهُ يَحۡكُمُ لَا مُعَقِّبَ لِحُكۡمِهِۦۚ وَهُوَ سَرِيعُ ٱلۡحِسَابِ

 (Makka mushriklari) Biz yer(lari)ga kelib, uni atrofidan qisqartirayotganimizni (fath qilinib kelayotganini) ko‘rmadilarmi?! Alloh hukm qilur - Uning hukmini ta’qib etuvchi bo‘lmas. U tez hisob       (- kitob) qiluvchidir. 

“Uning hukmini ta’qib etuvchi bo‘lmas” jumlasi hol o‘rinda bo‘lib “Alloh hukmini amalga oshiruvchi holda hukm qiladi” degan ma’noni beradi. Huddi Zayd do‘ppi ham salla ham kiymagan holda keldi deganda boshyalang kelgani iroda qilinganidek.

Olim ko‘p o‘rinlarda harflarning nozik jihatlarini ochib berdi. Masalan, Yunus surasining 29 oyatida  ان va  ل harflarini quyidagicha tahlil qildi:

فَكَفَى بِاللّهِ شَهِيدًا بَيْنَنَا وَبَيْنَكُمْ إِن كُنَّا عَنْ عِبَادَتِكُمْ لَغَافِلِين

“Bas Allohning o‘zi biz bilan sizlarning “o‘rtamizda guvohlikka kifoyadirki. sizlarning (bizga qilgan) ibodatingizdan g‘ofil (bexabar) edik”.

Bu o‘rinda ان muxaffaf (yengillatilgan) bo‘lib, fe’lga o‘xshash harflardan hisoblanadi. ل esa fariqo (ajratib turuvchi) ma’nosida kelib ان va nafiyning o‘rtasini ajratib turibdi.

Alloma Qur’oni karimda so‘zlarning birlik va ko‘plik holatlarida ifodalanishida ham o‘ziga xos jihatlarini ochib bergan. Masalan, Shuaro surasining 100-101 oyatlarida shunday marhamat qilinadi:

فَمَا لَنَا مِن شَٰفِعِينَ

Endi bizlar uchun na oqlovchilar,

   

وَلَا صَدِيقٍ حَمِيمٖ

 Va na biron qadrdon do‘st bordir.

 

   Ushbu oyatlarda “Shafi’iyn” (oqlovchilar) va “Sodiq” (do‘st) so‘zlariga e’tibor qaratib nima uchun oqlovchi so‘zi ko‘plikda, do‘st so‘zi esa birlikda keldi deb savol bilan murojaat qiladi. So‘ng chunki odatda oqlovchilar ko‘p bo‘ladi, lekin seni tashvishingni o‘zining tashvishidek his qiladigan do‘stlar kam bo‘ladi deb javob beradi.

Boshqa bir o‘rinda Alloh taoloning Toha surasidagi “Sahir” (sehrgar) so‘zini quyidagicha sharhlaydi:

وَأَلْقِ مَا فِي يَمِينِكَ تَلْقَفْ مَا صَنَعُوا إِنَّمَا صَنَعُوا كَيْدُ سَاحِرٍ وَلَا يُفْلِحُ السَّاحِرُ حَيْثُ أَتَى

      “O‘ng qo‘lingdagi (hassa)ni tashla, ular yasagan narsalarini yutib yuborsin. Ular yasagan narsa ko‘z bo‘yamachi sehrgarning xiylasidan boshqa narsa emas. Ko‘z bo‘yamachi-sehrgar nima qilsa ham, zafar qozonmaydi”.

Agar nima uchun “Sahir” (sehrgar) so‘zi ko‘plikda emas birlikda berildi deb so‘ralsa chunki, bu yerda  sehrgarlarning soni emas balki sehrgarlik turini ochib berish maqsad qilingan deb javob beradi. Agar sehrgar so‘zini ko‘plikda berilsa asosiy maqsad ularning sonida deb tushunib qolish mumkin edi.

       Xulosa sifatida aytish mumkinki, Zamaxshariy mazkur asari orqali Qur’oni karimning o‘ziga xos jihatlarini ochib berish orqali uning naqadar  balog‘at va fasohat bilan bitilganligini yana bir bor isbotlab berdi.

          Xadichai Kubro ayol-qizlar ta’lim 

muassasasi o‘qituvchisi  F.Abzalova

         

 

 

Другие новости

Ilmning Fazilatlari
09.07.2025 1
Islom dini ilm-fan, tafakkur va aqlni yuksak qadrlagan dindir. Ilm — insonni jaholat zulmatidan najot topishga, to‘g‘ri yo‘lni tanlashga, Alloh taologa yaqinlashishga yordam beradigan eng ulug‘ ne’matlardan biridir. Ilmning fazilati...
Подробнее
QABUL - 2025
28.06.2025 16
#qabul_2025QABUL - 2⃣0⃣2⃣5⃣✅ "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasida 2025-2026 o‘quv yili kunduzgi ta’lim uchun abituriyentlarning hujjatlari offlayn shaklda qabul hay’ati tomonidan 2025-yil 25-iyundan 20-iyulgacha qabul qilinadi.📝 QABUL...
Подробнее
Bid’at tushunchasi, uning turlari va hukmlari
20.06.2025 20
Bid’at tushunchasi, uning turlari va hukmlari"Bid’at" so‘zi lug‘atda bir narsani yangitdan paydo qilish ma’nosini anglatadi."Bid’at"ning shar’iy istilohi – ta’rifiga keladigan bo‘lsak, ulamolar bu masalada bir xil fikrga ittifoq qilmaganlar. Mazkur...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry