21.11.2022
515

ZIKR AHLIDAN SO‘RANG


Qur’on va sunnatdan hukm chiqara olish uchun juda katta fiqhiy malaka kerak bo‘ladi. Bu ishning o‘z ahllari bor bo‘lib, har qanday inson ham ijtihod qilib hukmlarni olaverishi mumkin emas. 
Buni boshqa sohalar misolida ham ko‘rish mumkin. Har bir kasbning o‘z egalari bo‘ladi. Bu fanni o‘rganmaganlar esa uni eplay olmaydilar. Masalan kasal bo‘lib qolgan odam hech qachon doktorga bormay, o‘zim bilib, kitobdan o‘qib olib davolanaveraman demaydi. Dorilarni ham dorixonadan sotib olmay, o‘zim tayyorlab ichaman demaydi. Aksincha eng malakali shifokorni topib, tashxis qo‘ydirishga, eng yaxshi dorilarni ichib tuzalishga harakat qiladi. Ba’zilar esa birgina doktor bilan kifoyalanmay bir nechtasining fikrini ham olib eng kuchlisini tanlashga intiladi. Insonlar qaysi soha vakiliga ishlari tushadigan bo‘lsa ham hech qachon o‘zim hal qilaman, bu sohani undan yaxshi bilaman demaydilar. Lekin ajablanarli tomoni shundaki, ilmlar ichida eng muhimi va eng murakkabi bo‘lgan din ilmlari masalasida bunday demaydilar. O‘zlarini har narsani biladigandek tutadilar. Hamma narsani o‘z aqllari bilan hal qilishga urinadilar.  Ishni o‘z egalariga havola qilmaydilar. Hali yetarlicha bilim olmay, kitob o‘qimay mujtahidlikni da’vo qiladilar. Vaholanki qur’on va sunnatdan hukm olish uchun mujtahidlik darajasiga erishish lozim. Mutlaq mujtahidlik darajasiga esa sanoqli odamlar ko‘tarila olganlar. Mujtahid bo‘lish uchun quyidagi ilmlarni mukammal bilish lozim:
Qur’on ilmlari. Ya’ni qur’oni karimdagi oyatlarning qachon nozil bo‘lgani, nima sababdan nozil bo‘lgani, nosix, mansuxini va hakazo qur’onga doir barcha ilmlarni bilishi lozim.
Sunnat. Ya’ni hadis ilmlari, sanadlar, roviylar, hadis turlari, nosix va mansux hadislar, tarix va hkz larni bilishi lozim. 
Usulul fiqh ilmi
Arab tili. Arab tilini juda mukammal bilish shart
Salaflarning qovllari, ijmo va ixtiloflari ilmi
Qiyos ilmi
Ushbu ilmlarni mukammal bilmagan shaxs albatta biror mazhabga taqlid qilishi shatr bo‘ladi. 
Ulamolar taqlidning vojibligiga bir nechta dalillarni keltiradilar.
“Agar bilmasangiz zikr ahlidan so‘rang” (Nahl surasi 43-oyat)
Ulamolarning ijmolariga ko‘ra ushbu oyat hukmni va uning dalilini bilmaydigan kishilarni o‘sha narsalarni biladigan kishilarga tobe’ bo‘lishga buyurmoqda.
   Yana bir dalil
     “Mo‘minlar yoppasiga (jangga) qo‘zg‘alishlari lozim emas. Har bir jamoadan bir nafar toifa bo‘lsaydi, dinni chuqur anglab, qaytib kelgan vaqtlarida qavmlarini ogohlantirar edilar. Shoyadki, ular hazir bo‘lsalar” (Tavba surasi 122-oyat)
   Ushbu oyatda Alloh taolo mo‘minlarning barchalari jangga ketib qolishlari mumkin emasligini, ulardan bir guruhi qolib dinni chuqur o‘rganib, boshqalar qaytganlarida ularga halol va harom masalalarida fatvo berishlariga buyurmoqda.
Rasululloh (sav) ning sahobalari ilmda bir-birlaridan farq qilar edilar. Ularning barchalari fatvo beradigan darajada emas edilar. Sahobalarning  ichlarida mujtahid, fatvo beradiganlari bo‘lgan, Ular boshqa sahobalarga nisbatan ozchilikni tashkil qilishgan. Ko‘pchilik sahobalar esa ulardan din ishida masalalarni so‘raganlar, ulardan fatvo olganlar va amal qilganlar.  
Hatto sahobalar ham o‘zlaridan bilimli bo‘lgan sahobalardan hukm so‘ragan ekanlar, qolganlarning o‘zim qur’ondan, sunnatdan hukm olaman deyishlari o‘ta johillik bo‘ladi. Vaholanki sahobalar barchalari odil, taqvodor va arab millatidan bo‘lganlar. O‘z tillarida nozil bo‘lgan qur’ondan, o‘z tillarida gapirgan nabiyning hadisidan o‘zlaricha hukm chiqarib ketavermaganlar.


“Xadichai Kubro” ayol-qizlar 
o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi 
katta o‘qituvchisi Ibragimova Surayyo

Другие новости

ALLOMA ZAMAXSHARIYNING AXLOQSHUNOSLIKKA OID ASARI VA UNING QOʻLYOZMA VA TOSHBOSMA  NUSXALARI
15.10.2025 6
ALLOMA ZAMAXSHARIYNING AXLOQSHUNOSLIKKA OID ASARI VA UNING QOʻLYOZMA VA TOSHBOSMA NUSXALARI Hozirgi kunda yurtimizda yetishib chiqqan buyuk allomalar hayoti va qoldirib ketgan bebaho ilmiy va ma’naviy merosini o‘rganish, ular yaratgan...
Подробнее
Qur’onda payg‘ambarlar qissalaridan ibratlar
13.10.2025 7
Qur’onda payg‘ambarlar qissalaridan ibratlarO‘z bandalariga rahm aylab, ularga doimiy ravishda anbiyo va rasullar yuborib, to‘g‘ri yo‘lga boshlab turgan Allohga O‘ziga munosib hamdu sanolar bo‘lsin. Allohning ta’limotlarini avval o‘zlarida tatbiq qilib,...
Подробнее
ШАЙХ ХОВАНД ТОҲУРНИНГ “РИСОЛАИ ТОҲУРИЯ” АСАРИДА  АҚИДАГА ОИД МАСАЛАЛАРНИНГ ЁРИТИЛИШИ
10.09.2025 35
ШАЙХ ХОВАНД ТОҲУРНИНГ “РИСОЛАИ ТОҲУРИЯ” АСАРИДА АҚИДАГА ОИД МАСАЛАЛАРНИНГ ЁРИТИЛИШИXIV аср биринчи ярмига келиб, Чиғатой улусида мўғулларнинг ўтроқликка ўтиш жараёни тезлашди ва уларнинг ижтимоий ҳаётида жиддий ўзгаришлар содир бўлди. XIII...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry