19.05.2025
1

JADID MA’RIFATPARVAR VA MATBUOT

      Jadid milliy matbuoti XX asrning boshlaridan jadidlar tomonidan chiqarila boshlangan. Bunga sabab Rossiya imperiyasi hududidagi ijtimoiy-siyosiy holat sabab boʻlgandi. Rossiyada sodir boʻlgan 1905-1907- yillar inqilobi va mamlakatda sodir boʻlayotgan monarxiya tuzumi sababli Inqilobiy harakatlardan qoʻrquvga tushgan Nikolay II 17-oktyabr manifesti deb nomlangan hujjatga mana shu qoʻrquvi sabab imzo chekishga majbur boʻldi. Ushbu manifestga koʻra soʻz va matbuot erkinligi vaʼda qilindi va Inson huquqlari himoya qilinishi aytildi. Ushbu vaziyat Turkiston uchun ham oʻz taʼsirini oʻtkazmay qolmadi. Turkistonda milliy matbuotning yuzaga kelishi uchun turtki boʻldi. Shu sabab qulay vaziyatdan foydalanish uchun Turkiston jadidlari ham harakatga tushdilar. Turkiston oʻlkasini qoloqlikdan qutqarish, rivojlanish va taraqqiyot sari boshlash, tor guruhni emas,balki keng xalq ommasini, balki butun millatning maʼnaviy-maʼrifiy kamoloti uchun matbuot nashrlari zarurligi maʼrifatchilarning bevosita rahnamolik faoliyati bilan ham bogʻliqdir. Shunday nashrlardan biri “Taraqqiydir”.  Maʼrifatparvarlar 1906-yilning iyun oyida “Taraqqiy” nomli oʻzbek tilidagi birinchi milliy gazetani chiqarishga muvaffaq boʻldilar.                                                                           

          “Taraqqiy” 1906-yilning boshlarida, Toshkentda jadidlarning fikr tarqatuvchisi boʻlib chiqdi. Jadidlarning ilk toʻngʻich va suyukli gazetasi. Gazetaning muharriri Ismoil Obidiy. “Taraqqiy” sahifalarida chor Rossiyasining Turkistonda olib borayotgan mustamlakachilik siyosatini dadillik bilan fosh qilishga bagʻishlangan maqolalar, xabarlar va maʼlumotlar bosilgan. “Taraqqiy” taraqqiyparvar bir gazeta boʻlib, muharriri ichki rusiya tatorlaridan Ismoil Obidiy Yoʻldosh edi. Oktyabr inqilobidan soʻng doxiliya komisseri lavozimida edi[1]. Bu mavzuda Abdulla Avloniyning “Burungʻi oʻzbek vaqtli matbuotining tarixi” axborotnomasini ham dalil sifatida koʻrsatish mumkin. Unda muallif gazeta haqida qisqa va aniq fikrlarni bayon etgan: “Taraqqiy” gazetasi Ivan Geyerning toʻxtalgʻon gazetasi urnigʻa chiqdi, desa mumkindir. Uning obunachilarining qolgʻan haqiga “Taraqqiy” gazetasi yuborildi. Bu gazeta tez fursatda shunday shuhrat qozondiki, hatto gazeta muharriri boʻlgon Ismoil Obidiyga Taraqqiy ismi berildi. Hozirgacha xalq Ismoil Obidiyning ismini Taraqqiy deb yuritadur. Bu gazeta elning eng suyub uqiydurgʻon bir gazetasi boʻla oldi. Bu gazeta oʻsha zamon musulmon gazetalari ichida eng soʻli boʻlib, hukumat va uning maʼmurlariga qarshi hujum ochdi. Bu gazeta yerlik yosh yozuvchilarga sahifasidan keng oʻrin berdi. Istibdod hukumatining favqulodda saqlash (Cherezvy chayniy oxran) qoʻli bilan bu gazeta oʻldirildi. Xalq oziqsiz qolib, uzoq vaqt jimjitlik hukm surdi”[2], — deb yozgan edi.                                            

       Turkistonda vaqtli matbuot faoliyatining 1870-1925 yillargacha boʻlgan davrini qamrab olgan T.Ernazarov va A.Akbarovlarning “Istoriya pechati Turkestana”[3] 1976- yili “Oʻqituvchi” nashriyoti tomonidan nashr etilgan kitobi va S.Qosimovning “Kurash sahifalari” maqolasi gazetaning bolshevistik mafkura gʻoyalariga toʻla asoslanganligidan dalolat beradi: “Taraqqiy” gazetasi mahalliy aholining hayoti haqida juda koʻp yozardi, yangi usuldagi maktablarni targʻib qilardi, reaksion kuchlarning fikriga qarshi chiqardi va baʼzan M.Morozovning “Russkiy Turkestan” gazetasidan ayrim maqolalarni olib bosardi. Gazeta eski usul maktablarida boʻlmagan matematika, tarix, geografiya singari fanlarni yangi usul maktablarining oʻquv dasturiga kiritishni taʼqib qilardi. Bu yangilikning maqsadi, ishlab chiqarish kapitaliga malakali kadrlar tayyorlashdan iborat edi. Gazeta bu gʻoyalarni chor hukumati bilan kelishuvda oʻtkazishga harakat qilsa-da, konstitutsion monarxiyani yoqlab chiqdi”[4].                                          

       Taraqqiyparvar namoyandalardan biri Behbudiy “Taraqqiy” da shunday yozadi: “...Rossiya bilan birgalikda biz podsholik hokimiyatini qoʻllaymiz”. Yirik din arbobi Pirmuhammadov gazetaning ayrim betlarida 17- oktyabrdagi manifestga qarshi chiqqanlarga, aynan sotsial-demokratlarga qarata: “Podsho xalqqa xizmat qiladi, – deb yozadi, — xalq ham podshoga xizmat qilishi kerak. Podsho musulmonlarga ozodlik berdi, biz boʻlsak shariat boʻyicha rus hokimiyatiga, yaʼni podshoga boʻysunishimiz kerak”[5].                                                                                                         

      “Taraqqiy” chor hukumatining Turkiston xalqlarini jaholat va qorongʻilikda saqlashga intilib, mahalliy tilda birorta kunnoma yoki badiiy asar nashr etishga ruxsat bermaganligini roʻyi-rost yozish bilan birga uning tub sabablarini ham aytib oʻtadi. Chunki vaqtli matbuot jahon koʻzgusidir. Mamlakatda boʻlayotgan har bir voqea (u yoki bu shaklda) ozmi-koʻpmi, albatta, vaqtli matbuotda aks etar edi”[6].                                                                                                                                     Munavvarqori Abdurashidxonov, Mahmudxoʻja Behbudiy, Soʻfizoda, Nozimaxonim, Bahrombek Davlatbekov, Shokir Muxtoriy, Zarif Xoliqiy va boshqalarning ommaga milliy ozodlik, taraqqiyot gʻoyalarini targʻib qiluvchi gʻoya va asarlari “Taraqqiy” sahifalarida chop etib turilgan. Ushbu gazeta haftada ikki marta chiqib turdi. Ushbu gazeta uzoq umr koʻrmadi maʼlum sabablar bilan 20 ta soni chiqib rus hokimiyati tomonidan yopilgan, muharrir qamoqqa olingan. Gazeta 20-soniga yetganda musodara qilib yopib tashlandi. “Taraqqiy” gazetasining shiori “Najot: maslakda sabot, toʻgʻrilikda ijobat” deb nomlangan.  Gazeta pullik, tiraji aniqmas. Mix bosmada, chiroyli qogʻozda bosilgan.

       Jadidlarimizning chop etgan gazetalaridan yana biri “Shuhrat” gazetasidir. “Shuhrat” gazetasi 1907-yil, birinchi dekabrdan boshlab Toshkentda chiqdi. Ushbu gazeta diniy xurofotlarga qarshi kurash eʼlon qildi. Bu gazeta islom dinini mahkam ushlashga targʻib qilib koʻp narsalar yozdi. “Yosh va ongli savdogarlar, islohchi ulamolar tayyorlash kerak”, – deb anchagina qichqirdi. Tepasiga “Haftada ikki marta chiqadigan milliy, adabiy, fanniy, siyosiy, gazetayi turkiydir”[7] deb qoʻygan boʻlsa ham, haftada bir marta chiqishi davom etdi. Bu gazetada Qozon “Tongchilar” idan Rafiq Sobirov ham ishladi. Ushbu gazetaga Muharrirning oʻzi Mahmudxoʻja Behbudiy, Munavvar qori, Tursunxoʻja Homidxoʻja oʻgʻli Mulla Qoʻshoq (Toshkentlik shoir, taxallusi Miskin) larning maqola va sheʼrlari bor. Muharriri Mulla Abdulla Avloniy, tiraji koʻrsatilmagan, tipografiyada yaxshi qogʻozga bosilgan. Yana bir oʻsha davrda ijod chop etilgan gazetalardan biri “Tujjor” gazetasidir. Bu gazeta 1907-yilda 21-avgustda Toshkentning mashhur boylaridan Saidkarim Saidazimboy oʻgʻli tomonidan chiqarildi. Bu insonlar zamonasining eng boy kishilari boʻlish bilan birga koʻplab madrasalarga homiylik ham qilganlar. Bu gazetalarning 5-6 soni chiqishi bilan yopib tashlanib, faoliyati toʻxtatilgan. Gazetalar esa saqlanib qolmagan.
 

“Osiyo”, “Shuhrat” gazetasining sarmoyasi bilan 1908-yil 9-aprelda Ahmadjon Bektemirov (tatar) muharrirligi ostida chiqa boshladi. Gazetada maorif sohasidagi islohotlar, dunyoviy ilmlarni oʻrganish zarurligi, maʼnaviy va iqtisodiy masala muammolar toʻgʻrisida yozilgan maqola va sheʼrlarga keng oʻrin ajratilgan. A.Ibrohimov, Munavvarqori, A.Avloniy va boshqa jadid adiblarning maqolalari eʼlon qilingan. Jami 5ta soni chiqqach, chor mustamlakachi maʼmurlari tomonidan yopilgan. Turkchilik, islomchilik toʻgʻrisida Abdurashid qozi Ibrohimovning tabrik va maqolalari ham bor. Tipografiyada (mix bosma) bosilgan. “Samarqand” gazetasi Samarqand maʼrifatparvarlarining toʻngʻich gazetasidir. 1913-yilda aprel oyida Mahmudxoʻja Behbudiyning masʼul muharrirligi ostida chiqa boshladi. Tepasiga “Mahalliy turkiy va forsiy oʻrta shevada ilm-fan, adabiyot, tijorat, hunar va ziroatdan Rusiya ahvoli va madaniyati va horijiya mamlakatlari holidan va olami islom tirikligidan yozgʻuchi madaniyat musavvir jaridadir”, deyilgan. Haftada ikki qatla, ikki betlik boʻlib chiqqan bu gazeta 7-8 sonidan keyin 4 betlik boʻlib chiqdi. Gazeta 400-600 sonida bosilib turdi. Tili sof oʻzbekcha emas, har bir sonida bir muncha tojikcha sheʼr va maqolalar bosilib turar edi. Ushbu gazeta Musulmonlardan savdogar va boylar koʻp boʻlishiga targʻib qilardi. Behbudiy yozadi: “Shuni-da yozayinki hastaman, millat istasa bosh muharrir boʻlguvchi kishi mandin boshqa topiladur va ushbu mulohazaga ahamiyatsiz qaramasliklari millat nomidan rijo qilinadur”. “Samarqand” uch tilda “oʻzbekcha, forscha va ruscha” chiqib turgan. Bu haqida Behbudiy gazetaning 36-sonida bosilgan “Na uchun iltifot etmaydurlar”[1] maqolasida shunday yozadi: “Samarqand” jaridasi oʻzbek, forsiy, rus tillarida va Turkistonning oʻrta shevasinda taʼsis etilib edi. Mundan maqsad shul ediki, Rusiya kulturi ilmi, hunari va sanoatiga oshina boʻlishlariga ojizona tashviq etmokdin iboratdir. Maktab boʻlsun, madrasa bulsun, isloh va taraqqiyotga yordam uchun xalqni daʼvat qilmoq edi. Fosid urf va botil rasmlarini, yomon odatlarni sharʼan islohiga qoʻshish etmoq edi”[2].                                                                       

       Behbudiy “Samarqand” da butun Turkiston ziyolilari faol ishtirok etishlarini istadi va gazetaning ilk sonida yozuvchilarga murojaat qildiki, bu murojaat uning oxirgi sonigacha birinchi sahifadan tushmadi: “Islomiyaning saodati va solihiga musulmonlarni madaniyat va fununi zamonasidan naflanmoqlari uchun yozilgan mahalliy turkiy va forsiy tillarda maqola qabul bo‘lib, ammo Jaridaga yozilishi idora ixtiyoridadir”. Bu murojaat gazetaning deyarli har sonida berilishiga qaramasdan, joylardan maqola va xabarlar koʻp kelmaydi. Bundan Behbudiy nola chekadi va kuyinib “Na uchun iltifot etmaydurlar?” degan maqola yozadi. “...Ammo xayhotki bu umidlarimiz bushga chiqdi. “Samarqand” qariyb beshinchi oyni tamom qilur. Bu muddatda milliy Jaridaga milliy xizmatga ahamiyat bermadilar”[3].

        Darhaqiqat, bu - Behbudiy xafa boʻlishiga arzigulik hol edi. U ziyolilarning  gazetaga yozishlarini, fikr uygʻotishlarini, baholamoqlarini istardi. Biroq qoloq muhit, mustamlaka natijasidagi karaxtlik, befarqlik odamlarni hadeganda tark etavermadi. Behbudiyning ayniqsa, poytaxt — Toshkentdan umidi juda katta boʻlgan maqola va maktublar kutgan, biroq “...150000 musulmon va bir dasta muharrir, shoiri va musannifi bor va bir necha jarida chiqargan va Markaziy Osiyo poytaxti boʻlgan Toshkent shahridan forsiy va turkiy bir satr boʻlsin bir shay (narsa) kelgani yo‘q”. Bu paytda hali Toshkentda “Sadoi Turkiston” gazetasi chiqib ulgurmagan, “Samarqand” gazetasi esa Turkiston boʻyicha maʼrifatparvarlarning yagona nashri hisoblanar edi. Undan keyin taraqqiyparvar maorif ahli, shoirlar ancha qimirlashib qoladi. Darhol Toshkent maʼrifaparvarlarining otasi Munavvarqori kuliga qalam oladi va amalga oshirgan va oshirmoqchi boʻlgan ishlaridan xabar qiladi (“Toshkentda musulmonlar jamiyati” maqolasi). Xoji Muinning “Nashriyot shirkati kerak” (38-son), “Boisi Taraqqiy” (39-son), Kaminaning “Fazilatli maʼrifatparvar afandim” (41-son), Fitratning “Taraqqiy va tajdid” (44-son) maqolalari bosiladi. Gazetada, shuningdek, xoʻjandlik Muhammad Said (“Ajib voqea”, 27-son), namanganlik Dadamirzoqori (“Uz hollarimiz”, 31-son), samarqandlik Xoji Muin (“Yoshlarga murojaat”, 34-son)lar ishtirok etishgan. Buxorodan kelgan maktublar ham koʻpaygan[4].


 

[1] Зиё Саид Туркистон матбуоти тарихи. – Тошкент, 1970. –Б 98.

[2] Зиё Саид Туркистон матбуоти тарихи. – Тошкент, 1970. –Б 99.

[3] Abduazizova N. Turkiston matbuoti tarixi. – Toshkent: Akademiya, 2000. –B 86.

 

[4] Abduazizova N. Turkiston matbuoti tarixi. – Toshkent: Akademiya, 2000. –B 100.


 

1 Holboyev S. Turkiston jadidchiligi milliy uyg‘onish davri tarixi. – Namangan, 2012. –B 85.

 

 

[2]Abduazizova N. Turkiston matbuoti tarixi. – Toshkent: Akademiya, 2000. –B 25.

[3] Эрназаров Т., Акбаров А. История печати Туркестана. – Тошкент: Ўқитувчи, 1976. –Б 78.

[4] Зиё Саид Туркистон матбуоти тарихи. – Тошкент, 1970. –Б 30.

[5] Зиё Саид Туркистон матбуоти тарихи. – Тошкент, 1970. –Б 52.

[6] Жалолов А., Ўзганбоев Ҳ. Ўзбек маърифатпарварлик адабиётининг тараққиётида вақтли матбуотнинг ўрни. – Тошкент, 1993. –Б 72 -73.

[7] Зиё Саид Туркистон матбуоти тарихи. – Тошкент, 1970. –Б 5.

Другие новости

MUSULMONLARNING BOSHQA DIN VAKILLARIGA BO'LGAN MUNOSABATLARI
01.05.2025 16
Qur’oni karimda ham hadislarda ham boshqa din vakillariga qanday munosabat qilish lozimligi haqida ko’plab ko’rsatmalar kelgan. Islom dini tinchlik dini bo’lganligi uchun har qachon insonlar o’rtasida totuvlikni ta’minlashga uringan. Tarixdan...
Подробнее
XXI ASRDA MOTURIDIYLIK TA’LIMOTINING AHAMIYATI
28.04.2025 20
Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad al-Hanafiy as-Samarqandiy al-Moturidiy Islom dinining nazariy (usul ad-din), fiqh asoslari va manbalarini o‘rganadigan (ilm usul al-fiqh) sohasi bo‘yicha hanafiylik mazhabining yirik faqihi (qonunshunosi), kalom ilmida...
Подробнее
IMOM MOTURIDIY VA UNING IZDOSHLARI ILMIY MEROSINING ISLOM ILMLARI RIVOJIDAGI O‘RNI
21.04.2025 25
Islom millati uchun eng tahlikali bir paytda musulmonlarning aqiydasini mardonavor himoya qilgan, musulmonlar ommasi aqiydasining to‘g‘ri yo‘lda, Qur’oni Karim, nabiy sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari, ahli sunna val jamoa yo‘lida sobitqadam...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry