24.11.2022
392

Tinch osuda hayotning qadriga yetaylik

16 noyabr – Xalqaro bagʻrikenglik kuni hisoblanadi.
Xalqaro YUNESKO tashkiloti dunyoda tinchlik, dinlar va konfessiyalar aro muloqotni oʻrnatish, millatlar va ellatlar oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish borasida bir qator ishlar amalga oshirib, hozirda bagʻrikenglikka oid 70 dan ziyod xalqaro hujjatlar qabul qilgan. Ularning yorqin namunasi 1995 yil 16 noyabrda Parijda YUNESKO Bosh konferensiyasining 28-sessiyasida eʼlon qilingan «Bagʻrikenglik tamoyillari deklaratsiyasi»dir. Hozirda ushbu kun butun dunyoda «Xalqaro 
bagʻrikenglik kuni» sifatida keng nishonlanadi. 
Bugungi kunda mamlakatimizda tinchlik, osoyishtalik begʻubor osmon, munavvar kunlarimizning qadr qimmati, ahamiyati har qachongidan ham ortib bormoqda. Bunday tinch osuda hayotning qadriga yetaylik. Ana shu tinchlik, osoyishlatik omili boʻlgan diniy bagʻrikenglik tamoyillarini yanada mustahkamlash va rivojlantirishga diyorimizda alohida eʼtibor qaratilib kelinmoqda. Yurtimizda xilma–xil diniy eʼtiqodga ega boʻlgan kishilarning bir zaminda buyuk gʻoya va sof niyatlar yoʻlida xamkor va hamjixat boʻlib yashashligi bagʻrikenglikning yorqin namunasidir.
Islomda bagʻrikenglik masalasi oʻzining ilk davridayoq namoyon boʻldi. Jahon dinlarining ichida faqat Islomdagina eʼtiqod erkinligi ochiq-oydin eʼlon qilingan. Bu borada Qurʼoni Karimning Baqara surasini 256-oyatida shunday marhamat qilingan:  «Dinda majburlashlik yoʻq....». 
Darhaqiqat, Konstitutsiyamizda ham biron fuqaroni biron dinga majburlab kiritish taqiqlangan, har bir inson haq-huquqi, erkinligi va kafolatlangani xususida shunday deyilgan: «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan diniga eʼtiqod qilish yoki hech qanday dinga eʼtiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yoʻl qoʻyilmaydi». Diniy bagʻrikenglik tamoyili Konsitutsiyamizning barcha moddalarida oʻz aksini topgan desak xato boʻlmaydi. 
Oʻlkamizda qadimda Islom dinini bagʻrikenglik tamoyiliga asos solgan ota-bobolarimiz faoliyatlari kabi hozirda ham masjidlar faoliyat koʻrsatayotgani kabi nasroniylar cherkovi, yahudiylar ibodatxonalari va boshqa din vakillari butxonalari ish olib bormoqda. Albatta, bu dinimizning bagʻrikengligidan dalolat qiladi. 
Alloh bizni gʻayridinlarga yaxshilik va adolat qilishdan qaytarmaganligi «Mumtahana» surasining 8-oyatida oʻz aksini topgan: «Din toʻgʻrisida sizlar bilan urushmagan va sizlarni oʻz yurtingizdan (haydab) chiqarmagan kimsalarga nisbatan yaxshilik qilishingiz va ularga adolatli boʻlishingizdan Alloh sizlarni qaytarmas...».
Umar ibn Xattob (r.a.) gʻayridinlarga xayrixohligi, mehr-muruvvati va adolatparvarligi bilan Islom dunyosidan tashqarida ham maʼlum va mashhur edi. Hazrat Umar (r.a.)ning Quddus va Ludda nasroniylari bilan imzolagan xavfsizlik shartnomasiga muvofiq shahardagi cherkovlar buzib tashlanmasligi, musulmonlar nasroniylarning ibodatxonalarini egallab olmasligi va ularda ibodat qilmasligi kafolatlangan.
Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasida 16 diniy konfessiyaga mansub 2 239 diniy tashkilot faoliyat olib bormoqda. Ulardan 2065 tasi islomiy, 157 tasi xristian, 8 tasi yahudiy, 6 tasi bahoiy jamoalari, bittadan Krishnani anglash jamiyati va Budda ibodatxonasi mavjuddir. Bulardan tashqari konfessiyalararo Bibliya jamiyati ham faoliyat yuritmoqda. Ushbu diniy tashkilotlarning emin-erkin faoliyat olib borayotgani, barcha diniy marosimlarini, bayramlarini hech qanday toʻsiqlarsiz toʻlaligicha oʻtkazayotganligi ham yurtimizda hukm surayotgan diniy bagʻrikenglikning amaliy ifodasidir.
Mamlakatimiz tarixan koʻp millatli oʻlka boʻlganligi tufayli bu zaminda turli-tuman din vakillarining emin-erkin yashashlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Yurtimizdagi boshqa tashkilotlar qatori diniy jamoalar ham jamiyat taraqqiyotida tobora faol ishtirok etib, xalqimizning maʼnaviyati va qadriyatini tiklash, oʻzligimizni anglash, eng asosiysi, mustaqilligimizning mustahkam va boqiy boʻlishiga hissalarini qoʻshmoqdalar.

2-kurs talabasi 
Ibrohimjonova Bibisora

Другие новости

Mahmudxo’ja Behbudiy asarlarida islom dini
11.04.2025 1
Mahmudxo‘ja Behbudiy hazratlari noshir mutafakkir, yozuvchi, dramaturg bo‘lish bilan birga diniy ilmlarni ham puxta egallagan olim edi. U zot hazratlari yoshlik vaqtlaridayoq Qur’oni karimni to‘liq yod olib qorilik maqomini olgan....
Подробнее
MOTURIDIYLIK TA’LIMOTIGA KO‘RA MUTASHOBIH OYATLARNING HUKMI
10.04.2025 2
Qur’on oyatlari va hadisi shariflar ma’no jihatidan ikki qismga: muhkam va mutoshobihga bo‘linadi. Bu haqida Oli Imron surasida shunday deyilgan:“U sizga kitobni tushirgan Zotdir. Unda muhkam oyatlar ham bor va...
Подробнее
“O‘tkan kunlar”ga qaytib...
10.04.2025 2
10-aprel – Abdulla Qodiriy tavallud topgan kunOtamizning Asomiddin qori degan tog‘asi bo‘lardi. U kishi shifokor edi, Qur’onni xatm qilgan. Tog‘amiz qo‘li ochiq inson bo‘lib, umrlari oxirigacha oilamizdan yordamini ayamadi. Shu...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry