03.08.2025
2

Zaif va ohad xabarlarga amal qilishning hukmi

 

       Zaif hadisning ta’rifi: Zaif so‘zi lug‘atda ismi foil bo‘lib, o‘zagi ضعف يضعف  fe’li, beshinchi bobdan olingan. Zaif so‘zining antonimi "quvvatli" degan ma’noda. Zaif bo‘ldi iborasining ma’nosi: kuchi yoki sog‘lig‘i yo‘qoldi, vazni yuqoldi, betob bo‘ldi. Zaif so‘zining ko‘pligi ضِعَافٌ و ضُعَفَاءُ و ضِعْفَة و ضِعْفَى  shaklida keladi. 

Zaif hadis muhaddislar istilohida: bir necha ma’nolarda sharhlangan. jumladan:

 -Sahih va hasan hadislar shartlari topilmagan hadis.

 -Hasan hadis sharti topilmagan hadis. Bu ta’rif avvalgisidan afzalroq, chunki hadis hasan martabasiga etishmasa, sahihga ham etishmaydi.

 -Hadisni qabul qilinadigan shartlari topilmagan hadis. Boshqacha qilib aytganda,avvalgi ta’riflarga sabab bo‘lgan hadisdir.

Zaif hadis ko‘p qismlarga bo‘linadi. Hadisda qabul qilinadigan shart va sifatlar topilmasa, mursal yo munqote’ yo mo’’zal yo muaallaq yo mudallas,agar hadisning sirtdan illati bilinmasa,u holda muallal hadis deyiladi. Shu tarzda Hofiz Muhammad ibn Hibbon al-Bustiy zaif hadislarni 49 qismga ajratgan.

Ahkom kitoblarda zaif hadisni keltirilishi sababi

Ahkom kitoblarda zaif hadisni keltirilish sabablari ko‘p.

Jumladan: 

  1. Hadis garchi zaif sanalsa-da, aslida u hujjatlikka munosib hadislar turiga kiradi. Mursal, munqoti’ yoki majhul bilan hujjatlanishi to‘g‘ri deydiganlarning fikri bunga misol.
  2. Hadis biror sabab tufayli u bilan hukm chiqarish ixtilof tug‘diradigan hadislardan ekanligi. Zahabiy aytadi: “So‘ngra hasanning hamma hasan hadislarni qamrab oladigan qoidasi borligiga umid qilma. Chunki biz undan noumidmiz. Hofizlar hasan, zaif yoki sahihligida ikkilangan qanchadan -qancha hadislar bor. Hatto bitta hofizning ijtihodi bir hadis borasida o‘zgarib turadi Bir kuni uni sahih, sanagan bo‘lsa, boshqa kuni hasan, deydi. Vaqti kelib esa zaifga chiqaradi”.
  3. Zaif hadisga amal qilish ehtiyot bobidan bo‘lishi. Navaviy rahmatullohi alayhning bu borada go‘zal so‘zlari bor.
  4. Hadisning isnodi zaif sanalsa-da, ulamo uning matnini rozilik ila qabul qilgan bo‘lishi. Bu bir toifa ahli ilm nazdida sahihdir.
  5. Shu bobda zaif hadisdan boshqasi topilmasligi.
  6. Isnodi zaif hadis mutobe’ va shohidlari bilan butlanadigan zaif hadislar jumlasidan ekanligi.Bu borada ulamolarning ba’zi qarashlari mavjud.
  7. Qur’on yoki sahih hadisning iboralari dalolat bergan ma’nolardan birini quvvatlash uchun zaif hadis zikr etilishi.

 

 

Zaif hadis bilan mustahablik sobit bo‘lishining misoli

 

 Zuho namozi o‘n ikki rakatligi. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “ Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:

 

من صلّى الضحى ثنتي عشرة ركعة بنى اللّٰه له قصرا من ذهب في الجنة

 

"Kim zuhoni o‘n ikki rakat o‘qisa, Alloh taolo unga jannatda tillodan saroy quradi"

Imom Termiziy aytadi: “Hadis g‘aribdir. Batahqiq, zaif hadisga fazilatlar borasida amal qilish mumkinligi aytilgan”. 

Zaif hadisga amal qilish: zaif hadislar fazilatli amallar borasida e’tiborga loyiqligi mashhurdir. Undan boshqa o‘rinlarda hujjatlikka yaramaydi(Fazilatli amallarda hujjat bo‘ladigan zaif hadisdan) iroda qilingan narsa bittagina rivoyat yo‘li bo‘lgan zaif hadisdir. Ko‘p yo‘llar bilan kelgan zaif hadis emas. Chunki turuqi ko‘p bo‘lgan zaif hadis hasanning ostiga doxil bo‘ladi,zaifga emas. Imomlar bu haqda ochiq-oydin aytganlar.

 Ba’zi ulamolar shunday deyishgan: “Agar zaiflik hifzning yomonligi, chalkashtirish yoki tadlis qilish jihatiga ko‘r abo‘lsa, shu bilan birga roviyda diyonat va rostgo‘ylik mavjud bo‘lsa, bu zaiflik turuqlarning bir necha bo‘lishi bilan to‘g‘rilanadi. Lekin hadisdagi zaiflik yolg‘onchilik bilan gumonlanish yoki shozzlik yoki ko‘p xató qilish jihatidan bo‘lsa, bu zaiflik turuqlarning ko‘p bo‘lishi bilan to‘g‘irlanmaydi va ushbu hadisga zaif deb hukm qilinadi. Bunga faqat fazilatli amallarda amal qilinadi.” Yaxshilab taammul qilingandan keyin ma’lum bo‘ladiki, bir bobda zaif hadisdan boshqasi topilmasa yoki zaif hadisni ummat rozilik ila qabul qilsa, ahkomlar bo‘yicha zaif hadis amalga tatbiq etiladi. Bu to‘rt mazhab imomlari tutgan yo‘ldir.

 

      Ohad xabarning ta’rifi: lug‘atda آحاد  kalimasi bir, bitta, yagona ma’nosidagi أحدٌ “ahad”ning ko‘pligidir.  Ba’zilarning aytishicha, huddi شاهدٌ  “shaahid” so‘zi أشهاد “ashhaad”ga jamlanganidek, واحد “vahid”ning jami ham bo‘laveradi. Istilohda esa u bir yoki ikkita odam rivoyat qilgan, lekin uch asr davomida mashhur bo‘lmagan, hatto uni qabul qilishga ijmo’ ham qilinmagan xabar bo‘lib, shuningdek mutavotirning shartlarini o‘zida jamlamagan xabarga ohad xabar deyiladi. 

Ohad xabar turuqlarining adadiga ko‘ra uch qismga bo‘linadi.

  1. Mashhur hadis- uning roviylari ko‘proq bo‘lsa, u “mashhur” yoki “mustafiz” deb nomlanadi
  2. Aziz hadis- uning roviysi ikkita bo‘lsa,u “aziz”, deb nomlanadi
  3. Ga’rib hadis- sahih hadisning roviysi bitt abo‘lsa, u “g‘arib” deb nomlanadi. “Gʻarib”ni “fard” ham deb ataladi

      Ibn Hajar Asqaloniy rahmatullohi alayhning  o’zining “sharhu Nuhba” asarida: Ohad habarlarning maqbuli bor bo‘lib, Jumhur ulamolar nazdida unga amal qilish vojib. Mardudi ham bor. Ularga amal qilish roviylarning sifati va xoli aniq bo‘lguncha to‘xtab turiladi. Chunki mutavotir xabarlarning roviylari rostgo‘ylikni qatiylikni ifodalagani uchun ular to‘g‘ri va to‘liqligicha qabul qilinadi. Ohad xabarlarda esa qaraladi. Agar sanaddagi roviylarning holati rostgo‘yligi aniq bo‘lsa, demak u maqbul bo‘ladi. Agarda roviyda jarh sifatlari bo‘lsa yoki yolg‘onchiligi aniq bo‘lsa, demak u mardud bo‘ladi yoki aksincha bo‘lishi ham mumkin.

  Shunga ko‘ra Ohad xabarning maqbul yoki mardud bo‘lishligiga ko‘ra uch xil holatda bo‘ladi.

     1.Maqbul ya’ni roviylarda ta’dil sifatlari bor bo‘lib, u maqbul bo‘ladi.Ularning rostgo‘yliklari aniq bo‘ladi.Bu turdagi xabarlarni dalil qilish ham amal qilish ham mumkin.

     2.Mardud- ularning rostgo‘yligiga zid ya’ni yog‘onchiligi yoki hifzi zobtida muammosi bo‘lsa bu kabi xabarlar mardud bo‘ladi va uchunchi holat bo‘lishi mumkin 

      3. Jarh yoki ta’dil sifatlarining biri aniq emas yoki roviy no‘malum bo‘ladi

Bu holatda hadisga amal to‘xtab turiladi, hadisga hukm berilmay turadi, toki roviyning jarh yoki ta’dil sifatlaridan biri  unga berilmagunch amal qilinmaydi.

 Ohad xabarning hukmi. Molikiylar va shofe’iylarning ko‘pchiligi ohad xabarning hukmi borasida hanfiylar bilan muvofiqdirlar. Ohad xabar amalni taqazo etadi, lekin yaqiniy ilmni ifoda etmaydi. Ya’ni yaqiniy ilmni ham va hotirjamlik ilmini ham hosil qilmaydi. Bu aksar ahli ilm va jumhur faqihlarning qarashidir. To‘rt mazhab ulamolari va boshqalar ham shunday fikrdalar. 

Hanafiy mazhabi Ulamolarining ba’zi qavillari.

 أبو البركات النسفي خبر الواحد محتمل في نفسه، وكيف يثبت اليقين مع وجود الاحتمال

   -Abul Barokaat an Nasafiy «Ohad xabar ehtimoldir, qanday qilib ehtimol yaqin (to‘liq ishonchlik) bo‘lishi mumkin».

 

كمال بن الهمام أن خبر الواحد لا يوجب اليقين بل الظن

 -«Albatta, ohad xabar yaqinni (qat’iy ishonchni) emas, balki zonni (taxminni) vojib qiladi»

 

    - As-Saraxsiy «Ohad xabar din ishlarida u ila amal qilish uchun hujjatdir. U bilan aniqlik, ya’ni iymon sobit bo‘lmaydi.

 

    -  Abdulloh az Zarkashi «Albatta, ohad xabar yaqinni ifodalamaydi. Bu aksar hadis olimlari va fiqh olimlarining qavlidir»

 

     Ohad xabarga amal qilish sobit ekanining ma’nosi.

Xabar vojiblikka dalolat berganda va shu vaqtda vojiblikdan man qiluvchi jihat yo‘q bo‘lsa, unga amal qilish vojibdir. Shundan ma’lum bo‘ladiki, mustahablikka dalolat beruvchi xabarning mazmuniga amal qilish vojib emas. Chunki u vojibga dalolat qilmaydi,huddi shuningdek, mansuxga ham amal qilib bo‘lmaydi, chunki bu holda monelik bor. Lekin yuqoridagi ohad xabarga amal qilinish sobit ekanining ma’nosi quydagich bo‘lishi ham mumkin- Ohadga amal qilish vojibligi uning holatlariga qarab belgilanadi.

Foydalanilgan manbalar va adabiyotlar

1.Toshkent islom instituti. Hanafiy faqihlar nazdida Hadis ilmi qoidalari.

“Tilsim” nashriyoti. Toshkent-2023.

2. Valiyuddin Xatib at-Tabriziy. Mishkot al-masobih sharhi birichi jild. Hilol nashr.

Toshkent-2023.

3. https://www.muslim.uz/ Faxritdin HUDOYNAZAROV,

Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi ilmiy xodimi.

4. HADIS ILMI ISTILOHLARI ENSIKLOPEDIYASI: “Ohod” xabarlar istilohi

  Bahodir MIRZAYeV – Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi. bukhari.uz/

                                                                           M.Xodjayeva tayyorladi

 

 

 

 

 

Другие новости

Ilmning Fazilatlari
09.07.2025 19
Islom dini ilm-fan, tafakkur va aqlni yuksak qadrlagan dindir. Ilm — insonni jaholat zulmatidan najot topishga, to‘g‘ri yo‘lni tanlashga, Alloh taologa yaqinlashishga yordam beradigan eng ulug‘ ne’matlardan biridir. Ilmning fazilati...
Подробнее
QABUL - 2025
28.06.2025 37
#qabul_2025QABUL - 2⃣0⃣2⃣5⃣✅ "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasida 2025-2026 o‘quv yili kunduzgi ta’lim uchun abituriyentlarning hujjatlari offlayn shaklda qabul hay’ati tomonidan 2025-yil 25-iyundan 20-iyulgacha qabul qilinadi.📝 QABUL...
Подробнее
Bid’at tushunchasi, uning turlari va hukmlari
20.06.2025 39
Bid’at tushunchasi, uning turlari va hukmlari"Bid’at" so‘zi lug‘atda bir narsani yangitdan paydo qilish ma’nosini anglatadi."Bid’at"ning shar’iy istilohi – ta’rifiga keladigan bo‘lsak, ulamolar bu masalada bir xil fikrga ittifoq qilmaganlar. Mazkur...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry