
Alloh taolo borasida chuqur kirishmaymiz
Alloh taolo borasida chuqur kirishmaymiz
Imom Tahoviy rohmatullohi alayhi o'z kitoblarida shunday keltiradilar:
" و لا نحوض في الله عز وجل"
"Alloh taolo borasida chuqur kirishmaymiz "
Buning ma'nosi esa Alloh taoloning zoti, sifatlari borasida Qur'on va sunnatga ergashmasdan, aqlning o'zi bilan so'z yuritmaymiz. Chunki Allohning ismlari va sifatlari borasida shariatda ya'ni Qur'on va sunnatda kelganilari bilan cheklanamiz. Alloh taoloning aqllarni hayratga soluvchi zoti borasida ham fikr bilan kirishmaymiz. Chunki bu narsa ya'ni kirishishlik ko'pincha inkorga olib boruvchidir. Balki Allohning fe'llari va yaratgan narsalari borasida fikr yuritishimiz lozim bo'ladi. Chunki bizning aqlimiz Alloh taoloning oliyligini idrok qilishdan ojizdir. Vaholanki farishtalar nafsoniy istaklardan holi bo'lsalarda o'zlarining ojiz eknaliklarini e'tirof qilib aytadilarki:
"ما عرفناك حق معرفتك "
Endi nafsiy istaklarga va xolis idrok qilishdan ma'n qiluvchi pardalar bilan o'ralgan inson qanday bo'lsin. Bas bu borada chuqur ketish ko'pincha Alloh taolo undan pok bo'lgan so'zlarga olib boradi (taqazo qiladi). Shunday ekan bu borsida chuqur ketishni tark qilish eng yaxshi yo'ldir.
Din borasida xusumatlashmaymiz
Matn davomida keladiki:
"و لا نهاري في الدين"
Ya'ni haq ahllari bilan ahli havoning shubhalarini o'rtaga qo'yib ularning shubhaga tushishlari va haqdan og' ishlarini istab xusumatlashmaymiz.
Rosululloh s.a.v ha bir necha hadislarda bundan qaytarganlar.
Nabiy s.a.v aytadilar: "Kim u nohaq bo'lgan holida tortishuvni tark qilsa uning uchun jannatning chetida bir uy bino qilinur, va kim u haqli bolgan holida uni tark qilsa u uchun jannatning o'rtasida bir uy bino qilinur, va yana kim xulqini go'zal qilsa jannatning yuqorisida u uchun bir uy bino qilinur" dedilar ( Termiziy rivoyat)
Abu Hurayra r.a dan rivoyat qilingan hadisda aytadilarki : Bir kuni Rosululloh s.a.v bizning oldimizga chiqdilar, biz qadar borasida nizolashayotgan edik, bundan g'azablandilar hatto yuzlari qizardi. Va shunday dedilar : shu uchun sizlarga amir bo'ldimmi? Yoki shu uchun sizlarga yuborilgan edimmi? Albatta sizdan avvalgi ummatlar din xususida nizolarinnig va nabiylariga bo'lgan ixtiloflarining ko'pligi sabab halok bo'lgan edilar, sizlarga bu borada tortishmaslikni buyuraman " dedilar. Termiziy va Abu Dovud rivoyati
Tayyorladi: Ibrohimova S
Mas'ul ustoz: Aqoid fani oʻqituvchisi S.Muxamedxodjayeva
Другие новости


