01.12.2022
768

 “OITS” kasalligi XXI asr vabosi

 “OITS” kasalligi XXI asr vabosi
OITS (orttirilgan immun tanqisligi sindromi) –  OITV (odam immun tanqisligi virusi) tomonidan chaqiriladigan kasallik. Kasallik inson immun tizimini o‘zgartiradi, infeksion va boshqa kasalliklarga sezuvchanlikni oshiradi. Agar bu sindrom rivojlansa, sezuvchanlik yanada oshadi.
OITV virusi odamning barcha to‘qimalarida uchraydi, zararlangan odamning organizmiga ichki suyuqliklari orqali yuqadi. Masalan, sperma, qin ajralmasi, qon va ko‘krak suti orqali tarqalishi aniqlangan.
OITV — OITSning rivojlanishi sababidir. Ba'zi hollarda esa virus bilan zararlangan odamlarda OITS rivojlanmasligi mumkin. OITS ko‘p hollarda OITVni o‘z vaqtida davolamaslik natijasida yuzaga keladi.
OITV asosan 3 yo‘l bilan: onadan bolaga, qon va jinsiy aloqa orqali yuqadi. 
Bugungi kunda dunyoda bu kasallik ham keng tarqalgan bo‘lib, har yili dunyo bo‘ylab 1,5 milliondan ortiq odam OITV bilan kasallanadi.  
UNAIDS ma'lumotlariga ko‘ra: OITV bilan kasallanganlar soni — 2020 yilda dunyo bo‘ylab  taxminan 37,7 million kishini tashkil etdi. Ulardan 36 millioni kattalar va 1,7 millioni 0–14 yoshli bolalardir. Yarimdan ko‘pi (53 foiz) ayollar va qizlar edi.
O‘zbekistonda 2020 yil ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda ushbu kasallik bilan kasallanganlar soni 58 mingtani tashkil etadi. Tuzalganlar – 2800 nafar. 2020 yil ma'lumotlari bu kasallikdan 1000ga yaqin odam o‘lganini ko‘rsatadi.
Yangi OITV infeksiyalarining 1,3 millioni 15 yoshdan oshganlar, 160 ming nafari 0–14 yoshli bolalar orasida kuzatilgan.
OITV testi orqali 2020 yilda butun dunyo bo‘ylab OITV bilan kasallanganlarning taxminan 84 foizi OITV holatini bilishgan. Qolgan 16 foizi (taxminan 6,0 million kishi) hali ham OITV testi xizmatlaridan foydalanishga muhtoj. OITV testi OITVning oldini olish, davolash, o‘zini parvarish qilish uchun muhimdir.
OITVni davolash imkoniyati — 2020 yil iyun holatiga ko‘ra, dunyo bo‘ylab OITV bilan kasallangan 28,2 million kishi (75 foiz) antiretrovirus terapiya (ART)dan foydalanmoqda. Bu 9,5 million odam hali davolanish imkoniyatini kutayotganini anglatadi. OITVni davolashga kirishish OITSni jamoat salomatligiga tahdid sifatida tugatish bo‘yicha global sa'y-harakatlarning kalitidir. 
OITS bilan bog‘liq o‘limlar 2004 yilda eng yuqori cho‘qqisiga chiqqandan beri 64 foizga va 2010 yildan beri 47 foizga kamaydi. 2020 yilda dunyo bo‘ylab OITS bilan bog‘liq kasalliklardan 680 000 ga yaqin odam vafot etdi, 2010 yilda bu ko‘rsatkich 1,3 millionni tashkil etgan.
Mintaqaviy ta'sirini aytadigan bo‘lsak OITV bilan kasallanganlarning katta qismi past va o‘rta daromadli mamlakatlarda. 2020 yilda Sharqiy va Janubiy Afrikada 20,6 million kishi (55 foiz), Osiyo va Tinch okeanida 5,7 million (15 foiz), G‘arbiy va Markaziy Afrikada 4,7 million (13 foiz) va 2,2 million kishi (6 foiz) G‘arbiy va Markaziy Yevropa va Shimoliy Amerikada OITV bilan kasallangan.
Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni 1988 yildan beri har yili 1 dekabrda OITV infeksiyasi tarqalishi natijasida yuzaga kelgan OITS pandemiyasidan xabardorlikni oshirish va kasallikdan vafot etganlarning xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro kundir. 
“Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i” G.Maxamedova

Другие новости

Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Oyna” jurnalidan nasriy va  nazmiy asarlar tahlili
01.01.2026 5
Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Oyna” jurnalidan nasriy va nazmiy asarlar tahlili XIX asr oxirlaridan boshlangan milliy uyg‘onish davri bosqichiga kelib endi she’riyatdagi mavzu ham, uslub ham keskin o‘zgardi. Agar jadid she’riyatining birinchi...
Подробнее
Gunohlarning katta va kichik guruhlarga tasniflanishi
19.12.2025 13
Gunohlarning katta va kichik guruhlarga tasniflanishi Insonni yo‘qdan bor qilgan va mavjudodlari ichida mukarram aylagan zot -Alloh taolodir. Alloh taolo insonga ham aql, ham nafs istaklarini bergan. Nafsi aqlidan ustun...
Подробнее
Hidoya asaridagi dalil keltirish uslublari
18.12.2025 13
Hidoya asaridagi dalil keltirish uslublari“Hidoya” asarini mutolaa qilgan kishi biror fiqhiy masalaga Imom Marg‘inoniy boshqa faqihlar kabi Qur’oni Karim, sunnat, sahobalarning osorlari, ijmo, qiyos, istehson kabi bir nechta dalillar keltirganining...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry