08.11.2022
578

Makka fathidan so‘ng hijrat yo‘q

Makka fathidan so‘ng hijrat yo‘q

        Rasululloh sollallohu alayhi va sallam mushriklarning ta’ziyqi kuchayib ketishi oqibatida musulmonlar bilan birga aziz vatanlari bo‘lmish Makka shahridan Yasrib shahriga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘ldilar.  Rasululloh sollallohu alayhi va musulmonlarga ko‘chish farz qilingan edi. Ana shu ko‘chib o‘tishlari arab tilida “hijrat” – “ko‘chish” deb ataladi. Ushbu hijratdan “hijriy yil” hisobi boshlangan. Makkadan Madinaga ko‘chib borganlar “muhojir” – “ko‘chib boruvchi” yoki “ko‘chib o‘tuvchi”lar deb atalgan.

      Hozirgi kunga kelib ba’zi toifalar: “Hijrat hozir ham farz. Hijrat qilish vojib. Agar kimki hijrat qilmasa, qattiq gunohkor bo‘ladi, hatto hijrat qilmaganlar kofirdir”, deganga o‘xshash fikrlarni  aytishib, diniy arkonlardan, shar’iy hukmlardan yaxshi xabardor bo‘lmaganlarni chalg‘itib, adashtirishga harakat qilmoqdalar. 

     Bizga ma’lumki, Payg‘ambarimiz (s.a.v) davrlarida dinga, musulmonlarga qattiq ta’ziyq o‘tkazilgan. Mushriklarning musulmonlarga bergan aziyatlari shu darajaga yetganki, natijada Alloh taolo Payg‘ambarimiz (s.a.v) boshchiliklaridagi musulmonlarga hijrat qilishni farz qildi. Musulmonlarbirin-ketin, sekin-astalik bilan Madina shahriga ko‘chib bordilar. Hatto Makkada yashamayotgan boshqa qabilalardagi musulmonlar ham Madinaga ko‘chib kelishga majbur edilar. Chunki, Islom payg‘ambarini qo‘llab-quvvatlash va shariatning diniy poydevorini birgalikda tiklash zarurati bor edi. Madinaliklar orasida ko‘pgina odamlar  musulmon bo‘lib bo‘lgan edilar, ular Allohning  elchisini intizorlik kutishayotgan edilar. Bu yerda hijratning aynan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning atroflaridagi musulmonlarga farz qilinganining sababi, Allohning elchisini qo‘llab-quvvatlash, ma’naviy himoya qilib turish va ruhiy madad bo‘lib turish edi. Shuning uchun, o‘sha davrdagi makkalik musulmonlarning hammasi hijrat qildilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam musulmonlarni ko‘chirib so‘ng o‘zlari ko‘chib ketdilar. Qariyb o‘n yil davomida musulmonlar kuch-qudratga ega bo‘ldilar, mustahkam va mustaqil davlat barpo qildilar,  islomiy-siyosiy tizim yarata oldilar. Islom dini Madina davrida gullab-yashnadi. Musulmonlarning soni kengaydi. Alloh taola Islom dinga o‘ziga munosib bo‘lgan maqomni olib berdi. Shundan keyingina o‘zlaring ona vatanlari Makka shahrini fath qildilar. Makka fath qilingandan so‘ng hijrat hukmi bekor qilindi! “Endi, hijrat yo‘q!”, deyildi. Biroq, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinadan endi Makkaga qaytib kelishni xohlamadilar. Hijratdan asosiy ko‘zlangan maqsad ma’naviy himoya va ruhiy madad bo‘lgani bois u zoti sharifning atroflaridagi birorta musulmon Makkaga qaytib kelmadi.

    Hijratni hozir ham farz deydiganlarga muhaddislar sultoni Imomal-Buxoriy rahimahulloh o‘zlarining sahih hadislar to‘plami “Sahihi Buxoriy” – “al-Jome’ as-sahih” asarlarida o‘ndan ortiq joyida: لا هجرة بعد فتح مكّة – “Makka fathidan keyin hijrat yo‘q!”, degan mazmundagi hadisi sharifni raddiya siftida keltirishimiz mumkin. Hozirda hijrat farz, deb odamlarni to‘g‘ri yo‘ldan adashtirayotganlar o‘zlari ayrim ixtilofli masalalarni qo‘zg‘ash maqsadida doim Imom al-Buxoriy rahimahulloh nomidan foydalanadilar, u zotning asarlaridan iqtibos keltirishni yaxshi ko‘radilar. Lekin U zotning asarida o‘ndan ortiq joyida keltirilgan: لا هجرة بعد فتح مكّة – “Makka fathidan keyin hijrat yo‘q!”, degan mazmundagi hadis haqida og‘iz ochmaydilar. Chunki, aynan shu   hadis   hijrat hukmini bekor qiluvchidir. Uning iboralari va mazmuni juda aniq, hech qanday ikkilanishlarga o‘rin yo‘q!

"Xadichai Kubro"  ayol-qizlar o'rta maxsus  islom ta’lim 

muassasasi mudarrisasi F. Abzalova

 

Другие новости

Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Oyna” jurnalidan Axloqiy-ta’limiy maqolalarning bibliografik tavsifi
16.12.2025 4
Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Oyna” jurnalidan Axloqiy-ta’limiy maqolalarning bibliografik tavsifi“Oyna” jurnali o‘z davrining mashhur jurnallaridan edi. Jurnalda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-madaniy, tarixiy-adabiy, diniy va ilmiy mavzular bisyor edi. Jurnalni tadqiq etish jarayonida biz bu...
Подробнее
Ayollarga xos boʻlgan masalalarga doir zamonaviy hukmiy masalalar
15.12.2025 5
Ayollarga xos boʻlgan masalalarga doir zamonaviy hukmiy masalalarShuning uchun ham Islomda tashqi ko‘rinishga ahamiyat berishga ruxsat etilgan. Bunda ziynatlanishni harom qiladigan holatlar quyidagilardir:a) kofir yoki axloqsiz odamlarga o‘xshash uchun qilinsa;b)...
Подробнее
Xalq orasidagi bid’atlar
14.12.2025 5
Xalq orasidagi bid’atlarInsonga uning bilmagan narsasini oʻrgatib, musaffo aqidaga yoʻllagan Alloh taologa hamdu sanolar boʻlsin. Bu musaffo aqidani bizlarga mukammal holda yetkazgan paygʻambarimiz Muhammad Mustafoga hamda u zotning ahli oilalariga...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry