17.02.2023
527

“UXDUD EGALARI”

قُتِلَ أَصْحَابُ الْأُخْدُودِ ۝النَّارِ ذَاتِ الْوَقُودِ۝

“Handaq” egalari halok” bo’lsin! U yoqilg’isi ko’p olov edi” 

(Buruj surasi, 4-5-oyatlar)

Qur’oni Karimning Buruj surasida nomlari kelgan “Handaq egalari” kimlar edi?

“Uxdud” – “choh” degan ma’noni anglatadi. Qadimgi Yamanning Zu Navos ismli zolim podshosi bor edi. Avval o`tgan har bir podshohning o`z sehrgari bo`lib, Zu Navosning ham o`z sehrgari bor edi. Kunlarning birida sehrgari unga o`zining qarib qolganini, unga shogirdlikka bir bolani bersa, bilgan sehrlarini o`rgatishini aytdi. Podshoh sehrgarning taklifini qabul qilib, unga bir bolani shogirdlikka berdi. Bola sehrgardan sehrning sir-asrorlarini o`rgana boshladi. Kunlarning birida shogird bola bir Rohibga duch keldi. Bu Rohib odamlarga pand-nasihat qilar edi. Bolaning ko`ngli Rohibning so`zlariga moyil bo`ldi. Va undan ilm ola boshladi. Kunlardan bir kun bola yo`lda insonlarning to`planib turganini, ularning yo`lini ilon to`sib turganini ko`rdi.  Va qo`liga bir tosh olib: “Ey Allohim, agar Senga sehrgarning ishidan ko`ra, Rohibning ishi suyukliroq bo`lsa, shu tosh bilan ilonni o`ldir!”, degancha, qo`lidagi toshni ilonga otdi va ilon Allohning izni bilan o`ldi. Bola bu voqeani Rohibga so`zlab berganida, unga: “Albatta, sen mendan o`zib ketding. Kun kelib, odamlar sendan bu haqida so`rashsa, men haqimda aytmagin!”, dedi. Vaqtlar o`tib, bola tug`ma ko`r va moxovni davolaydigan darajaga yetdi. Podshohning bir ko`r vaziri bo`lib, bola o`sha vazirni davolagani xabari podshohga yetib bordi. Podshoh boladan bu ishni qanday qilib amalga oshirganini so`radi. Va Podshohning qattiq qiynoqlaridan so`ng, bu ishni Rohibdan o`rganganini aytdi. Rohibni podshohning huzuriga olib kelishdi. Rohibni dindan qaytarish uchun juda qattiq urinishdi. U esa o`z dinidan qaytmagach, uni arralab, o`ldirishdi. Bolani esa, tog`ning cho`qqisidan tashlab, halok qilishmoqchi bo`lganlarida, bola Allohga duo qildi va tog` bir silkinib, boladan boshqa barchani halok qildi. So`ng, bolani dengizda cho`ktirmoqchi bo`ldilar. Bola esa, yana Allohga duo qildi, va u yerdagi undan boshqa barcha kishi suvga cho`kib, halok bo`ldi.  Uni podshohning huzuriga olib borishganida: “Meni faqatgina bir yo`l bilan o`ldirishingiz mumkin. Odamlarni bir joyga to`plab, meni bir daraxtga bog`laysiz va “Bolaning Parvardigori – Allohning nomi bilan boshlayman”, deb, menga kamondan o`q uzasiz”, dedi. Podshoh u aytganidek qilib, kamondan o`q uzganida, u bolaning ko`ksiga tegdi va bola qo`lini o`sha yerga qo`ygancha, vafot etdi. Bu voqeaga guvoh bo`lib turgan insonlarning barchasi: “Bolaning Parvardigoriga iymon keltirdik”, deyishdi. Ayollardan biri: “Podshohim, qo`rqqan narsangiz boshingizga keldi”, dedi. Podshoh bundan g`azabga kelib, handaq qazdirdi va unga o`t yoqishni buyurdi. Kim dindan qaytmasa, uni shu handaqqa tashlashdi. Navbat yosh bolali bir ayolga kelganida, u ayol handaqqa tushishdan qo`rqib, orqaga tisarildi. Holat uch marta takrorlandi. Shunda ayolning qo`lidagi go`dak: “Ey ona, sabr qiling! Albatta, siz haq uzradirsiz. Oxiratdagi abadiy Jahannam azobi bundan shiddatliroqdir”, degach, ayol o`zini handaqqa tashladi. Alloh taolo O`z marhamati bilan handaqqa tashlanganlarning barchasini jonlarini olovga tushishlaridan oldinoq qabz qildi. Ular hech qanday azob chekmadilar. Bu voqealar Iso alayhissalom osmonga ko`tarilganlaridan so`ng, Rosululloh sollallohu alayhi vasallam Nabiy bo`lishlaridan yetmish yil avval sodir bo`lgan edi. 

 

 

Shayx Ahmad ibn Muhammad as-Soviyning “Hoshiyatus Soviy ala tafsiril Jalolayni”  kitobi asosida 2-kurs talabasi Abduqodirova R. tayyorladi.

Mas’ul ustoz: Nurmuhamedova I.

Другие новости

Gunohlarning katta va kichik guruhlarga tasniflanishi
19.12.2025 8
Gunohlarning katta va kichik guruhlarga tasniflanishi Insonni yo‘qdan bor qilgan va mavjudodlari ichida mukarram aylagan zot -Alloh taolodir. Alloh taolo insonga ham aql, ham nafs istaklarini bergan. Nafsi aqlidan ustun...
Подробнее
Hidoya asaridagi dalil keltirish uslublari
18.12.2025 8
Hidoya asaridagi dalil keltirish uslublari“Hidoya” asarini mutolaa qilgan kishi biror fiqhiy masalaga Imom Marg‘inoniy boshqa faqihlar kabi Qur’oni Karim, sunnat, sahobalarning osorlari, ijmo, qiyos, istehson kabi bir nechta dalillar keltirganining...
Подробнее
Rofiziy firqasining imomat masalasi bayoni
17.12.2025 9
Rofiziy firqasining imomat masalasi bayoni Islom dini - insoniyat tarixida eng buyuk ma’naviy uyg‘onish harakatlaridan biri bo‘lib, uning asosiy manbalari Qur’oni karim va Rasululloh Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning sunnatlaridir. Tarix...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry