06.04.2025
8

Oyatlarning nozil bo‘lish sabablarini bilishning ahamiyati va foydalari

 

Sababi nuzulni bilish Qur’oni Karimni ma‘nolarini tushunishda juda katta ta’siri mavjud. Shu sababli ulamolardan ko‘pchiligi sababi nuzulni bilishga e’tibor qaratishgan. Hatto ba’zi ulamolar bu mavzuda alohida asarlar yozganlar. Ulardan eng birinchilaridan Imom Buxoriyning ustozi Ali ibn al-Madiniy ushbu masalaga oid birinchi tadqiqotchilardan hisoblanadi. Bu fan borasidagi eng mashhur asarlardan biri “Asbab an-nuzul” bo‘lib u Vohidiyning qalamiga mansub. Shuningdek shayxulislom Ibn Hajar ham bu mavzuda asar yozgan. Ulardan biri “Lubab an-nuqul fi asbab an-nuzul” deb nomlangan muhim va keng qamrovli kitobdir.

Sababi nuzulni bilishning muhim jihati shuki, ba’zi bir Qur’ondagi oyati karimalarning ma’nosini faqatgina nozil bo‘lish sababini bilish bilan tushunish mumkin. Bunga misol tarzda Alloh taolo O‘zining kalomida zikr qilgan Baqara surasi 115-oyati “Mashriq ham mag‘rib ham Allohnikidir, qayoqqa qaramasin Allohning vajhi bor”[1]ni keltiramiz. 

Bu oyatning zohiridan namozda qibladan boshqa hamma tarafga ham yuzlanish mumkinligi tushunib qolinadi. Bu esa xato fikrdir. Chunki qiblaga yuzlanish namoz to‘g‘ri bo‘lishning shartlaridan biridir.

Bunday holatda faqatgina oyati karimaning nozil bo‘lish sababini bilish orqali uning ma’nosi ravshanlashadi. Bu oyat safar vaqtida qibla qayerdaligini, qayerga yuzlanib namoz o‘qish kerakligini bilmagan insonga tegishlidir. Misol tariqasida Omir ibn Rabia roziyallohu anhudan kelgan hadisni keltiramiz: 

“Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan zulmatli kechada safarda edik. Qibla qaysi tomonda ekanligini bila olmadik. Bizdan har bir kishi o‘z qarshisiga qarab namoz o‘qidi. Tong ottirganimizdan so‘ng buni Nabiy sollallohu alayhi vasallamga zikr qildik. Bas, “…qayoqqa yuzlansangiz Allohning vajhi o‘sha yerda” oyati nozil bo‘ldi. Termiziy rivoyati[2].

Mana shu rivoyatlar bilan oyatning ma’nosi to‘g‘ri tushunildi va haqiqati bayon bo‘ldi.

Safarda yurgan kishi qibla qayerdaligini bilmasa, qaysi tarafni qibla ekanini to‘g‘ri deb qat’iy qaror qilsa, shu yerga qarab yuzlanadi va namoz o‘qiydi, bu namoz to‘g‘ri hisoblanadi. U kishiga namozini o‘qib bo‘lganidan so‘ng qibla deb gumon qilgan tarafi xato ekanligi bayon qilinsa ham, namozini qaytadan o‘qish vojib bo‘lmaydi. Shunday ekan, bu oyat umumiy emas, balki qibla qayerdaligini bilishdan ojiz qolgan musofir kishiga xosdir.

Nozil bo‘lish sababini bilishning muhim ekaniga yana bir misol:

“Iymon keltirganlari uchun, agar taqvo qilib, iymon keltirib, yaxshi amallarni qilgan bo‘lsalar, so‘ngra taqvo qilib, iymon keltirsalar, keyin taqvo qilib ehson qilsalar, yeb-ichganlarida gunoh yo‘qdir. Zotan, Alloh ehson qiluvchilarni sevadi.” (Moida surasi-93)

Bu oyati karima xamr haqida nozil bo‘lgan bo‘lib, buning ma’nosini ba‘zi johillar singari xamr ichish muboh amal deb tushunish mumkin. Agarda bu oyati karimaning nozil bo‘lish sababini bilishganida bu qadar sustkashlik qilmas edilar.

 Rivoyat qilinadiki, xamr xarom bo‘lishidagi oyat, 

“Ey, iymon keltirganlar! Albatta xamr, qimor, va (fol ochadigan cho‘plar iflosdir, Shaytonning ishidir. Bas, undan chetda bo‘ling, shoyadki, najot topsangiz” (Moida suarsi, 90-oyat) nozil bo‘lgandan so‘ng, sahobalardan ba’zi insonlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga xamr harom bo‘lishidan oldin iymon keltirib Alloh yo‘lida o‘ldirilgan kishilarga nima bo‘ladi, vaholanki ular xamr ichishganku, dedilar. 

So‘ngra Moida surasining 93-oyati “Iymon keltirganlari uchun, agar taqvo qilib, iymon keltirib, yaxshi amallarni qilgan bo‘lsalar, so‘ngra taqvo qilib, iymon keltirsalar, keyin taqvo qilib ehson qilsalar, yeb-ichganlarida gunoh yo‘qdir. Zoton, Alloh ehson qiluvchilarni sevadi”. Xamr harom qilinishidan oldin uni ichgan kishilarni Alloh taolo avf qilganligini bayon qilish uchun nozil bo‘ldi.

Ularga hech qanday gunoh yo‘qdir. Chunki Alloh taolo insonlarni islomdan oldingi yoki ba’zi amallarni harom bo‘lishidan oldin qilgan ishlari sababidan jazolamaydi.

 Bu oyatning nozil bo‘lish sababini bilish orqali oyatning ma’nosini tushunishimiz mumkin. Islom shariatida xamr ichish qat’iyan haromdir.

Ba’zi insonlar bu fandan biron bir foyda yo‘q, tarix va qissalar voqeasida muhim ta’siri yo‘q deb hisoblashadi. Ularning fikricha, Qur’oni Karimning tafsirini o‘rganishni xohlayotgan kishi uchun sababi nuzulni bilish muhim emas. Ammo bu fikr mutlaqo xato. 

Hech shubha yo‘qki, Qur’oni Karim ulamolari va mufassirlardan bu kabi so‘zlar chiqmaydi. Quyida ba’zi ulamolar so‘zlaridan keltiramiz va sababi nuzulni bilish foydalarini zikr qilishni davom ettiramiz.

Vohidiy aytadiki: “Qur’oni Karimni qissalar va ularning nozil bo‘lish sababiga to‘xtalmasdan turib, bilish mumkin emas”.

Ibn Daqiyq al-Iyd: “Qur’oni Karimni fahmlashda sababi nuzulni bilish eng kuchli yo‘ldir” deydi.

 Bundan tashqari, Alloh Qur’oni Karimda nozil qilgan narsaning muayyan hikmatini bilish mo‘minga ham, mo‘min emasga ham birdek manfaatlidir, degan.

 Sababi nuzulni bilgan mo‘minning iymoni mustahkam bo‘ladi, Allohning Kitobiga amal qilishga rag‘bati kuchayadi, chunki u sababi nuzulni bilish orqali oyatlarning ma’nolarini yaxshiroq, aniqroq hamda to‘liqroq tushunish imkoniga ega bo‘ladi. Binobarin, oyatlarga amal qilishi ham osonlashadi.

Mo‘min bo‘lmagan shaxsning esa bundagi hikmatlarni ko‘rib, iymonga kelishi umid qilinadi.

Bunga qo‘shimcha qilgan holda oyatning ma’nosini tushunishga va uni tushunishdagi qiyinchilikni ketkazishga yordam berishini ham aytib o‘tamiz.

Shunday qilib, Ulumul Qur’on fanidan bu mavzuni bilishning ahamiyati oydinlashdi. 

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, sababi nuzulda oyatlardagi hukmlarning joriy bo‘lishida hikmat borligini bilish, hukmni sababga xoslash, chegaralash ehtimoli paydo bo‘lsa bu ehtimolni yo‘q qilish, oyati karima kim haqida nozil bo‘lganini bilish kabi eng muhim foydalari mavjud. 

 

 

Tayyorladi: 2 – kurs talabasi Fotima Narzullayeva 

Mas’ul ustoz: Mohira Nigmatova

 

 

 

 


 

[1] Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri Hilol 1-juz T.: “Hilol Nashr” 2019. – B.95

[2] Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Qur’on ilmlari T: “Hilol Nashr”2019.-B.165

Другие новости

RAMAZONDAN KEYINGI IBODAT MAVSUMI
14.04.2025 1
Butun dunyo musulmonlari bir oy davomida Alloh taologa yaqinlashishga to‘la bo‘lgan iymon muhiti ichida yashadilar. Ramazon — bu rahmat va mag‘firat oyi, ibodat va itoat oyidir. U tez keladi va...
Подробнее
Mahmudxo’ja Behbudiy asarlarida islom dini
14.04.2025 1
“Oyna” jurnalida aqidaga doir maqolalarni o‘z bilganimizcha tahlil qildik. Shu bilan bir qatorda fiqhiy masalalarga oid maqolalar ham bir qancha. Ular quyidagi mavzular ostida berilgan. Hozir ulardan bir nechtasini keltirib,...
Подробнее
Mahmudxo’ja Behbudiy asarlarida islom dini
11.04.2025 4
Mahmudxo‘ja Behbudiy hazratlari noshir mutafakkir, yozuvchi, dramaturg bo‘lish bilan birga diniy ilmlarni ham puxta egallagan olim edi. U zot hazratlari yoshlik vaqtlaridayoq Qur’oni karimni to‘liq yod olib qorilik maqomini olgan....
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry