14.11.2022
251

SAOLIBIYNI  IJODIGA BIR NAZAR.....


Annotatsiya. Mazkur maqolada 961-1038-yillar oralig`ida yashab o`tgan adabiyotshunos, tarixchi olim Abu Mansur Saolibiyning hayoti va ijodi va uning  “Kanzul kuttab” tazkirasi, uning yozilish sabablari va unda zikr qilingan ba’zi shoirlarning nazmiy asarlari, va asarning umumiy tarkibiy tuzilishiga doir ma’lumotlar keltirilgan. 
Kalit so`zlar: “Kanzul kuttab”, “Dabirlar”, “Sultaniyat”,  “Ixvaniyat”, “Xitobalar”. 
        Annotation. The article contains information about the commentary “Kanzul kuttab” by Abu Mansur Saolibi, a literary scholar and historian who lived 961- 1038, the reasons for its writing and the factors that led to it as well as the general structure of the work. 
       Key words: “Kanzul kuttab”, “Dabirlar”, “Sultaniyat”, “Ixvaniyat”, “Xitobalar”
Ma’lumki, Sharq xalqlari adabiyotida  ko’plab olimlar, shoirlar va mutafakkirlar yetishib chiqqan bo’lib,  X-XI asrlarlarda Nishopurda yashab ijod qilgan, adabiyotshunos, tilshunos, tarixchi olim Abu Mansur Saolibiy ham ana shunday  shaxslar sirasiga kiradi.
  Abu Mansur Abdulmalik ibn Muhammad ibn Ismoil Saolibiy  961-yili Nishopurda tug’ilgan . Olim fanning turli soxalari, xususan tarix,adabiyot,mantiq, arab tili kabi fan sohalarda samarali ijod qilgan. Olim asosan tulki terisidan po’stin tikib,sotish bilan shug’ullangani uchun “asSaolibiy” degan mashhur laqabni olgan. Saolibiy ko’plab mamlakatlarni kezib sayohat qiladi va 993 yilda Buxoroga kelib bir muddat shu yerda yashaydi va u yerdan Xorazmga o’tadi. Saolibiyning safari Xorazmshoh Ma’mun (997-1017) davriga to’g’ri kelgan.
Abu Mansur Abdumalik ibn Muhammad ibn Ismoil as-Saolibiy 350 (961)- 429 (1038)-yilllarda yashab ijod etgan va ko’plab  o'lkalarni kezib 50 dan ortiq ilmiy asarlar yozgan  olim. [ Abdullayev I., Abu Mansur asSaolibiy, T., 1972.]
Shulardan eng mashhuri “Tatimat al-yatima” asaridir. Bundan tashqari shoirning xuddi Firdavsiyning “Shohnoma”si singari “G’urar axbor muluk al-furs va siyaruhum” nomli arab tilidagi asari ham mavjuddir. Ushbu tarixiy asarni Saolibiy Xuroson hokimi,harbiy qo’mondon Abu Muzaffar ibn Nosiruddinga bag’ishlagan. Asar aynan o’sha hokimning buyrug’i bilan yozilgan va asar yozilgan vaqtda muallif uning homiyligida yashagan. 
Biz uchun asarlarining ichida eng ahamiyatlisi turli shoir va yozuvchilarning tarjimayi holi, yozgan asarlari, ijodlaridagi yetakchi xususiyatlari haqida ma’lumot beruvchi  “Kanzul kuttab”  (“Kotiblar xazinasi”) tazkirasidir. 
     “Kanzul kuttab” tazkirasi o’rta asrlarda davlat boshqaruvida muhim mavqega ega bo'lgan  devonxona kotiblari uchun maxsus qo'llanma sifatida yozilgan. Ma’'lumki, bu davrda “devonxona kotiblari”, yoxud “dabirlar” davlat boshqaruvida hukmdor bilan deyarli bir safda turib, mamlakat hayotining har bir jabhasida faol ishtirok etganlar. O'z navbatida kotiblardan yuksak kasbiy mahorat va iste'dod talab etilgan. Kotiblar ma'lum xabarni qisqa, aniq va tushunarli yetkazish maqsadida  turli mazmundagi rasmiy hujjatlar, ya'ni rasail (tarassullar)ni tayyorlashgan. Keyinchalik bunday yozishmalar mazmunan va shaklan rivojlanib, yuksak badiiylik bilan bezatilib, hatto adabiy san'at namunasi sifatida e'tirof etila boshlandi. 
Ma’lumki yozishmalar mazmuniga ko’ra ikkiga bo’linadi: 
Sultaniyaat (rasmiy) yozishmalar;
Ixvaniyat (xususiy) yozishmalar. 
Kotiblar yozishmalarning har ikki turida ham badiiylikka urg'u berganlar, maktublarda she'riy san'atlardan unumli foydalanganlar. “Kanzul kuttab” asari ham ana shu soha egalarining ma'suliyatli faoliyatlarini yoritish , turli mavzularni qamrab olgan nazmiy va nasriy asarlardan ijodiy na'munalarni keltirish orqali kotiblarning malakalarini oshirish uchun ularga bir qo'llanma o'laroq yozilgan asardir. [Sulaymonova H.,Monografiya.T. 2021.-56-bet.]                              
“Kanzul kuttab” tazkirasining tuzilishini tahlil qilishda muallif rasail janrining nazariy va uslubiy jihatlariga to'xtalmagani, balki, kotiblarga tayyor badiiy ma'lumotlar xazinasini taqdim qilganini ko’rish mumkin.
  Adib kitobning “Iltimos qilish, shafoat, yordam so’rash” bobida Abul Fathdan quyidagi baytlarini zikr qiladi:
Boshliqlikka yetishda insonlarning vositalari turlidir
Mening esa odob va umiddan iborat vasilam bordir
Solihligin birla mening umidlarim etaklarin tort
Men umrim mobaynida senga rahmat aytayin.
Bu yerda insonning o’z odobi va go’zal xulqi ila hatto hokimiyatni egallashi va insonlarga boshliq bo’lish maqomiga ham erishishi mumkinligi e’tirof qilingan.  Sharq adiblari an'analariga muvofiq  “Kanzul kuttab” asari muqaddimasi Yaratganga hamd-u sano aytish, Nabiy alayhis salomning o'zlariga va ularning ahli oilalariga va sahobayi kiromlarga salovat aytish bilan boshlangan. Abu Mansur Saolibiy o'z davrining an'analariga muvofiq asarning muqaddimasiga o'ziga xos ijodkorlik bilan yondoshgan. Asar muqaddimasining hamd va na’t bo'limlarining aksar qismlarida qofiyali nasr usullaridan foydalangan.  Muqaddima qismidan so'ng asarning ta’lif qilish sababi bayon etilgan. Adabiyotda va xat yozishda eng asosiy vosita  so'z hisoblanganligi bois, Saolibiy, eng avvalo, asarning dastlabki bobini so'z qo'llash san'ati-nazmdagi balog'at  va fasohatga bag'ishlaydi  va bu haqida mashhur shoirlarning she'rlaridan parchalar keltiradi:
“Men bu kitobga xitobalar va maktublarga (badiiy) zeb berishda foydalanish uchun islomdan oldingi (johiliyya) davri, islomgacha bo'lgan davrning oxiri va islomning boshlarida yashagan, islom davrining yetakchi shoirlari, yangilanish davri, an'anaga qaytish davri hamda zamondosh shoirlarning eng fasohatli, go'zal she'rlarini, hikmatli so'zlar va maqollarni, latif iboralardan iborat durdonalarni tizib chiqdim. Ular (kotiblarga) ixvaniyat-birodarlik yozishmalari va sultoniyat-hukmdorlarga murojaat xatlari yozishda ko'mak beradi, yana ulardan yozishmalarning barcha turlarida foydalanish mumkin”. [Sulaymonova H.,Monografiya.T. 2021.-56-bet.]
Hukumat devonida xizmat qiluvchi kotib va dabirlarning ko'pchiligi yuksak badiiy iste'dod sohibi bo'lganligi bois, bu janr adabiyot rivojiga sezilarli hissa qo'shdi. Odatda, kotiblar uchun tuzilgan qo'llanmalarda, turli mavzularni qamrab olgan nazmiy va nasriy asarlardan parchalar kiritilgan. Aksar o'rinlarda Qur'oni karimdan olingan iqtiboslar, hadisi shariflardan hikmatli so'zlar, sahobalar, tobeinlarning purmano so'zlarini namuna qilib keltirishga keng o'rin berilgan. Badiiy adabiyot san'ati rivojiga hissa qo'shgan aksar maktubotlarda mualliflar sun'iy oluvchi (adresat)ga xat yozib, unga turli adabiy-axloqiy, ma'naviy-ma'rifiy va falsafiy mavzulardagi fikrlarini bayon etgan. Bunday maktublar sof adabiy, ilmiy masalalarni qamrab olgani uchun ularda, adresat, sana, imzo odatda shartli ravishda qayd etilgan.
Asar muqaddimasida Saolibiy kitobda 20 dan ortiq shoirning  ijodidan namunalar berib, ularning davriy nuqtai nazaridan quyidagi guruhlarga bo’lgan: 
1. Johiliya davri shoirlari  (30 ta shoir)
2. Islomgacha bo'lgan davrning oxiri va islomning boshlarida yashagan shoirlar (10 ta shoir)
3. Islom davrining yetakchi shoirlari  (25ta shoir)
4. Yangilanish davri shoirlari (84 ta)
5. Vazirlar va kotiblar (22ta)
6. An'anaga qaytish davri shoirlari (26ta)
7. Zamondosh shoirlar (62 ta)
Shuningdek, Saolibiy ushbu asarini keltirilgan nazmiy  va nasriy iqtiboslar mazmuniga qarab 15 bobga bo'lgan:
1. Xat yozish, yozish san'ati va nazmdagi balog'at haqida;
2. Tabriklash, hadyalar berish,ular bilan bog'liq marosimlar haqida;
3. Ta'ziya,marsiya va ularga tegishli narsalar haqida;
4. Oliyjanob xulq,madh etish va shularga o'xshashlar haqida;
5. Iltimos qilish, shafoat va yordam so'rash haqida;
6. Shukr aytish, olqish, maqtov-minnatdorchilik va shularga yaqin narsalar haqida;
7. Ko'ngilga yaqin olish, ta'na qilish va uzr so'rash haqida;
8. Hajv qilish, gina qilish hamda yomon jihatlarni eslash haqida;
9. Zamondan va o'z ahvolidan shikoyat qilish haqida;
10. Maqollar, hikmatli so'zlar va aql-odob haqida;
11. Ixvaniyat  (birodarlik yozishmalari) va sog'inish haqida;
12. Sultoniyat (rasmiy yozishmalar) va unga yaqin narsalar haqida;
13. Hibsga tushish, baxtsizlikka yo'liqish va ulardan xalos bo'lish haqida;
14. Ziyorat qilish  va unga bog'liq narsalar haqida;
15. Duolar va unga yaqin narsalar haqida. . [Sulaymonova H.,Monografiya.T. 2021.-56-bet.]
Saolibiy asarni boblarga bo'lish jarayonida nihoyatda dolzarb va muhim bo'lgan mavzularni tanlagan. Mazkur mavzular nafaqat asar yozilgan davr, balki bugungi kun uchun ham o'z ahamiyatini yoqotmagan. Jumladan, bu tazkira orqali X-XI asrlarda yashab ijod qilgan shoirlar, adiblarning ijodiy faoliyatini o’rganish bilan birgalikda, ularning asarlaridan keltirilgan na’munalar orqali adabiyotda qo’llanilgan turli she’riyat usullari va o’sha davrga xos bo’lgan adabiy ruhiyatdan voqif bo’lishimiz mumkin. 
             Foydalanilgan adabiyotlar:
Abdullayev I., Abu Mansur asSaolibiy, T., 1972.
Sulaymonova H.,Monografiya.T. 2021.
                      Internet ma’lumotlari:
1.https://islom.ziyo.uz.com
2.https://www.test-uz.ru
3.www.ziyouz/uz
4.https://uz.m/wwikipedia/org
5. https://kh-davron.uz

“Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi o‘qituvchisi M.Mahamatxonova 

Другие новости

Bandalar jannatga Allohning fazli bilan kirishlari haqida
21.12.2024 1
Ma’lumki, Alloh taolo iymon keltirgan va solih amal qilib oʻtgan bandalari uchun goʻzal jannatlarni yaratib qoʻygan. Bu jannatlarning vasfi Qur’onda juda koʻp oyatlarda zikr qilinadi.Xususan, Niso surasi 57-oyatda:“Iymon keltirgan va...
Подробнее
Аҳмад Ол Қосимий: “Юртингизда бўлиб ўтган конференцияни эзгулик анжумани, деб аташ мумкин”
17.10.2024 54
Аҳмад Ол Қосимий: “Юртингизда бўлиб ўтган конференцияни эзгулик анжумани, деб аташ мумкин”ЖамиятТанлашРўйхатдан ўтингЧоп этиш11:56 / 17.10.2024Давлатимиз раҳбари ташаббуси билан Тошкент ва Хива шаҳарларида ўтказилган “Ислом – тинчлик ва эзгулик дини”...
Подробнее
ИСЛОМ – ТИНЧЛИК ВА ЭЗГУЛИК ДИНИ
15.10.2024 57
Тинчлик қарор топган юртда хотиржамлик ҳукм суради, жамиятда ҳар томонлама юксалиш бўй кўрсатади. Мамлакат тараққиёти, фаровонлиги, юрт аҳлининг тумуш ободлиги осойишталик туфайлидир.Шу нуқтаи назардан айтиш жоизки, давлатимиз раҳбарининг ташаббуси билан...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry