17.11.2022
468

AVVALDAN SHUNDAY EDI


Libos borasida dinimizda maʼlum belgilangan meʼyorlar mavjud. Milliyligimizda ham shunday. Demak, maʼlum boʻladiki, oʻzbekona qadriyatlarimiz musulmonchilikdaGI qonun-qoidalar bilan chambarchas bogʻliq.
Yoshligimizda katta yoshli onaxonlarni hamisha keng kiyimlarda yurishardi. Boshda oq roʻmollari bilan juda nuroniy koʻrinishardi. Yana bir holatni koʻp eslayman, momolarimiz oʻsha keng, umuman vujudni bildirmaydigan libosda, boshdan-oyoq toʻsilganlari holda erkaklar, hatto yosh yigitlar boʻlsa ham, oldidan oʻtayotib, roʻmollarining bir uchini tishlab, yerga qarab olishardi. Hozir shularni oʻylarkanman, ular uchun eng afzali taqvo libosi boʻlgan, bu ilohiy amrning mohiyatini anglab yetishgan ekan, degan fikrim qatʼiylashadi.
Dinimiz ayolni erkakka, erkakni ayolga oʻxshab kiyinishdan qaytaradi. “Suyunchi” filmida “tartib oʻrnatar” qariyalar Anzirat xola boshchiligida shahardan koʻchib kelgan qoʻshnining uyiga borishadi. Eshigiga qulf osilganidan ranjib turishganida, bir sheriklari uy egasining qizlari shim kiyib yurishini ogʻrinib aytadi. Yonidagilarning ham yuz ifodasidan bu ishni aybdek qabul qilishgani koʻrinadi. Demak, aslida qizlarning shim kiyishi milliyligimizga ham begona odat. Lekin taassufki, koʻpchilik ergashaversa, taqiqdagi ishlar ham odatiy holga aylanib, koʻzlar oʻrganib boraverarkan...
Tor, yupqa, vujudni bildirib turadigan kiyimlar borasida ham shu gap – Islom shariati qatʼiy qaytarganidek, oʻzbekchilikdayam bu holatga yaxshi nazar bilan qaralmaydi. Yurt hali mustamlaka boʻlmagan davrlar haqidagi asarlarga murojaat qilsak, soʻzimizga misolni istagancha topamiz. Sevimli adibimiz Abdulla Qodiriyning “Oʻtkan kunlar”idagi ayollar liboslari tasvirlangan jumlalarni oʻqisak, kifoya.
Taassuflar boʻlsinki, yillarcha davom etgan mustamlaka davomida xalqimiz muqaddas eʼtiqodi, ishonchidan batamom uzoqlashtirilgani yetmaganday, milliy qadriyatlarimizga ham darz yetkazildi. Asta-sekin boshqa millatning madaniyati singdirildi. Sochini mayda oʻrdirib, doʻppi kiyib, tizzadan bir qarich baland qilib tikilgan beqasam, atlas koʻylaklarda yurish oʻzbekonalik timsoli sifatida koʻrsatildi. Dinimiz belgilagan satri avratga mutlaq rioya qilgan momolarning nabiralari tor, kalta, ochiq-sochiq liboslarni kiyishdan tortinmaslikkacha borishdi. Shu tarzda eʼtiqodimizga ham, milliyligimizga ham umuman mos kelmaydigan ajabtovur kiyimlar maydonga keldi...
Shukr-ki, yurt ozod boʻldi. Birovlarning tazyiqidan, belgilagan qoidalariga koʻra yashashdan qutuldi oʻzbek xalqi. Ibodatlarga keng yoʻl ochildi, asrlik anʼanalarimiz yana oʻzimizga qaytdi. Koʻchalarda hanuz qadriyatlariga sodiq momolarning koʻzini quvnatib oq roʻmolli qizlar koʻzga tashlana boshladi. Lekin shiddat bilan rivojlanayotgan davr bunga ham taʼsir qilmay qolmadi. Koʻpchilik taqlidga oʻtib ketdi. Kimdir arabga, kimdir turklarga deganday... modaga ergashib ketildiki, na diniy, na milliy meʼyorlarga toʻgʻri keladigan liboslar namoyishi boʻlayotganday...
Toʻgʻri, har kimning didi boshqa, istagi, orzusi har xil. Hatto hadislarda kishining boyligi egnida aks etishi kerakligi aytilgan, libosi bilan birovdan ajrab turishni xohlash ham, shuhratparastlikka aylanib ketmasa, man etilmagan. Lekin bu xohlagancha kiyinish, birini olib, birini qoʻyib, isrof qilaverish mumkin degani emas. Har qanday holatda bitta qoida – taqvo ila ziynatlanish muhim. Dinimiz shunday deydi, milliyligimiz ham.

"Xadichai Kubro" ayol-qizlar oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi o‘qituvchisi D. Mahmudova

Другие новости

Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Oyna” jurnalidan Axloqiy-ta’limiy maqolalarning bibliografik tavsifi
16.12.2025 4
Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Oyna” jurnalidan Axloqiy-ta’limiy maqolalarning bibliografik tavsifi“Oyna” jurnali o‘z davrining mashhur jurnallaridan edi. Jurnalda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-madaniy, tarixiy-adabiy, diniy va ilmiy mavzular bisyor edi. Jurnalni tadqiq etish jarayonida biz bu...
Подробнее
Ayollarga xos boʻlgan masalalarga doir zamonaviy hukmiy masalalar
15.12.2025 5
Ayollarga xos boʻlgan masalalarga doir zamonaviy hukmiy masalalarShuning uchun ham Islomda tashqi ko‘rinishga ahamiyat berishga ruxsat etilgan. Bunda ziynatlanishni harom qiladigan holatlar quyidagilardir:a) kofir yoki axloqsiz odamlarga o‘xshash uchun qilinsa;b)...
Подробнее
Xalq orasidagi bid’atlar
14.12.2025 5
Xalq orasidagi bid’atlarInsonga uning bilmagan narsasini oʻrgatib, musaffo aqidaga yoʻllagan Alloh taologa hamdu sanolar boʻlsin. Bu musaffo aqidani bizlarga mukammal holda yetkazgan paygʻambarimiz Muhammad Mustafoga hamda u zotning ahli oilalariga...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry