27.02.2025
166

“Mahmudxo‘ja Behbudiy asarlarini qisqacha ko‘zdan kechirish”

 

“Ilm va ma’rifatga erishgan millat hech qachon qullikda qolmaydi.” (Mahmudxo‘ja Behbudiy)

 

 Mahmudxo‘ja Behbudiy-o‘zbek jadidchilik harakatining yorqin namoyandalaridan biri bo‘lib, uning ijodi milliy uyg‘onish va ma’rifatparvarlik ruhini aks ettiradi. Yoshligidan dunyoqarashi keng bo‘lgan Behbudiy arab, fors va rus tillarini o‘rgangan. Aynan rus tilini bilishi unga jahon ilm-fanidan xabardor bo‘lishga yordam bergan. Bu esa keyinchalik uning jadidchilik harakatiga qo‘shilishiga va xalq uchun ommabop bo‘lgan asarlarni yozishiga turtki bergan.

Mahmudxo‘ja Behbudiy jadidchilik harakatining yetakchilaridan biri sifatida nafaqat ma’rifatchilik va nashriyot faoliyati bilan shug‘ullangan, balki bir qator asarlar ham yozgan. Uning asarlarida xalqni ilm-ma’rifatga chorlash, jaholat va adolatsizlikni tanqid qilish, millatni uyg‘otish kabi mavzular ko‘tarilgan.

Behbudiy asarlari o‘zida jamiyatning eski an’analari bilan yangi, ilm-fan asosidagi qarashlar o‘rtasidagi to‘qnashuvni aks ettiradi hamda yosh avlodni zamonaviy ta’lim va erkin fikrlashga chaqiradi. Uning dramaturgik asarlari, ma’rifiy maqolalari va tarjimalari nafaqat o‘z davrida, balki bugungi kunda ham milliy ongni shakllantirishda va madaniy yangilanish jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada Behbudiy asarlarining asosiy mavzulari va ularning jamiyat hayotidagi ahamiyati qisqacha tahlil qilinadi. Shuningdek, olim ijodiy merosining zamonaviy o‘quv dasturlari va madaniy qadriyatlar shakllanishidagi o‘rni yoritiladi.

  1. “Padarkush”

Bu o‘zbek dramaturgiyasi tarixidagi ilk dramatik asarlardan biridir. Asarda eski va yangi dunyo qarashlari to‘qnashuvi aks etgan. 

Asarning “Padarkush” (ya’ni “otani o‘ldirgan”) deb nomlanishining sababi farzand ilm-ma’rifat yo‘lida kurashar ekan, jaholat tufayli o‘z otasining qotiliga aylanadi. Behbudiy bu asar orqali eski va yangi dunyoqarash o‘rtasidagi to‘qnashuvni va jaholatning og‘ir oqibatlarini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan.

Behbudiy matbuotda faol bo‘lib, o‘z maqolalarida xalqni ilm-ma’rifatga chorlash, ta’limning yangi usullarini joriy etish va ayollarning o‘qishi muhimligini targ‘ib qilgan. Uning “Samarqand” gazetasi va boshqa nashrlarda chop etilgan maqolalari orasida quyidagilar alohida ajralib turadi:

  1. “Millat, vatan, hurriyat”. Bu maqolada milliy ong va erkinlik haqida erkinlik haqida so‘z boradi.
  2. “Maktab va madrasalar islohoti”. Ushbu maqolaning maqsadi ta’lim tizimini zamonaviylashtirishga bag‘ishlangan.
  3. “Ziyolilarga murojaat”. Yoshlarni ilm olishga da’vat qiluvchi mavzuni esa ushbu maqoladan topasiz.

Mahmudxo‘ja Behbudiy tarjimasi va darsliklariga kelsak, olim arab va fors tillaridan ilmiy va ma’rifiy asarlarni tarjima qilgan.

Yevropa va Rossiyada bosilgan geografiya, tarix va boshqa fanlarga oid kitoblarni o‘zbek tiliga moslab, xalq orasida tarqatgan. Maktab o‘quvchilari uchun darsliklar yozgan, unda ona tili, tarix va adabiyotga oid bilimlarni berishga harakat qilgan.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Mahmudxo‘ja Behbudiy o‘z asarlarida millatning kelajagi ilm va ma’rifatda ekanligini ta’kidlagan. Uning dramatik asarlari, maqolalari va tarjimalari o‘z davrida katta ahamiyatga ega bo‘lib, bugungi kunda ham qadrlanadi.

 

“Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta 

maxsus islom ta’lim muassasasi 

o‘qituvchisi S.Muxammadodilova 

Другие новости

MUTASHOBIH OYATLAR BORASIDA SALAF VA XALAF ULAMOLARINING QARASHLARI
24.11.2025 3
MUTASHOBIH OYATLAR BORASIDA SALAF VA XALAF ULAMOLARINING QARASHLARI Qur’on oyatlari ma’no jihatidan ikki qismga: muhkam va mutashobihga bo‘linadi. Bu haqida Oli Imron surasining 7- oyatida shunday deyilgan:هُوَ الَّذِي أَنْزَلَ عَلَيْكَ...
Подробнее
HAJ IBODATIDAGI JINOYATLAR VA JAZOLAR
23.11.2025 3
HAJ IBODATIDAGI JINOYATLAR VA JAZOLARHaj va umra bobidagi jinoyat deb, ehrom va Haram man qilgan ishlarga aytiladi. Jinoyatlar ikki xil bo‘ladi.[1]1.Ehromga bog‘liq jinoyatlar. Haj va umrada ehromga kirgan kishilarga xos.2.Haramga...
Подробнее
Islom shariatida vasiyat tushunchasi
22.11.2025 3
Islom shariatida vasiyat tushunchasi“Vasiyat” so‘zi lug‘atda “yetkazish” ma’nosini anglatadi. Chunki u bilan vasiyat qiluvchi bu dunyodagi yaxshiligini oxiratiga ham yetkazadi.Vasiyat shariat bo‘yicha, o‘limdan keyin qo‘shimcha haq sifatida ixtiyoriy sadaqa tayin...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry