09.12.2022
358

O‘ZBEKISTONDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH  MAMLAKAT INDEKSDAGI  KO‘RSATKICH BO‘YICHA 11 BALLGA O‘SDI

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2003 yil 21 noyabrdagi rezolutsiyasiga muvofiq, 2004 yildan boshlab "9  dekabr – Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni" (International Day Against Corruption) sifatida nishonlab kelinmoqda.
2003 yil 9 dekabr kuni Merida (Meksika) shahrida Birlashgan Millatlar tashkiloti tashabbusi bilan Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro konvensiya imzolangan.
Bosh Assambleya rezolutsiyasida aytilishicha, bu kunni belgilashdan maqsad, korrupsiya  muammosining tub mohiyatini tushunib yetish va korrupsiya bilan kurashish hamda uni oldini olishdan iboratdir.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha har yili o‘rtacha 1 trillion dollar mablag‘ korrupsion maqsadlarda sarflanadi. Har yili dunyo iqtisodiyoti korrupsiya tufayli 2,6 trillion dollar miqdorida zarar ko‘radi.
Ayni paytda butun dunyoda korrupsiyaga qarshi keskin choralar ko‘rilmoqda. Har yili turli-tuman dasturlar, loyihalar ishlab chiqilmoqda. Jumladan, Xalqaro Standartlashtirish tashkiloti tomonidan 2016 yilda ana shu maqsadda ISO 37001:2016 Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi joriy qilindi.
Bugungi kunda dunyo mamlakatlarida korrupsiya bo‘yicha vaziyat qanday? 
“Transparency International” xalqaro tashkilotining 2021 yil uchun chiqargan Korrupsiya indeksidan ma’lum bo‘lishicha, dunyo mamlakatlarining 86 foizi oxirgi 10 yilda korrupsiyaga qarshi kurashda biror ijobiy siljishga erishmagan.
Korrupsiya chuqur ildiz otgan mamlakatlar ayni paytda inson huquqlarini poymol etishda ham yetakchi ekani qayd etilgan. Huquqlar poymol etilishi natijasida demokratiya zaiflashar ekan, mamlakatlarda avtoritarizm kuchayadi; bu esa korrupsiyaning yanada chuqur ildiz otishiga sabab bo‘ladi, deyiladi xalqaro hisobotda.
Korrupsiyaning global o‘rtacha ko‘rsatkichi 100 balli tizimda 43 ballni tashkil etgan. Jami davlatlarning uchdan ikki qismida bu raqam 50 dan past. Raqam qancha past bo‘lsa, korrupsiya yanada keng tomir yozganini anglatadi.
Korrupsiya eng kam deb topilgan davlatlar ro‘yxatini Daniya (88), Finlyandiya (88) va Yangi Zelandiya boshqarmoqda. Ular, shuningdek, inson huquqlari eng ko‘p e’zozlanadigan davlatlar ro‘yxatida yetakchi.
Ro‘yxatning eng quyi qismida, ya’ni korrupsiyaga chuqur botgan o‘lkalar qatorida Somali (13), Suriya (13) va Janubiy Sudan (11) turibdi. Suriya ayni paytda fuqarolik erkinliklari eng yomon davlat deb topilgan. Bu masalada Somali va Sudanga baho berilmagan.
O‘tgan 10 yil ichida 154 davlatda vaziyat yomonlashgan yoki hech qanday ijobiy o‘zgarish yuz bermagan.
Korrupsiya, inson huquqlari va demokratiya
Korrupsiyaga qarshi kurash sustlashishi barobarida inson huquqlari va demokratiyaga hujumlar ko‘lami oshgan. Ayniqsa, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash bahonasida dunyo bo‘ylab inson huquqlarini cheklashga urinishlar kuchaygan.
2012-yildan beri korrupsiya bo‘yicha vaziyat yomonlashgan 23 davlatning 19 tasida inson erkinliklari cheklanishi ham kuchaygan. 2020-yilda inson huquqlari faollarining o‘ldirilishi bilan bog‘liq 331 ta holatning 98 foizi korrupsiya indeksidagi ko‘rsatkichi 45 dan past bo‘lgan mamlakatlarda yuz bergan.
Oxirgi 10 yilda korrupsiyaga qarshi kurashda vaziyat ijobiy tomonga o‘zgargan mamlakatlar ham mavjud. Ular orasida Markaziy Osiyodan O‘zbekiston bor.
Markaziy Osiyodagi vaziyat
Markaziy Osiyoda umumiy manzara yaxshi emas. Koronavirusga qarshi kurash nomi ostida mintaqada erkinliklarga nisbatan yangi cheklovlar o‘rnatilgan.
Markaziy Osiyodagi eng yomon ko‘rsatkich Turkmaniston (19), Tojikiston (25) va Qirg‘izistonga (27) tegishli.
Bir paytlar mintaqaning “demokratiya oroli” deb atalgan Qirg‘izistonda pandemiya cheklovlari bahonasi bilan jurnalistlar va faollarga zug‘umlar oshgan. Shaffoflikning yo‘qligi hamda hukumat ustidan nazoratning kamaygani tufayli koronavirusga qarshi kurash uchun ajratilgan mablag‘larning qanday va qayerga sarflanayotganini aniqlashning imkoni yo‘q.
Hisobotga ko‘ra, O‘zbekiston (28) oxirgi yillarda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha o‘z reytingini yaxshilab bormoqda. 2012-yildan beri mamlakatning indeksdagi ko‘rsatkichi 11 ballga o‘sgan. Demokratlashtirish jarayonini jadallashtirib, shuningdek, hukumat idoralarida korrupsiyaga qarshi kurashni jonlantirib, O‘zbekiston mintaqada boshqalar uchun namuna bo‘lmoqda, deyiladi hisobotda. 
“Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat  va ma’rifat bo‘limi” boshlig‘i G.Maxamedova

Другие новости

JADID MA’RIFATPARVAR VA MATBUOT
28.05.2025 4
Behbudiyning Samarqand gazetasi mahalliy mavzudagi muammolarni ochiqroq tarzda maydonga tashlaydi. Mahalliy savdogarlarni “tijorat ilmini bilmaganlikda yoki bilsa ham juda yaxshi bilmaslikda” ayblaydi, rus maktablarida oʻqiganlarni “millat gʻamini yemaysiz” deb tanqid...
Подробнее
Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar targ‘iboti
26.05.2025 5
KirishVijdon erkinligi — insonning o‘z e’tiqodini tanlash, unga amal qilish yoki rad etish huquqi bo‘lib, bu huquq har bir fuqaroning eng asosiy insoniy huquqlaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ham bu...
Подробнее
JADID MA’RIFATPARVAR VA MATBUOT
19.05.2025 12
Jadid milliy matbuoti XX asrning boshlaridan jadidlar tomonidan chiqarila boshlangan. Bunga sabab Rossiya imperiyasi hududidagi ijtimoiy-siyosiy holat sabab boʻlgandi. Rossiyada sodir boʻlgan 1905-1907- yillar inqilobi va mamlakatda sodir boʻlayotgan monarxiya...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry