20.03.2024
121

Xalqaro baxt kuni BMT Bosh Assambleyasi

#Xalqaro_baxt_kuni
#BMT
#International_Day_of_Happiness

20 mart – Xalqaro baxt kuni
BMT Bosh Assambleyasining 2012 yil 28 iyun kuni qabul qilgan rezolyutsiyasiga binoan sayyoramizdagi har bir insonning baxtga intilishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida har yili 20 mart kuni Xalqaro baxt kuni (International Day of Happiness) nishonlanadi.

Butan, Birlashgan Arab Amirliklari, Venesuela, Ekvador va Shotlandiyada Baxt vazirligi bor. “Baxtga intilish dunyodagi barcha odamlarning umumiy tuyg‘usi”, degan fikrni Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma'qulladi. Butan qirolligi tomonidan taklif qilingan mazkur g‘oya BMT Bosh Assambleyasida xalqaro xamjamiyatga a'zo barcha 193 ta mamlakat tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Shu tariqa A/RES/66/281 raqamli rezolyutsiya qabul qilindi. Hujjatda barcha mamlakatlarni har bir odamning farovonligini yaxshilashga chaqiriladi. Bayramdan ko‘zlangan asosiy maqsad har bir inson baxtli bo‘lishga xaqli ekanini ko‘rsatishdan iborat. Buning uchun faqat harakat, harakat va yana harakat zarur. Baxtli bo‘lish esa juda ham osondir.

Xalqaro Gallup InternationalWIN tadqiqot agentliklari mustaqil uyushmasi har yili sayyoramiz aholisi o‘rtasida “Yil yakuni” (End of the Year) mavzuida ijtimoiy so‘rov o‘tkazadi. Respondentlarga beriladigan savollar orasida an'anaviy tarzda shaxsiy baxtlari xaqida xam so‘raladi. 2015 yil oxirida 68 mamlakatda istiqomat qilayotgan 66 ming aholi o‘rtasida so‘rov o‘tkazildi. So‘rov natijalarini tahlil qilgan mutaxassislarning fikricha, sayyoramiz aholisining 66 foizi, to‘g‘rirog‘i har uch insonning ikkitasi o‘zini baxtli xisoblaydi. O‘zini baxtsiz xisoblovchilar atigi 10 foizni tashkil qiladi. Respondentlarning 23 foizi baxt nimaligini his qilmasliklarini, shaxsiy hayotlarida baxt yo‘qligini aytishgan.

Sustainable Development Solutions Network SDSN va Kolumbiya universitetining 16 mart kuni e'lon qilgan dunyoning eng baxtli mamlakatlari reytingida 157 ta davlat orasida birinchi o‘nlikka Daniya, Shveytsariya, Islandiya, Norvegiya, Finlyandiya, Kanada, Niderlandiya, Yangi Zelandiya, Avstraliya va Shvetsiya kirdi. AQSh 13-o‘rinni, Buyuk Britaniya esa 23-o‘rinni egalladi. Fransiyaga 32- o‘rin, Italiyaga esa 50-o‘rin nasib qildi. Mustaqil Davlatlar Xamdo‘stligi mamlakatlari orasida eng baxtli davlat sifatida O‘zbekiston tan olindi. Umumiy hisobda esa mamlakatimiz 49-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Qozog‘iston 54-o‘rinda, Moldaviya 55-o‘rinda, Belorussiya 61-o‘rinda, Rossiya 64-o‘rinda turibdi. Turkmanistanga 65-o‘rin, Qirg‘izistonga 85-o‘rin, Tojikistonga 100-o‘rin nasib qildi. Ukraina esa 123-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Eng baxtsiz mamlakatlar sifatida Suriya, Afg‘oniston, Gaiti, Kongo Demokratik Respublikasi, Chad, Madagaskar, Uganda, Benin, Xorvatiya va Gruziya tan olindi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili World Happiness Index (“Dunyoning eng baxtli mamlakatlari”) reytingida O‘zbekiston 44-pog‘onada, Hamdo‘stlik Davlatlari o‘rtasida esa birinchi o‘rinda qayd etilgan bo‘lib, Janubiy Koreya, Yaponiya, Italiya, Malayziya va boshqa davlatlarni ortda qoldirgan. Bundan tashqari bizning mamlakatimiz “baxt indeksi” har yilgi o‘sish ko‘rsatkichida birinchi o‘ntalik davlatlari qatoridan o‘rin olgan. Mazkur tadqiqotda aholi farovonligi, Umumjahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ko‘ra o‘rtacha umr ko‘rish yoshi, yalpi ichki mahsulotining aholi jon boshiga taqsimoti, havfsizlik darajasi, oiladagi ajrimlarning soni, ishsizlar ko‘rsatkichi, korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi amaliy ishlar, aholining fuqarolik tashabbusi va erkinligini amalga oshirish huquqi kabi ko‘rsatkichlar hisobga olingan. Shuningdek, insonlarning bir-biriga nisbatan ishonchi, yaxshi munosabatda bo‘lishi hamda kundalik xursandchilik va tashvish sabablari ham hisobga olingan.

O‘zbekistonning mazkur reytingda yuqori pog‘onani egallashi mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish hamda yuksalib borayotgan hayot darajasi sohasida olib borilayotgan oqilona siyosat natijasidir. Xalqaro hamjamiyat istiqlol yillarida O‘zbekiston — baxtiyor odamlar mamlakatiga aylanganini e'tirof etadi.

Shunday ekan, bugun biz faxr bilan aytamiz — O‘zbekiston baxtli kelajak yurti hamdir.

Qayerda tarraqiyot va umid bo‘lsa, o‘sha yerda baxt mavjud bo‘lishi o‘z isbotini topmoqda. O‘zini baxtli hisoblovchi insonlar, asosan, Osiyo va Janubiy Amerikada istiqomat qilishi aniqlandi. G‘arbiy Yevropa aholisi esa tushkun kayfiyatda ekani oydinlashdi. Kuzatuvchilarning fikricha, aholining qo‘lidagi boylik baxtni anglatmaydi. Baxtga tinchlik va xotirjamlik hukm surgan yurtdagina erishiladi. Daromadi yuqori bo‘lgan mamlakatlarga nisbatan daromadi pastroq bo‘lgan davlatlarda yashayotgan insonlar o‘zlarini baxtli sanashlari baxt pulda emas, degan maqolning nechog‘liq to‘g‘riligini isbotlamoqda. AQShning Prinston universiteti olimlarining fikriga ko‘ra, inson baxti mutlaqo pulga bog‘liq emas ekan. Chunki, baxtni pulga sotib olib bo‘lmaydi. Bu tadqiqotni eng taniqli ikki olim – psixolog, Nobel mukofoti sovrindori, professor Daniel Koznman hamda iqtisodchi Alan Kryuger olib borishdi. Ularning xulosasiga ko‘ra, boylar boshqalarga nisbatan baxtliroq emas va bo‘lolmaydilar ham!..

Gallup InternationalWIN Vitse-prezidenti va Romir tadqiqot xoldingi prezidenti Andrey Milexinning aytishicha, baxtga erishish tushunchasi u yoki bu millatning madaniyatidan dalolatdir. Ya'ni qayerda ertangi kunga ishonch va umid bo‘lsa, o‘sha yerda eng baxtli insonlar istiqomat qiladi.

So‘nggi yarim asr maboynida dunyo mamlakatlarida sezilarli darajada iqtisodiy yuksalish sodir bo‘lgan esa-da, “Baxt ko‘rsatkichi” hamon o‘zgarmay qolyapti. Daromadi juda oshib ketgan kishilar o‘zlarini boshqalarga nisbatan baxtliroq his etishmayapti. Aksincha, boylarning ishlari boshlaridan oshib-toshib yotibdi va ular o‘zlari uchun yashash vaqtiga egalik qilolmayaptilar.

Baxt faqat mol-dunyo, amal, martaba yoki o‘tkinchi his-tuyg‘ulardangina iborat emas. Insonga berilgan har bir ne'mat baxtdir. Kishining uyi, oilasi, bola-chaqasi tinch-xotirjam bo‘lsa, tanasi sog‘-salomat bo‘lib, ovqatlangani taomi bo‘lsa, bundan inson o‘zini baxtlilardan hisoblasa bo‘ladi.

To‘g‘ri baxtga osonlik bilan erishilmaydi. Buning uchun mehnat qilish va unga intilish kerak. Donishmandlardan biri aytganidek, insonlar baxtli bo‘lishga haqli va shu bilan birga baxtli bo‘lishga majbur.

Kun.uz sayti jurnalisti Sharofiddin To‘laganov

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi

Другие новости

Аҳмад Ол Қосимий: “Юртингизда бўлиб ўтган конференцияни эзгулик анжумани, деб аташ мумкин”
17.10.2024 30
Аҳмад Ол Қосимий: “Юртингизда бўлиб ўтган конференцияни эзгулик анжумани, деб аташ мумкин”ЖамиятТанлашРўйхатдан ўтингЧоп этиш11:56 / 17.10.2024Давлатимиз раҳбари ташаббуси билан Тошкент ва Хива шаҳарларида ўтказилган “Ислом – тинчлик ва эзгулик дини”...
Подробнее
ИСЛОМ – ТИНЧЛИК ВА ЭЗГУЛИК ДИНИ
15.10.2024 33
Тинчлик қарор топган юртда хотиржамлик ҳукм суради, жамиятда ҳар томонлама юксалиш бўй кўрсатади. Мамлакат тараққиёти, фаровонлиги, юрт аҳлининг тумуш ободлиги осойишталик туфайлидир.Шу нуқтаи назардан айтиш жоизки, давлатимиз раҳбарининг ташаббуси билан...
Подробнее
Ислом – маърифат, тинчлик, эзгулик дини Жамият
14.10.2024 33
Шу йилнинг 15-16 октябрь кунлари Тошкент ва Хива шаҳарларида “Ислом – тинчлик ва эзгулик” дини мавзусидаги халқаро конференция бўлиб ўтади. Ислом динининг пок ва маърифатга йўғрилган, тинчликпарвар ғояларини кенг тарғиб...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry