15.12.2025
1

Ayollarga xos boʻlgan masalalarga doir zamonaviy hukmiy masalalar

Ayollarga xos boʻlgan masalalarga doir zamonaviy hukmiy masalalar

Shuning uchun ham Islomda tashqi ko‘rinishga ahamiyat berishga  ruxsat etilgan. Bunda ziynatlanishni harom qiladigan holatlar quyidagilardir:

a)  kofir yoki axloqsiz odamlarga o‘xshash uchun qilinsa;

b) Alloh yaratgan tashqi ko‘rinishning o‘zgarib ketishiga sabab bo‘lsa.

Endi go‘zallik salonlarida aksariyat qo‘llaniladigan muolajalar hamda ularning me’yorlari bilan tanishib chiqsak:

Boshqa jins vakillarining sochini olish yoki turmaklash -  man qilingan.

Soch bo‘yash. Tim qora, shuningdek, ayol kishini axloqsiz yoki buzuq ko‘rinishga olib keluvchi ranglarga bo‘yalmasa  ruxsat.

Sochni butunlay qora rangga bo‘yashning man qilinganligi quyidagi hadisda keltirilgan: Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim qaysi qavmga o‘xshasa (ya’ni o‘zini o‘xshatsa), u o‘shalardandir” (Abu Dovud, 4031-hadis. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilingan).

Qosh terish va shaklini o‘zgartirish – taqiqlangan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qosh teruvchi va qosh terdiruvchi ayollarni ochiq-oydin la’natlaganlar.

Ibn Ma’sud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Mijozning avrat bo‘lmagan joylaridan tuklarni ketkazish gunoh emas. Masalan: yuzdan (qoshlardan tashqari), qo‘ldan, oyoqdan va hokazo. 

Sochni kesish hamda turmaklash - ayollarga ruxsat berilgan. Ammo sharti -  turmak uslubi erkaklarnikiga o‘xshamasligi kerak. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qarama-qarshi jins vakillariga taqlidni man qilganlar. Ibn Abbos roziyallohu anhu: “Jahannam ahlidan bo‘lmish, men ularni ko‘rmagan ikki toifa kishilar bor. Ularning birinchisi, sigirlarning dumiga o‘xshaydigan qamchilarni ko‘tarib yuruvchilar bo‘lib, ular bilan odamlarni uradilar Sochlarni boshning tepa qismiga yig‘ib olish haromdir. Chunki bunday turmakda bosh aslidan ko‘ra kattaroq, tuyaning o‘rkachini eslatadi[1].

Boshqalari esa kiyingan bo‘lsalar ham, lekin yalang‘och ayollardir. Ular (o‘zlarining bunday ko‘rinishlari bilan) boshqalarni Allohning amrlariga itoatsizlikka undaydilar va o‘zlari ham (behayoliklari bilan) Unga itoatsiz bo‘ladilar. Ularning boshi tuyaning o‘rkachiga o‘xshaydi. Ular jannatga kirmaydilar va uning hidini ham hidlamaydilar, vaholanki, uning hidi juda ham uzoq masofadan seziladi” (Muslim “Sahih”da Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan. 2128-hadis).

Hadisning sharhi. “Kiyingan bo‘lsalar-da, yalang‘och” iborasida shariat talablariga javob bermaydigan tarzda kiyingan ayollar nazarda tutilgan. Ular o‘ta yupqa matodan tikilgan yoki badanga juda yopishib turgani sababli tananing shaklini yaqqol ko‘rsatib turuvchi kiyimlarni kiyishadi.

Shuningdek, harir bo‘lmasa-da, badanni to‘liq bekitmaydigan (masalan, yirtiqlar, V shaklidagi qirqimlar, kalta yoki bilakni yopmaydigan yenglar va hokazo) kiyimlar ham shular jumlasidandir.

Makiyaj. Agar surtilayotgan moddalarda harom hisoblangan birikmalar bo‘lmasa – ruxsat (Kosmetologik vositalarda sintetik spirt ishlatilgani sababli ulardan foydalanishga ruxsat beriladi).

Pedikyur va manikyur. Agar oyoqlarga va qo‘llarga harom moddalar surtilmaydigan bo‘lsa, bunga ruxsat etiladi. Shuni aytib o‘tish kerakki, tahoratning haqiqiy bo‘lishining shartlaridan biri tirnoqning ustiga suv tegishi hisoblanadi. Uning ustiga bo‘yoq (lak) surtilgan bo‘lsa, suv unga yetib bormaydi. 

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan qilingan rivoyatda keltirilishicha, soch ulovchi ayol va soch ulatuvchi ayol, igna bilan badaniga surat chizuvchi ayol va chizdiruvchi, og‘riqsiz badaniga surat chizuvchi la’natlangan. (Abu Dovud rivoyati). Va yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zini ayollarga o‘xshatuvchi erkakka hamda o‘zini erkakka o‘xshatuvchi ayolga bunday qilishni man etganlar.

Tayyorladi: Muhiddinova Sarvinozxon

Mas’ul ustoz: Xodjayeva Munisa

 


 

[1] https://oliymahad.uz/43629#_ftnref2 

Другие новости

Xalq orasidagi bid’atlar
14.12.2025 1
Xalq orasidagi bid’atlarInsonga uning bilmagan narsasini oʻrgatib, musaffo aqidaga yoʻllagan Alloh taologa hamdu sanolar boʻlsin. Bu musaffo aqidani bizlarga mukammal holda yetkazgan paygʻambarimiz Muhammad Mustafoga hamda u zotning ahli oilalariga...
Подробнее
Islom shariatida taloq tushunchasi va uning fiqhiy ahkomlari
12.12.2025 1
Islom shariatida taloq tushunchasi va uning fiqhiy ahkomlari Muqaddas Islom dini inson hayotining barcha jabhalarini, jumladan, oilaviy munosabatlarni tartibga soluvchi mukammal ilohiy nizomdir. Dinimizda oila qurishga targ‘ib qilinishi bilan bir...
Подробнее
Homilador bo‘lish va homiladorlikdan saqlanishning shar‘iy yechimi
11.12.2025 1
Homilador bo‘lish va homiladorlikdan saqlanishning shar‘iy yechimiInson hayotida nikoh, oila va farzand Alloh taoloning buyuk ne’matlaridandir. Qur’oni karimda Alloh taolo shunday marhamat qiladi: “U sizlar uchun o‘zingizdan juftlar yaratdi, toki...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry