24.03.2025
166

                Bemor ziyorati odobi

 

Alloh taolo insoniyatni behisob ne’matlar bilan siylagan. Ular orasida inson uchun eng bebaholaridan sihat-salomatlik va xotirjamlikdir. Bu ikki ne’matdan bahramand boʻlib turganimiz uchun mehribon Alloh taologa cheksiz hamdu sanolar boʻlsin.

 Alloh taolo oʻz xohish-irodasi bilan ba’zi bandasiga dard berib, u sababli bandalarining xato-kamchiliklarini oʻchirib, gunohlarini yuvadi.

Dinimizning goʻzal hikmatlari va Alloh taoloning biz bandalariga mehribonchiligini qarangki, biz agar bir bemor birodarimizni koʻrish uchun borsak, goʻyoki uning ogʻirini yengil qilamiz va  dardiga shifo tilab qaytamiz. Asosiy maqsad shu bilan hosil bo’ladi deb tushunib qolganmiz.Vaholanki, rahmli Parvardigorimiz shu savobli ishda ham biz bandalariga koʻproq ajr-savob topish va duosi mustajob boʻladigan insonlarning duosidan bahramand boʻlish baxtiga muyassar qildi.

Bemor kishining holidan xabar olib, koʻngil soʻrash – musulmonlarning vazifasi boʻladi. Bu haqda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar:

 

أبى هريرة رضي الله عنه عن النبي عن صلى الله عليه وسلم قال: ثلاث كلهن حق على كل مسلم:

                            عيادة المريض، و شهودة الجنازة و تشميت العاطس إذا حمد الله عز و جل

 

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Uch narsa har bir musulmonning zimmasidagi haqdir. Bemorni koʻrgani borish, janozaga hozir boʻlish va aksa urgan kishiga agar Alloh azza va jallaga hamd aytsa sogʻliq tilash“  dedilar.

 

Sharh:                              

 

Bir musulmon bemor boʻlib qolsa, uni borib koʻrish qolgan musulmonlarning zimmalaridagi haqdir. Kim oʻz birodari, singlisi yoki din qardoshining kasalligini eshitsa, borib, ziyorat qilishi juda katta savob boʻladi va bu bilan musulmonning musulmondagi haqqini ado etgan boʻladi. 

Bemorlarni ziyorat qilish birinchi navbatda yaqin qarindoshlaridan boshlanadi. Bu dinimizda buyurilgan qarindoshlar orasidagi silai-rahmni bogʻlaydi.

Dinimizda har bir xayrli ishning odobi boʻlgani kabi, bemor ziyorati odoblari bor: ziyoratni qisqa va yengil qilish, bemordan ahvol soʻrab, Alloh taolodan boʻladigan mukofotga umidvor qilish, sabrga chaqirish va uni haqqiga duo qilish kerak.

Nabiy sollallohu alayhi vasallam biror bemorni koʻrgani borsalar, uning bosh tarafida oʻtirar va yetti martaأسأل الله العظيم, رب العرش العظيم أن يشفيك   der edilar.

 

Tayyorladi: 1-C guruh talabasi Kamolova Ruxshona
Mas'ul ustoz: Hadis fani oʻqituvchisi Azizova Feruza 

 

 

Другие новости

ARAB TILINI NEGA O‘RGANAMIZ? (3-qism)
07.01.2026 1
ARAB TILINI NEGA O‘RGANAMIZ? (3-qism)Bugungi kunda turli millat va elat vakillari bo‘lgan musulmonlar orasida arab tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish va rag‘bat tobora ortib bormoqda. Buning asosiy sababi shundaki, arab tili...
Подробнее
Arab tilini nega o‘rganamiz? (2-qism)
06.01.2026 1
Arab tilini nega o‘rganamiz? (2-qism)Arab tili boshqa tillardan o‘zining o‘ziga xos xususiyatlari, boy lug‘aviy zaxirasi va chuqur ma’no qatlamlariga egaligi bilan ajralib turadi. U fasohatli, ohangdor va ifodaga boy til...
Подробнее
HANAFIY MAZHABIDAGI TO‘RTTA MO‘TABAR FIQHIY MATN
05.01.2026 1
HANAFIY MAZHABIDAGI TO‘RTTA MO‘TABAR FIQHIY MATN Mutaaxxir ulamolar nazdida Hanafiy mazhabiga oid to‘rtta mo‘tabar fiqhiy matn kitoblari bor bo‘lib, ular “Muxtasarul Quduriy”, “Viqoyatur rivoya”, “Kanzud daqoiq” va “al-Muxtor lil-fatvo” bo‘lib,...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry