01.05.2025
156

MUSULMONLARNING BOSHQA DIN VAKILLARIGA BO'LGAN MUNOSABATLARI

 

Qur’oni karimda ham hadislarda ham boshqa din vakillariga qanday munosabat qilish lozimligi haqida ko’plab ko’rsatmalar kelgan. Islom dini tinchlik dini bo’lganligi uchun har qachon insonlar o’rtasida totuvlikni ta’minlashga uringan. Tarixdan ma’lumki, musulmonlar bilan boshqa din vakillari yonma-yon tinch yashaganlar. Hatto g’arb davlatlaridan ming-minglab kishilar oilalari bilan musulmon hukmdorlar boshqaradaigan davlatlarga ko’chib kelganlar. Chunki ular musulmonlarning hech kimga zulm qilmasligi, adolat bilan hukm qilishini yaxshi bilishar edi. Musulmonlar boshqa ulardan boshpana va panoh so’rab kelgan ahli kitoblar va boshqa din vakillariga o’z yurtlaridan joy berganlar. Ular bu yurtlarda musulmonlar foydalangan barcha haq-huquqlardan teng foydalanganlar. Musulmonlar boshqa din vakillarining o’z dinlariga emin-erkin amal qilishlariga bemalol sharoit yaratib berganlar. Ularning diniy e’tiqodlariga umuman aralashmaganlar va qarshi chiqmaganlar. 

Alloh taolo Qur’oni karimda: 

“Alloh sizlarni dinlaringiz to‘g‘risida sizlar bilan urushmagan va sizlarni o‘z diyorlaringizdan haydab chiqarmagan kimsalardan — ularga yaxshilik qilishlaringizdan va ularga adolatli bo‘lishlaringizda qaytarmas. Albatta Alloh adolat qilguvchilarni севар.” (Mumtahana:8) 

Ushbu oyatda boshqa din vakillari modomiki dushmanlik qilmas ekanlar ularga yaxshilik qilsihga buyurilmoqda. Bu ishni qiluvchilarni esa adolatli kishilar ekani aytilmoqda. 

Islom dinida boshqa din vakillari bilan yaqin munosabatda bo’lishga ham ruxsat berilgan. Masalan musulmon erkaklar nasroniy yoki yahudiylardan bo’lgan pokiza ahli kitob ayollarga uylanishlari mumkinligi aytilgan. 

Bundan tashqari ahli kitoblar so’ygan halol hayvonlarning go’shtini yeyish ham joiz sanaladi. 

Alloh taolo Qur’oni karimda:

“Bugun sizlar uchun barcha pokiza narsalar halol qilindi. Kitob berilgan kimsalarning taomlari sizlar uchun haloldir va sizlarning taomlaringiz ular uchun haloldir. Qachonki zino qilmay va yashirin o‘ynash tutmay mahrlarini berib uylansangiz, sizlar uchun mo‘minalar orasidan o‘zlarini haromdan saqlagan ayollar va sizlardan ilgari Kitob berilgan kimsalardan bo‘lgan o‘zlarini haromdan saqlagan ayollar ham haloldir...”

(Moida:5)

Musulmon kishi boshqa din vakillari bilan savdo-sotiq va tijoratning barcha ko’rinishlarida hamkorlik qilishi ham mumkin. Bu ishlarda ham o’ta adolatli tartiblar joriy qilingan. Masalan islom fiqhiga ko’ra musulmonlar uchun cho’chqa go’shti harom qilingan. Musulmonlar uni yeyishlari ham boqishlari ham mumkin emas. Lekin musulmon yurtida yashaydigan nasroniylar uchun bunga ruxsat berilgan. Musulmon bir musulmonning cho’chqasini o’ldirib qo’ysa to’lab berishga majbur qilinmaydi. Lekin musulmon kishi nasroniyning cho’chqasiga zarar yetkazib qo’ysa  islom qozisi uning qiymatini to’lab berishi shartligiga hukm qilgan.

Islom tarixida musulmonlar va boshqa din vakillarining birgalikda emin erkin yashaganlari haqida minglab voqealarni, dalillarni keltirish mumkin. 

Xulosa o’rnida shuni aytish mumkin, islom tinchlik dini bo’lib, hech bir kimsaga uning diniy e’tiqodi sababli zulm qilishga buyurmagan. Aksincha ularga chiroyli muomalada bo’lish, adolat bilan hukm qilishga buyurgan. 

            Ta’lim muassasasi katta o‘qituvchisi S.Ibragimova

Другие новости

Ayollarga xos boʻlgan masalalarga doir zamonaviy hukmiy masalalar
15.12.2025 1
Ayollarga xos boʻlgan masalalarga doir zamonaviy hukmiy masalalarShuning uchun ham Islomda tashqi ko‘rinishga ahamiyat berishga ruxsat etilgan. Bunda ziynatlanishni harom qiladigan holatlar quyidagilardir:a) kofir yoki axloqsiz odamlarga o‘xshash uchun qilinsa;b)...
Подробнее
Xalq orasidagi bid’atlar
14.12.2025 1
Xalq orasidagi bid’atlarInsonga uning bilmagan narsasini oʻrgatib, musaffo aqidaga yoʻllagan Alloh taologa hamdu sanolar boʻlsin. Bu musaffo aqidani bizlarga mukammal holda yetkazgan paygʻambarimiz Muhammad Mustafoga hamda u zotning ahli oilalariga...
Подробнее
Islom shariatida taloq tushunchasi va uning fiqhiy ahkomlari
12.12.2025 1
Islom shariatida taloq tushunchasi va uning fiqhiy ahkomlari Muqaddas Islom dini inson hayotining barcha jabhalarini, jumladan, oilaviy munosabatlarni tartibga soluvchi mukammal ilohiy nizomdir. Dinimizda oila qurishga targ‘ib qilinishi bilan bir...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry