17.11.2025
3

Alloh taoloning Qur’oni karimda kelgan ism sifatlari tahlili

Alloh taoloning Qur’oni karimda kelgan ism sifatlari tahlili.

Islom aqidasining eng muhim poydevorlaridan biri – bu Alloh taoloni Uning o‘zi ta’riflagan tarzda tanish va unga iymon keltirishdir. Qur’oni karimda Allohning zotiga xos bo‘lgan ko‘plab ism va sifatlar bayon etilgan bo‘lib, ular musulmon kishining aqidasi, ma’naviyati va dunyoqarashini shakllantirishda beqiyos o‘rin tutadi. Qur’onda kelgan ilohiy sifatlar Allohning ulug‘ligini, rahmatini, adolatini, hikmatini, qudratini va boshqa cheksiz kamolotlarini ifodalaydi. Har bir ism o‘zida chuqur ma’no, tarbiyaviy xulosa va aqidaviy asosni mujassam etadi. Shu bois, ularni o‘rganish nafaqat ilmiy izlanish, balki insonning ruhiy poklanishi, qalb tarbiyasi va iymon mustahkamligining ham asosiy unsurlaridan biridir. Allohning borligiga ishongan odam U zotni yaxshi tanishi kerak, bu ilmni hosil qilish uchun inson albatta aqoid faniga murojaat qiladi. Uni tanishda ma’rifat hosil qilishi lozim boʻladi. Inson biror narsani bilganida unga ishonishni boshlaydi.

وَلِلَّهِ ٱلۡأَسۡمَآءُ ٱلۡحُسۡنَىٰ فَٱدۡعُوهُ بِهَاۖ

Allohning goʻzal ismlari bordir. Bas, Unga oʻsha(ism)lar ila duo qiling” [1]degan.

Qur’oni Karim va Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning hadislarida Allohning bir necha ism va sifatlari bayon etilgan bo‘lib, bu musulmon insonni ushbu ism va sifatlarni bilishga chorlaydi. Chunki bu ismlar mo‘min keltirgan iymonini, ya’ni Xoliqini tanishiga katta yordam beradi. Ya’ni Qur’on va sunnatda kelgan Allohning ism va sifatlari mo‘min uchun o‘z Parvardigoriga bo‘lgan e’tiqodini mustahkamlash va Uning zoti haqidagi fikrlarini mustahkamlashga asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Allohning barcha ismlari go‘zaldir. Mo‘min-musulmon banda Allohga duo qilganida, o‘sha go‘zal ismlar ila duo qilmogʻi lozim. Alloh taolo oʻz kalomida:

هُوَ اللَّهُ الْخَالِقُ الْبَارِئُ الْمُصَوِّرُ لَهُ الْأَسْمَاء الْحُسْنَى يُسَبِّحُ لَهُ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَهُوَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ 

U Alloh Xoliq, Bori’, Musavvirdir. Barcha go‘zal ismlar Unikidir. Osmonlaru yerdagi barcha narsalar Uni poklab yod etadilar. Yana U Aziz va Hakimdir”[2], – degan.

“Hashr” surasining bu so‘nggi oyatida Allohning bir necha go‘zal ismlari haqida so‘z boryapti.

Xoliq – yaratuvchi;

Bori’ – yo‘qdan bor qiluvchi;

Musavvir – maxluqotlarning suratini shakllantiruvchi.

Ushbu oyatdan ma’lum bo‘ladiki, e’tiqod va ibodat faqat yagona Allohning o‘ziga bo‘lmog‘i kerak. Barcha qalblar faqat Ungagina talpinishi lozim. Alloh taolo shundoq zotki, siz bilan biz bilgan va bilmagan barcha narsalarni biladi. Osmonlar va yerda Alloh bilmagan narsa yo‘q, demak, Ungagina ibodat qilish kerak.

Qur’oni karimda:

هُوَ اللَّهُ الَّذِي لَا إِلَهَ إِلَّا هُوَ الْمَلِكُ الْقُدُّوسُ السَّلَامُ الْمُؤْمِنُ الْمُهَيْمِنُ الْعَزِيزُ الْجَبَّارُ الْمُتَكَبِّرُ سُبْحَانَ اللَّهِ عَمَّا يُشْرِكُونَ

U Alloh, Undan o‘zga iloh yo‘q zotdir. U – Al-Malik, Al-Quddus, Al-Salam, Al-Mo‘min, Al-Muhaymin, Al-Aziz, Al-Jabbаr, Al-Mutakabbirdir. Alloh Ungа shirk keltirayotgan narsalardan pokdir”

Avvalgi oyat kabi bu oyati karima ham Alloh vahdoniyatining isboti ila boshlangan va Uning bir necha ismlarini eslatmoqda, jumladan:

Malik – haqiqiy egadir, Undan o‘zga ega yo‘q. Shuning uchun bandalar faqat Unga qul bo‘ladilar. Hech vaqtda bir qulga ikki xoja bo‘lmaydi. Shuning uchun insonlar o‘zlariga o‘xshagan insonlarga emas, balki yagona yaratanga, haqiqiy egaga qul bo‘lishlari lozim.

Quddus – barcha ayblardan holi, noloyiq sifatlardan pok. Mutlaq muqaddaslik va mutlaq poklik Allohning O‘ziga xosdir.

Salom – nuqsonlardan salomat, shuningdek, tinchlik-xotirjamlik va rohat beruvchi zot. Alloh “Salom” sifati ila bandalarga tinchlik, omonlik, xotirjamlik ato qiladi.

Mo‘min – iymon va omonlikni beruvchi.

Muhaymin – hamma narsani qamrab oluvchi, ya’ni, Alloh bandalarning barcha holatlariga guvoh bo‘lib turadi, Undan hech narsa maxfiy qolmaydi.

Aziz – barchaning ustidan g‘olib.

Jabbor – oliy qadr, ulug‘, Uning oldida o‘zgalar o‘zini xor tutadi.

Mutakabbir – kibriyosi va ulug‘ zot.

 

 

Tayyorladi: F.Tavakkalova

Mas’ul ustoz: S.Muhamedxodjayeva


 

[1] Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “Tafsiri Hilol”. “HILOL-NASHR” nashriyoti, Toshkent, 2022. A’rof surasi, 180-oyat, 2-juz, B.123

[2] Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “Tafsiri Hilol”. “HILOL-NASHR” nashriyoti, Toshkent, 2022. Hashr surasi, 23-oyat, 6-juz, B.116

Другие новости

Allohning muhabbati va g‘azabi
28.11.2025 3
Allohning muhabbati va g‘azabiRobbimiz bizni Oʻz diniga hidoyat qilib, Muhammad sollallohu alayhi vasallamni bizga ulug‘ Payg‘ambar qilib yuborishi Uning bizga ko’rsatgan ulug‘ marhamatlaridandir. Muhabbat izhori birinchi kim tomonidan boʻladi, banda...
Подробнее
Moturidiy ta’limotining kelib chiqishining zarurati va ijtimoiy-siyosiy muhit
27.11.2025 3
Moturidiy ta’limotining kelib chiqishining zarurati va ijtimoiy-siyosiy muhitBuyuk alloma, ilohiyotshunos Abu Mansur Moturidiy Islom olamining ilm o‘choqlaridan biri, Movarounnahrda tavallud topdi. Bu o‘lka esa Abbosiylar hukmronligi davrida markazga mustahkam bog‘lanmagan...
Подробнее
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi
26.11.2025 3
O‘zbekiston Respublikasi Davlat MadhiyasiO‘zbekiston Respublikasi Davlat va istiqlol ramzi.O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi — xalqning tarixiy o‘ziga xosligi, g‘ururi, ozodlikka intilishi va mustaqil davlat sifatidagi salohiyatini ifodalovchi muhim ramzlardan biridir. U...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry