15.11.2025
3

“Muxtasar-ul viqoya” asarida ijara masalalarining yoritilishi

 “Muxtasar-ul viqoya” asarida ijara masalalarining yoritilishi

«Ijara» -  lug‘atda “evaz” va “savob” ma’nolarini bildiradi. Shar’iy istilohdagi ma’nosi – o‘zi aniq yoki sifati aniq bo‘lgan biron shaxs yoki narsadan ma’lum ishga yoki ma’lum muddatga ma’lum haq evaziga muboh foydalanishga tuzilgan bitimdir. Bu ta’rif ijaraning durust bo‘lishi shartlari va uning turlarini deyarli qamrab olgan ta’rifdir. «Foydalanishga tuzilgan bitim» degan ibora bilan raqaba (qul) ustidagi bitim chiqib ketadi, chunki u ijara emas, bay’ bo‘ladi. «Muboh foydalanish» degan so‘z bilan zino va shu kabi harom foydalanishga bo‘lgan bitim chiqib ketadi. «Ma’lum» degan so‘z bilan noma’lum foydalanish turi chiqib ketadi, unday narsaga bitim tuzish durust bo‘lmaydi. 

«Ma’lum muddatga» degan iboradan ma’lum bo‘lishicha, ijara cheklangan muddatga, masalan, bir kungami yo bir oygami bo‘lishi shart qilinadi. «Ma’lum haq evaziga» degan iboradan ijara haqining miqdori aniq bo‘lishi bilinadi. Shu bilan ijaraning har ikki turining sahih bo‘lishining qisqacha shartlari oydinlashadi: ijara bitimi narsaning o‘ziga emas, balki undan foydalanishga bo‘lishi, foydalanish muboh (ya’ni, harom emas) bo‘lmog‘i va ma’lum bo‘lmog‘i, agar o‘zi aniq bo‘lmagan narsa bo‘lsa, uning sifati aniq bo‘lishi, ijara muddati aniq bo‘lishi, ijara haqi aniq bo‘lishi.

Ijara Qur’on, sunnat va ijmo’ bilan joizdir. Ijaraning durustligiga Qur’ondan dalil. Alloh taolo: 

﴿قالَ إِنّي أُريدُ أَن أُنكِحَكَ إِحدَى ابنَتَيَّ هاتَينِ عَلى أَن تَأجُرَني ثَمانِيَ حِجَجٍ فَإِن أَتمَمتَ عَشرًا فَمِن عِندِكَ وَما أُريدُ أَن أَشُقَّ عَلَيكَ سَتَجِدُني إِن شاءَ اللَّهُ مِنَ الصّالِحينَ﴾

«U: «Menga sakkiz yil ijaraga ishlab berishing sharti bilan, shu ikki qizimdan birini senga nikohlab bermoqchiman, agar o‘n yilni tamomlasang, bu sening ishing. Men esa senga mashaqqat qilishni istamasman. Inshaalloh, mening solih kishilardan ekanimni ko‘rasan», dedi», degan. (Qasos 27-oyat).[1]

Sharh: Qur’oni Karimning «Qasos» surasidagi mashhur qissadan iqtibos qilib keltirilgan bu oyati karimadan ijara ishi Qur’onda ham zikr qilingani, avvalgi ummatlarda ham bo‘lganini bilib olamiz.

Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

عَنْ أَبِي مُوسَى الأشعري عَنْ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ إِنَّ الْخَازِنَ الْمُسْلِمَ الْأَمِينَ الَّذِي يُنْفِذُ وَرُبَّمَا قَالَ يُعْطِي مَا أُمِرَ بِهِ فَيُعْطِيهِ كَامِلًا مُوَفَّرًا طَيِّبَةً بِهِ نَفْسُهُ فَيَدْفَعُهُ إِلَى الَّذِي أُمِرَ لَهُ بِهِ أَحَدُ الْمُتَصَدِّقَيْن

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Omonatli xazinachi o‘ziga amr qilingan narsani sidqidildan ado etib tursa, ikki sadaqa beruvchining biri bo‘ladi», dedilar».[2]

1. Ijarada ishtirok etuvchi taraflarda mavjud bo‘lishi lozim shartlar:

A) Ijara aqdi tuzuvchi oqil bo‘lishi kerak. 

Majnun va aqli to‘lishmagan yosh bolaning tuzgan ijara aqdi o‘tmaydi.

B) Hanbaliy va Shofe’iy mazhablari, balog‘atga yetgan bo‘lishi ham shart, deganlar. 

2. Ijaraning tatbiq bo‘lish shartlari:

A) Tuzilgan ijara aqdi amalga oshishi uchun ijara tuzuvchi manfaatga molik bo‘lishi kerak. Misol uchun u o‘z mulkidagi uyni ijaraga qo‘ya oladi.

B) Ijara aqdi tuzuvchi molikning valiysi bo‘lishi kerak. Ya’ni, masalan, molik kichkina bola bo‘lsa, uning moliga bog‘liq ijarani uning valiysi qiladi.

Bundan boshqalar ijara aqdini tuza olmaydilar. Misol uchun bir odam o‘z mulki bo‘lmagan narsani ijaraga qo‘ya olmaydi. Shuningdek, o‘g‘ri o‘zi o‘g‘irlagan, zolim tortib olgan narsalarini ijaraga qo‘ysalar ham shar’an amalga oshmaydigan aqd bo‘ladi.

Ijara qilingan narsadagi shartlar:

A) Ijara qilingan narsa nizoni man qiladigan darajada ma’lum bo‘lishi shart.

B) Ijara qilingan narsa haqiqatda ham, shariatda ham foydalanish mumkin narsa bo‘lishi kerak.

D) Ijara qilingan narsa shar’an joiz bo‘lishi shart.

E) Ijaraga qilinadigan ish ijaradan oldin, ish bajaruvchiga farz yoki vojib bo‘lmasligi shart.

F) Ijaraga ish qilgan odam o‘sha ishidan o‘zi manfaat olmasligi kerak.

         Ijara haqi uchun beriladigan narsadagi shartlar:

  1. Ijara haqi uchun beriladigan narsa ma’lum, vujudi bor mol bo‘lishi shart. Noma’lum narsani ijara haqi qilib bo‘lmaydi.
  2. Ijara haqi, ijaraga qo‘yilgan narsaning jinsidan bo‘lmasligi shart. Misol uchun birovning uyida ijara turgani haqiga o‘zining uyini yashashga berib turushi mumkin emas. Bu holda riboga o‘tib qoladi.

Bugungi rivojlanib borayotgan zamonda, svilizatsiyaning o‘ta muhim omillaridan biri bo‘lgan ijara va uning ilmini bilishga musulmon inson har vaqtdagidan ko‘ra ham  muhtojdir. Zero, mo‘min kishiga o‘z hayotida zarur bo‘lgan narsalarning ilmini o‘rganish va shu ilm asosida uni hayotga tatbiq etish farzi ayndir. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bir kuni sahobiylardan so‘radilar: ”Muflis kim?”. Sahobalar javob qildilar: “Muflis-yonida hech narsasi bo‘lmagan, qolganlardan qarzdor hamda ana o‘sha qarzini ham to‘la olmayotgan odam”,– deb javob berdilar. Ul zot: “Yo‘q”,dedilar. “Unda kim?”-so‘rashdi  atrofdagilar. Shunda u zot: “Muflis- qiyomat bo‘lganda insonlar tog‘dek-tog‘dek savoblarni ko‘tarib keladilar, shunda u kishida haqqi borlar chaqiriladi. Ularning har biriga dunyodagi haqlari bu kishining savoblaridan olib beriladi. Savoblar tugab nihoyasiga yetadi, lekin haqdorlar tugamaydi. Endi haqdorlarning gunohidan qarzdorning ustiga yuklanadi. Bunday kishilar tog‘dek savoblarini olib kelib, tog‘dek gunohlar bilan qaytadilar. Muflis shunday odam”,-dedilar. Qiyomat maydonida muflis bo‘lib qolmasligimiz uchun dunyo hayotidagi muomilotlarni, avvvalo, uning ilmini bilishimiz va shu orqali uni sof qilishimiz zarur. 

 

Tayyorladi: Ta’lim muassasasi talabasi: M.Fazlitdinova

Mas’ul: Ta’lim muassasinining tafsir fani o’qituvchisi: I. Nurmuxamedova

 

 

 

 

 


 

[1] Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’oni karim ma’nolari va tafsiri. T.: “Sano-standart” nashriyoti 2021.388b

 

[2] Imom al-Buxoriy. Sahih ul-Buxoriy-3.“Hilol nashr” nashriyoti 2013.217b

 

Другие новости

Alloh taoloning zotiy sifatlari
03.12.2025 2
Alloh taoloning zotiy sifatlariInsonga bilmagan narsasini o‘rgatib, musaffo aqidaga yo‘llagan Alloh taologa hamdlar bo‘lsin. Bu musaffo aqidani bizga mukammal yetkazgan payg‘ambarimizga va u zotning ahli oilalariga va sahobalariga salavot va...
Подробнее
Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Oyna” jurnalidan Axloqiy-ta’limiy maqolalarning bibliografik tavsifi (2-qism)
02.12.2025 3
Afsus, aziz umrimiz, bekora o‘tub, taraqqiyada sotolmaymiz! Har qaysimiz o‘z manfaati shahsimizni ko‘rsatub, millatg‘a yetmag‘onimizdanmi yoki ziyofat va to‘yda behuda va bid’at nimarsalarga oqchalarimizni isrof qilganimizdanmi? Taraqqiyparvarlarimiz juda ko‘p, ammo...
Подробнее
Islom dinida yetimlarga bo‘lgan munosabat
30.11.2025 2
Islom dinida yetimlarga bo‘lgan munosabatDinimiz kishilarni yuksak axloq, chinakam insoniy fazilatlarga targ‘ib qilish barobarida kichiklarga rahm-shafqatli, marhamatli bo‘lishga, hattoki yosh bolalarning haq-huquqlarini ham himoya etishga chaqiradi. Rasululloh sallallohu alayhi vassalam...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry