28.11.2022
272

Terrorizm va ekstremizm – jamiyat barqarorligiga tahdid


Terrorizmga odamlarni qoʻrqitish, tahdid, oʻldirish, mol-mulkni tortib olish, yoʻltoʻsarlik, zoʻravonlik qilish, yakka yoki jamoaviy tarzda jinoiy rejani amalga oshirish kiradi. Ushbu harakatlarni sodir etuvchi shaxslarning maqsadi kishilarni qoʻrquv, tahlikaga solish, boshqalarning hayoti, erkinliklari va mol-mulkini xavf-xatarga qoʻyishdir.
Hozirgi vaqtda kuchga asoslangan ekstremizm va terrorizm barqaror rivojlanish va dunyodagi millatlararo totuvlikka tahdid solmoqda. Bu esa ularni bartaraf etish yoʻllarini izlash uchun birgalikda harakat qilishni talab etadi.
Ushbu maqsadlarda soʻnggi yillarda qator loyihalar amalga oshirilmoqda.
Jahonda shiddat bilan oʻzgarayotgan notinch va murakkab vaziyat, turli mojarolar jonajon Vatanimiz xavfsizligini, el-yurtimizning osoyishta hayotini taʼminlash hamda mavjud tahdid va xatarlarga munosib javob berishga doim tayyor turishimizni taqozo etmoqda.
Oʻzbekiston ekstremizm va radikalizmga qarshi kurashni global xavfsizlikni taʼminlashning muhim sharti deb hisoblaydi, ushbu jarayonning doimiy ishtirokchisi va tashabbuskoridir. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 10-noyabr kuni Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining video anjuman shaklida oʻtgan navbatdagi majlisida soʻzlagan nutqida terrorizm va ekstremizm bilan bogʻliq jinoyatlarga qarshi kurashish boʻyicha mintaqada oʻzaro hamkorlikning ahamiyatini yanada oshirish zarurligiga eʼtibor qaratdi.
Bugungi rivojlanishning yangi davrida mamlakatimizda inson shaʼni va qadr-qimmati eng oliy neʼmat sifatida eʼtirof etilib, fuqarolarning Konstitutsiyada belgilab qoʻyilgan huquq va erkinliklarining taʼminlanishiga davlatning oldidagi asosiy vazifa sifatida qaralmoqda.
Oʻzbekistonda davlat xavfsizligi bilan bogʻliq, xususan, terrorizm va ekstremizm koʻrinishidagi jinoyatlarga qarshi kurashishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar mustaqillikning ilk davrlaridan shakllantirilgan.
Bugungi kunga qadar ushbu yoʻnalishdagi faoliyat tegishli qonun va boshqa meʼyoriy hujjatlar bilan takomillashtirilib, tartibga solib kelinmoqda.
Hozirgi globallashuv jarayonida davlatlararo xavfsizlikni taʼminlash masalasi tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Chunki davlatlar yillar davomida ichki hududida oʻz xavfsizligini taʼminlash borasida qator chora-tadbirlar, profilaktik ishlarni amalga oshirayotgan boʻlsada, bugungi kunda yadroviy tahdidlar qatorida, yangi xavf-xatarlar, xususan, terrorizm, narkobiznes, kiberjinoyatchilik kabi illatlar yuzaga chiqmoqda. Dunyo maydonida yuz berayotgan terrorizm xavfidan biron-bir davlatning yolgʻiz himoyalana olmasligini davrning oʻzi koʻrsatib bermoqda.
Chunki hududiy xavfsizlikka oid masalalar ichki va tashqi ahamiyatga ega.
Hozirda mustaqil Oʻzbekistonning tashqi siyosati dunyo hamjamiyatining boshqa davlatlari bilan hamkorlikni rivojlantirish hamda xalqaro tashkilotlar bilan doʻstona va oʻzaro manfaatli munosabatlarni oʻrnatish yoʻnalishlarida olib borilmoqda.
Davlatimiz rahbari BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida «Biz muqaddas dinimizni azaliy qadriyatlarimiz mujassamining ifodasi sifatida behad qadrlaymiz. Biz muqaddas dinimizni zoʻravonlik va qon toʻkish bilan bir qatorga qoʻyadiganlarni qatʼiy qoralaymiz va ular bilan hech qachon murosa qila olmaymiz.
Islom dini bizni ezgulik va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga daʼvat etadi», degan edi. 2018-yilning 12-dekabr kuni BMT Bosh Assambleyasining yalpi sessiyasida “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyutsiya qabul qilindi.
Oʻzbekiston tomonidan ishlab chiqilgan mazkur hujjatni BMTga aʼzo barcha davlatlar bir ovozdan qoʻllab- quvvatladi. Rezolyutsiyaning qabul qilinishi Prezidentimiz ilgari surgan tashabbusning amaliy ifodasi boʻldi.
Ushbu rezolyutsiya bagʻrikenglik va oʻzaro hurmatni qaror toptirish, diniy erkinlikni taʼminlash, eʼtiqod qiluvchilarning huquqini himoya qilish, ularning kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslikka koʻmaklashishga qaratilganligi taʼkidlandi.
Davlatimiz rahbarining yuqoridagi fikrlari tasdigʻini respublikamizda soʻnggi yillarda amalga oshirilgan quyidagi jarayonlarda kuzatish mumkin.
2018-yil 16-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni imzolandi.
Ushbu farmon asosida Oʻzbekiston xalqaro Islom akademiyasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Samarqand, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida Akademiya tarkibidagi malaka oshirish markazi hududiy filiallari tashkil etildi.
Oʻzbekistonda Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, viloyatlarda kalom, hadis, fiqh, aqida ilmi va tasavvufni oʻrganishga ixtisoslashgan beshta ilmiy maktab ochildi.
Ayni vaqtda Oʻzbekistonda “Mir Arab” oliy madrasasi, Hadis ilmi maktabi, 10 ta madrasa, jumladan, 2 ta ixtisoslashtirilgan xotin-qizlar oʻquv yurti yoshlarga diniy va dunyoviy sohada malakali taʼlim berib kelmoqda.
Terrorizm va ekstremizm tahdidlariga qarshi kurashish boʻyicha koʻrilayotgan samarali chora-tadbirlar natijasida mamlakatimizda ushbu yoʻnalishdagi jinoyatlar soni, ayniqsa, 30 yoshgacha boʻlgan shaxslar oʻrtasida oldingi yillarga nisbatan keskin kamaydi. Bu Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qoʻmitasi tomonidan “Terrorizmga qarshi kurash-chegara bilmas hamkorlik” mavzusida tashkil etilgan VI xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada qayd etib oʻtildi.
Soʻnggi yillarda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha huquq-tartibot idoralari tizimida xodimlar qayta oʻqitilib, bilim va malakalari oshirildi.

Muallif: «Xadichai Kubro» ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi 2 kurs talabasi U.Burxonova

Другие новости

Аҳмад Ол Қосимий: “Юртингизда бўлиб ўтган конференцияни эзгулик анжумани, деб аташ мумкин”
17.10.2024 39
Аҳмад Ол Қосимий: “Юртингизда бўлиб ўтган конференцияни эзгулик анжумани, деб аташ мумкин”ЖамиятТанлашРўйхатдан ўтингЧоп этиш11:56 / 17.10.2024Давлатимиз раҳбари ташаббуси билан Тошкент ва Хива шаҳарларида ўтказилган “Ислом – тинчлик ва эзгулик дини”...
Подробнее
ИСЛОМ – ТИНЧЛИК ВА ЭЗГУЛИК ДИНИ
15.10.2024 42
Тинчлик қарор топган юртда хотиржамлик ҳукм суради, жамиятда ҳар томонлама юксалиш бўй кўрсатади. Мамлакат тараққиёти, фаровонлиги, юрт аҳлининг тумуш ободлиги осойишталик туфайлидир.Шу нуқтаи назардан айтиш жоизки, давлатимиз раҳбарининг ташаббуси билан...
Подробнее
Ислом – маърифат, тинчлик, эзгулик дини Жамият
14.10.2024 41
Шу йилнинг 15-16 октябрь кунлари Тошкент ва Хива шаҳарларида “Ислом – тинчлик ва эзгулик” дини мавзусидаги халқаро конференция бўлиб ўтади. Ислом динининг пок ва маърифатга йўғрилган, тинчликпарвар ғояларини кенг тарғиб...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry