20.10.2025
1

“SIROJUL MUSLIMIN” VA “ SABOTUL-OJIZIN” ASARLARIDA MA`NO UYG`UNLIGI

“SIROJUL MUSLIMIN” VA “ SABOTUL-OJIZIN” ASARLARIDA MA`NO UYG`UNLIGI

    Hazrat Navoiy asarning “Iymon qoidasining ijmoli” bobida quyidagilarni yozadi: Yazdon - Xoliq taolo birinchi farz qilgan narsa - bu oqil insonning balog‘atga yetganda iymon keltirishidir. Ya’ni har bir aqli raso insonga Alloh farz qilgan birinchi narsa – balog‘atga yetishi bilan o‘z  yaratuvchisi bo‘lmish Alloh taologa iymon keltirishdir. 

“Al Fiqhul Akbar”da: “(Alloh taolo) Xalqidan birortani kufrga ham, iymonga ham majburlamagan. Va ularni mo‘min ham, kofir ham qilib yaratmagan. Lekin ularni shaxslar qilib yaratgan. Iymon va kufr bandalarning fe’lidir. Alloh taolo (O‘ziga) kim kufr keltiradigan bo‘lsa, u(banda)ni kofirlik holatida kofir deb biladi. Qachon o‘shandan keyin iymon keltirsa, Uning (Allohning) ilmi va sifati o‘zgarmasdan u(banda)ni iymon keltirgan holatida mo‘min deb biladi hamda u(banda)ni yaxshi ko‘radi”.

Aning ma’nisidur til birla iqror,

Ko‘ngul birla inonmog‘lig‘ dag‘i bor.

Iymon - bu til bilan iqror bo‘lish va dil bilan ishonishdir. Demak, har bir insonga Allohning birinchi buyrug‘i - U Zotga dilda to‘liq ishonib, shu ishonchni tilda izhor qilishidir. Bu ikkisidan biri bo‘lmasa, kishi mo‘min deb e’tibor qilinmaydi.

“Sabotul – ojizin” da iymon masalasi haqida quyidagicha keltiriladi:

Xudodin har na kelsa, rost bilding,
Tiling birla yana iqror qilding.
Musulmonlig‘ yo‘lida buldir iymon,

Muni bilmas kishi Tongla pushaymon

Allohdan kelgan barcha narsaga, g`aybga iymon keltir, uni rost deb bil va unga qalbing bilan iymon keltirish bilan birga tilingda ham tasdiq qil. Musulmonlik yo`lida iymon deb shunga aytiladi, kim buni bilmas ekan va bilmagani sababli iymon ham keltirmas ekan Qiyomatda yomon holatga tushishi sababli pushaymon bo`ladi. 

“Al Fiqhul Akbar” asarida: “Mo‘minlar iymon va tavhidda barobardirlar. Amallarda esa bir-birlaridan ortiqdirlar. Islom – Alloh taoloning amrlariga taslim bo‘lish va bo‘ysunishdir. Iymon va islom orasida lug‘at jihatidan farq bor. Lekin iymon islomsiz bo‘lmaydi, shuningdek  Islom ham iymonsiz bo‘lmaydi. Ikkalasi xuddi bel bilan qorindekdir. Din – iymon, islom va shariatlarning barchasiga joriy bo‘lgan ismdir”. 

Shuningdek, “Al Fiqhul Akbar”da quyidagilar keltiriladi: “(Alloh taolo) Odam alayhissalomning zurriyotlarini uning sulbidan kichkina chumoli suratida chiqardi. Hamda ularga aql berdi, so‘ng ularga xitob qildi, ularni iymonga buyurdi va kufrdan qaytardi. Bas, ular Uning rububiyatiga (Robbligiga) iqror bo‘ldilar. O‘sha (iqror) ulardan bo‘lgan iymondir. Ular o‘sha fitratda (tabiiy xilqatda) tug‘iladilar. O‘shandan keyin kim kofir bo‘lsa, darhaqiqat almashtiribdi va o‘zgartiribdi. Kim iymon keltirgan va tasdiqlagan bo‘lsa, darhaqiqat unda sobit qolibdi va bardavom bo‘libdi”. 

Hazrat Navoiy asarni quyidagicha davom ettiradi: Agar bunga, ya`ni iymon ne`matiga, o‘zingni musharraf qilishni istasang, bilginki, olti narsaga iymon keltirishing kerak. Ya’ni, agar iymon baxtiga erishishni ista­sang, olti narsaga iymon keltirishing lozim. Bu olti narsaga ishonish iymonning bo‘laklari bo‘lib, ulardan biri bo‘lmasa, iymon inobatga o‘tmaydi.

Xadichai Kubro ayol-qizlar islom ta`lim

 muassasasi o`qituvchisi, ToshDO`TAU 

2-bosqich doktoranti Kenjaboy Gulruh

 

 

 

Другие новости

E`TIQOD MASALALARI “SIROJUL MUSLIMIN” VA “ SABOTUL-OJIZIN” ASARLARI QIYOSIDA
23.10.2025 1
E`TIQOD MASALALARI “SIROJUL MUSLIMIN” VA “ SABOTUL-OJIZIN” ASARLARI QIYOSIDAHazrat Navoiy iymonning asoslari va aqiydaning birlamchi unsurlarini bayon qilgach, musulmon kishi e’tiqod qilishi lozim bo‘lgan yana bir qator aqiyda masalalari haqida...
Подробнее
“SIROJUL MUSLIMIN” VA “ SABOTUL-OJIZIN” MANTNLARARO MUNOSABAT
21.10.2025 1
“SIROJUL MUSLIMIN” VA “ SABOTUL-OJIZIN” MANTNLARARO MUNOSABATAlloh taoloning sifatlari zotidan boshqa emas, deyiladi. Aslida, ushbu masalaga bunchalik urg‘u berilishining asosiy sababi Alloh taoloning sifatlari hodis[1] emasligini isbotlashdir. Chunki Alloh taoloning...
Подробнее
ALLOMA ZAMAXSHARIYNING AXLOQSHUNOSLIKKA OID ASARI VA UNING QOʻLYOZMA VA TOSHBOSMA  NUSXALARI
15.10.2025 7
ALLOMA ZAMAXSHARIYNING AXLOQSHUNOSLIKKA OID ASARI VA UNING QOʻLYOZMA VA TOSHBOSMA NUSXALARI Hozirgi kunda yurtimizda yetishib chiqqan buyuk allomalar hayoti va qoldirib ketgan bebaho ilmiy va ma’naviy merosini o‘rganish, ular yaratgan...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry