20.03.2025
129

✔️ 21 mart Shamsiy hisobda yangi yilning 1-kuni ✔️

#Yil_hisobi
#Bahor_shukuhi 
#Navruz


 

🌓 Agar koinotda Oy bo‘lmasa, Yerda 1 sutka, ya’ni bir kecha kunduz 8 soat va 1 yil 1000 kundan iborat bo‘lar edi.

📖 Shuning uchun Qur’oni Karimda:

🌙 "Quyosh ham, Oy ham aniq hisob bilan sayr qilur" - Rahmon, 5;

⚡️"U tong ottiruvchidir. Tunni oromgoh, Quyosh va Oyni esa hisob belgilari qilib qo‘ydi. Bu qudratli va Dono zotning o‘lchovidir" - An’om, 96;

🌘 "U Quyoshni ziyo taratuvchi va Oyni nur sochuvchi etgan hamda yillarning adadini va vaqt va zamonga doir hisobini bilishlaringiz uchun uni Oyni manzillarga bo‘lib o‘lchab qo‘ygan zotdir..." - Yunus, 5;

🌏"Albatta, Allohning nazdida oylarning adadi – Allohning osmonlar va Yerni yaratgan kunidagi bitigiga muvofiq - o‘n ikki oydir..." - Tavba, 36;

🗓 "Sizdan, Ey Muhammad! hilollar yangi oylar haqida so‘raydilar. "Ular odamlarga yil hisobi va haj uchun vaqt o‘lchovlaridir", - deb ayting" - Baqara, 189.

🕋 Hijriy yil hisobi — musulmonlar yil hisobi. Muhammad sollallohu alayhi vasallamning Makkadan Madinaga hijrat qilib ko‘chib o‘tishi bilan hijriy yil hisobi boshlangan. U qamariy-oy va shamsiy-quyosh yil hisobiga bo‘linadi.

🌖 Qamariy bo‘yicha yil hisobi 622 yilning 16 iyuli juma kunidan boshlanib, Oyning ketma-ket kelgan ikki bir xil fazasi orasida o‘tgan vaqt — sinodik oy, 29,530588 kun, davriga asoslangan.

🗒12 oydan iborat bir qamariy yil 354,3671 kundan iborat. Qamariy yilda 1, 3, 5, 7, 9 va 11-oylar 30 kundan, qolganlari 29 kundan butun qilib olingan.

🔸Oylar tartibi bilan muharram, safar, rabiul avval, rabiul oxir, jumodul avval, jumodul oxir, rajab, sha’bon, ramazon, shavval, zulqa’da va zulhijja deb ataladi. Qamariy yil tropik yildan 10-12 kun qisqa.

🔸Qamariya hisobi Yaqin va O‘rta Sharqning ko‘p davlatlari va boshqa ba’zi davlatlarda qo‘llanadi.

🟡Shamsiy hisob 622 yilning bahoridan, kun va tun teng kelgan kuni — 21 martdan boshlab hisoblanadi.

✔️Keyingi yil boshlari esa 20, 21 yoki 22 martga to‘g‘ri keladi. Davomiyligi Grigoriy kalendari kabi 365 yoki 366 kundan iborat.

🔘Shamsiy hisob bo‘yicha oylarning nomlari hut, hamal, savr, javzo, saraton, asad, sumbula, mezon, aqrab, qavs, jadiy va dalv bo‘lib, bu oylar doimo yilning ma’lum bir vaqtlarida keladi.

🌾O‘rta Osiyo xalqlari Shamsiy hisobi bo‘yicha yilning dastlabki kunlarini Navro‘z bayrami sifati nishonlaydilar.

Другие новости

Intercultural Communication in Language Teaching: Building Bridges Through Education
29.10.2025 4
AbstractIn the twenty-first century, language learning has become more than the acquisition of grammar, vocabulary, and pronunciation. It is also the study of how people think, interact, and live across...
Подробнее
E`TIQOD MASALALARI “SIROJUL MUSLIMIN” VA “ SABOTUL-OJIZIN” ASARLARI QIYOSIDA
23.10.2025 11
E`TIQOD MASALALARI “SIROJUL MUSLIMIN” VA “ SABOTUL-OJIZIN” ASARLARI QIYOSIDAHazrat Navoiy iymonning asoslari va aqiydaning birlamchi unsurlarini bayon qilgach, musulmon kishi e’tiqod qilishi lozim bo‘lgan yana bir qator aqiyda masalalari haqida...
Подробнее
“SIROJUL MUSLIMIN” VA “ SABOTUL-OJIZIN” MANTNLARARO MUNOSABAT
21.10.2025 10
“SIROJUL MUSLIMIN” VA “ SABOTUL-OJIZIN” MANTNLARARO MUNOSABATAlloh taoloning sifatlari zotidan boshqa emas, deyiladi. Aslida, ushbu masalaga bunchalik urg‘u berilishining asosiy sababi Alloh taoloning sifatlari hodis[1] emasligini isbotlashdir. Chunki Alloh taoloning...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry