12.02.2024
487

Namoz ulug' ibodat !

#Maqola

     Namoz - ulug' ibodat
Namoz arab tilida "solat" deyilib , lug'atda: " yaxshilikka duo" degan ma'noni anglatadi.
Shariat istilohida esa: Allohga qurbat hosil qilish uchun, takbir ila boshlanib, salom berish ila tugaydigan , maxsus shartlarni oʻz ichiga olgan amallar namozdir.
Namoz qanday ulug' ibodatki, Alloh taolo uni yerda emas balki osmonda ummat uchun farz qildi , qanday ulug' ibodatki, uni biror vositasiz ya'ni Jabroil alayhissalom orqali yubormasdan Me'roj hodisasida farz qildi!? 
Bu qanday ibodatki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga mahzunlik yetsa namoz o'qishga kirishar edilar!?
Bu qanday ibodatki, qiyomatda birinchi bo'lib u haqida so'ralamiz!?
  Alloh taolo oʻz oyati karimasida shunday degan:"Albatta, namoz mo'minlarga vaqtida farz qilingandir".(Niso surasi 103-oyat). 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam "Namoz- dinning ustunidir", deganlar. 
Namoz-qalblarni tuzatadi, dardlarga malham boʻladi. Namozda Allohga munojot qilinadi, sirlar aytiladi, mahzunliklar ketadi. Hajda 1 yilda 1 marotaba Alloh bilan bog'lanilsa, namozda esa kuniga 5 marotaba Alloh bilan bog'laniladi.Haj faqat imkoniyati borlargagina farz bo'ladi, ammo namoz hamma uchun farz hatto to'shakda yotib qolgan inson imo-ishora bilan namoz o'qishi kerak. Bu namozning qanday ulug' ibodat ekanligiga dalolat. 
Hasan roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Nabiy sollallohu alayhi vasallam as'hoblaridan so‘radilar: "Birortangiz uyingizning oldidan oqib o'tadigan daryoda  har kuni besh mahal yuvinsangiz, badanida kir qoladi, deb o'ylaysizmi?", dedilar, sahobalar: "Sira ham kir qolmaydi",deyishdi. Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam: "Besh vaqt namoz ham shunga o'xshash bo‘lib, Alloh taolo bu o'qilgan namozlar tufayli gunohlarni kechiradi", dedilar".  (Buxoriy rivoyat qilgan).
  Qarang bu qanday baxtki, namoz bilan xatolarimiz kechirilsa, Alloh taolo bandalariga qanday mehribon zotki, ularni o'qigan namozlari ila gunohlarini kechirsa.
Aslida Alloh taolo hech qanday maqtovga ham hamdga ham muhtoj emas, inson Alloh taologa hamd aytishi bilan o'zining darajasini ulug' qiladi. 
Usmon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:"Nabiy sollallohu alayhi vasallam: " Kim xufton namozini jamoat bilan o'qisa, xuddi kechaning yarmini  ibodat bilan bedor oʻtkazgandek bo'ladi. Kim bomdod namozini jamoat bilan o'qisa, xuddi kechaning hammasini namoz o'qib oʻtkazgandek bo'ladi", dedilar".(Muslim rivoyati).
Qarang Alloh bandalariga qanchalik mehribon zot, 1 kunda 5 mahal namozni farz qildi, unga 50 mahal namozning savobini beradi. Namoz o'qish uchun boylik, ko'p kuch-quvvat talab qilinmaydi, ko'p vaqt ham talab qilinmaydi, namoz uchun sarflashimiz kerak boʻlgan vaqtni ham behuda o'tkazib yuboryapmiz. 
Bu dunyo sinov dunyosi ekanligini, bizga berilgan imkoniyatlardan to'g'ri foydalanishimiz kerak ekanligini  hech qachon unutmaylik! Namozlarimizni xushu' bilan ado etib, o'zining xos bandalaridan bo'lishimizni duo qilib so'raylik!


Tayyorladi: 2-kurs talabasi Raxmonova Rahima
Mas'ul ustoz: Hadis fani oʻqituvchisi J.Jamol qizi

Другие новости

Moturidiy va Ash’ariy mazhablari orasidagi farqlar
06.12.2025 2
Moturidiy va Ash’ariy mazhablari orasidagi farqlarIslom tafakkuri tarixida IX asr oxiri va X asrning birinchi yarmi alohida o‘rin tutadi. Aynan shu davrda kalom ilmining taraqqiyoti natijasida Moturidiylik va Ash’ariylik maktablari...
Подробнее
Alloh taoloning zotiy sifatlari
03.12.2025 5
Alloh taoloning zotiy sifatlariInsonga bilmagan narsasini o‘rgatib, musaffo aqidaga yo‘llagan Alloh taologa hamdlar bo‘lsin. Bu musaffo aqidani bizga mukammal yetkazgan payg‘ambarimizga va u zotning ahli oilalariga va sahobalariga salavot va...
Подробнее
Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Oyna” jurnalidan Axloqiy-ta’limiy maqolalarning bibliografik tavsifi (2-qism)
02.12.2025 6
Afsus, aziz umrimiz, bekora o‘tub, taraqqiyada sotolmaymiz! Har qaysimiz o‘z manfaati shahsimizni ko‘rsatub, millatg‘a yetmag‘onimizdanmi yoki ziyofat va to‘yda behuda va bid’at nimarsalarga oqchalarimizni isrof qilganimizdanmi? Taraqqiyparvarlarimiz juda ko‘p, ammo...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry