11.05.2024
170

“Al-Favzul kabir fi usulit tafsir” asarining usulut tafsir ilmida tutgan o‘rni”

“Al-Favzul kabir fi usulit tafsir” asarining usulut tafsir ilmida tutgan o‘rni”

 “U mendan lafzlar sanadini olar,

men esa undan ma’nolarni

to‘g‘rilab olar edim”[1].

Qur’on mo‘jizalari va uning ilmlari asrlar osha butun insoniyatni hayratga solib kelmoqda. Olim zotlar uni o‘rganib Qur’on ilmlarini juda ko‘p qismlarga bo‘lib berishgan. Ana o‘shalardan biri hozir biz bahs qiladigan usulut tafsir ilmi hisoblanadi. 

Usulut tafsir ilmi to‘g‘ri tafsir qilish qoidalarini o‘rgatadigan fandir. Bu ilmni o‘rganuvchi islom dushmanlari tomonidan nafs-havolari xohlagandek Qur’oni Karim  borasida to‘qigan yolg‘on, bo‘hton ko‘rinishdagi hujumlariga qarshi o‘tkir, mustahkam qurol bilan qurollanadi.

Biz bu ilmni Shoh Valiyyulloh Dehlaviyning «Al-Favzul kabir fi usulit tafsir» asari orqali tahlil qilib chiqamiz. U zot o‘z asarlarida hozirda bo‘layotgan buzg‘unchiliklarning alomatlari va o‘sha fasodlarning o‘rniga qanday go‘zal tartib-qoidalar amalga oshirilishi kerakligini ochib beradigan fikriy islohotlarni taqdim etdilar. «Al-favzul kabir fi usulit tafsir» asari mana shunday asarlardan biri hisoblanadi. Ushbu «Favzul kabir fiy usulit tafsir» kitobi diniy maqsad va uning ilmlariga qaratilgan islom xazinasidagi kitoblarning biri hisoblanadi, chunki muallif tomonidan yozilgan bu asar taqriban uch asrdan beri Hindiston va Pokiston diyorlaridagi taxminan ellik mingdan ortiq butun madrasa va ko‘zga ko‘ringan islom universitetlarida ham hali hanuzgacha rasmiy o‘quv dasturi sifatida barcha talabalarga tafsir va «Qur’on ilmlari» fani ustozlari tomonidan o‘qitilib kelinmoqda. Asar uch asrdan beri qayta-qayta turli maktaba-nashriyotlar tomonidan bosilib, ayniqsa, so‘nggi asr choragida urdu va arab tillariga buyuk ustozlar tomonidan talabalarga tushunish oson bo‘lish maqsadida  tahqiq va tahlil qilinib chop qilinmoqda. Shuningdek, ushbu asarga bag‘ishlab  arab va urdu tillarida yanada batafsilroq tushuntirish maqsadida ushbu fan ustozlari tomonidan sharhlar yozilib, o‘quvchi-talabalarga hali hanuzgacha taqdim qilinmoqda[2]. Quyida kitob tuzilishi haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Har bir bob o‘zidagi  bahslarga qarab fasllarga bo‘lingan:

Birinchi bobda Qur’oni Karim ochiq-oydin dalolat qiladigan besh ilm borasida so‘z yuritiladi, u esa ikki faslga taqsimlanadi.

I bob. Qur’oni Karim  o‘zida jamlagan besh asosiy ilm:

a – Ilmul Ahkom. Bunda vojib, muboh, mandub, makruh va harom kabi shar’iy hukmlar olingan hukm oyatlari bayon qilingan.

b – Ilmul Jadal fasli. Bunda to‘rtta botil toifalar (Yahudiy, Nasroniylar, Mushrik va munofiqlar) bilan bo‘lgan o‘zaro tortishuvlar bayon qilingan. Bu fasl to‘rt mabhasga bo‘lingan.

v – Ilmut tazkir bi aalaaillah. Bunga Alloh taoloning ne’matlarini eslatish, ya’ni osmon va yerlarni yaratishi, U Zot bandalariga zarur bo‘lgan narsalarni ilhom qilib turishi va U Zot O‘zining komil sifatlarining bayoni kabi ilmlar kiradi.

g – Ilmut tazkir bi ayyamillah. Bunda Alloh taolo O‘zi  keltirgan hodisalar (itoatkorlarga in’om-ikrom qilishi va osiylarni esa azoblashi) kabi  voqealarning bayoni keltiriladi.

d – Ilmut tazkir bil mavt. Bunda o‘lim va o‘limdan keyingi holatlar (mahshar, hisob, mezon, jannat va do‘zax) kabilar bayon qilingan.

Ikkinchi bobda Qur’oni Karim  nazmidagi ma’nolarda bizning asrimizga nisbatan maxfiylik mavjudligi sabablarining bayoni borasida so‘z yuritiladi, bu esa besh faslga taqsimlangan.

Uchinchi bobda Qur’oni Karim ning nazmidagi latoyiflik va Uning go‘zal uslubini sharhlash borasida so‘z yuritiladi va bu bob to‘rt faslga taqsimlanadi.

To‘rtinchi bobda sahoba va tobe’inlar tafsirlarida va turli tafsirlarda uchrab turadigan ixtiloflar yechimi borasida so‘z yuritilib, bu bob ham to‘rt faslga taqsimlanadi.

Ikkinchi bob. Qur’oni Karim  nazmidagi ma’nolarda bizni asrimizga nisbatan maxfiylik mavjudligi sabablarining bayoni borasida so‘z yuritiladi va besh faslga taqsimlangan:

Bu bobning birinchi faslida «G‘oribul Qur’on» (ya’ni mubham va g‘arobat – kam uchraydigan Qur’oni Karim lafzlari ustida bahs olib boradigan) mavzusiga kirish bilan boshlanib, bu mavzuda eng buyuk mufassir sahoba Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu ekanliklari, shuningdek, avvalgi mufassirlar Qur’oni Karim lafzlari ma’nosi qanday bo‘lsa, shunday tafsir qilishni olgan bo‘lsalar, keyingi mufassirlar esa lafzlarni lug‘aviy va ishlatish o‘rinlari xususida ham izlanish olib borishlari borasida so‘z yuritiladi.

Ikkinchi faslda esa «Nosix va Mansuxni anglash» mavzusida bo‘lib, nasxning avvalgi sahobalar davridagi ma’nosi va ular nazdida mansux bo‘lgan oyatlar soni, shuningdek, keyingi mufassirlar asridagi mansux oyatlar soni xususida so‘z yuritiladi. Yuqoridagi ma’lumotlar aytib o‘tilgandan keyin Qur’oni Karimning avvalgi surasida uchraydigan mansux oyatlarni keltirilib, muallifning ham bu boradagi qarashlari bayon qilinadi. Xuddi shu tarzda ketma-ket mansux oyatlar uchraydigan suralar keltiriladi.

Uchinchi bobda «Qur’oni Karimning nazmidagi latoyiflik va Uning go‘zal uslubini sharhlash» mavzusida bo‘lib, bu bobning birinchi faslida Qur’oni Karimning tartibi va Undagi suralar sahobalar davrida to‘rt qismga taqsimlanishi, shuningdek, Usmon roziyallohu anhu davrlarida Qur’oni Karim  mus’hafidan bir nusxadan boshqa yurt musulmonlariga ham yuborilish sabablari va yana suralar orasida balog‘atli kalomlar ishlatilgan o‘rinlardan namunalar bilan yakunlanadi.

To‘rtinchi bob tafsir qilish uslublari, sahoba va tobe’inlarning tafsir qilish uslublarida o‘zaro voqe bo‘lib turadigan ixtiloflarni ochib berish mavzusida bo‘lib, avval mufassirlarning bir necha sinflarga taqsimlanishi va ular bu yo‘nalishda qanday yo‘l tutganliklari to‘g‘risida so‘z yuritiladi.

         Kitobning asl nusxasi dastlab muallif Shoh Valiyyulloh Dehlaviy tomonlaridan o‘sha vaqtdagi mahalliy fors tilida yozilgan. Bu tarjima Sulaymon Nadaviyning fikrlariga ko‘ra, yanada badiiylashtirishga ehtiyoji bor edi. U zot quyida buni bayon qiladilar: «Men o‘quv darslik ro‘yxatidan joy olgan ushbu kitobni o‘qiyotib, ilk bor o‘qiyotgan talabani o‘qishidek qiynalardim, biroq kitob o‘z ichiga olgan go‘zal ma’no-mazmunlar meni juda qiziqtirardi, lekin badiiy uslubi menga yoqmas edi. Mulohaza qilib aniq bildimki, muallif (Alloh taolo u zotni go‘zal mukofot ila mukofotlasin) tomonidan qilingan bu tarjima kamchilikdan xoli, uslubi ham hozirgi asrimizga mos emas edi va yana maqsadga to‘laqonli javob bermas edi. Shunday bo‘lsa-da, ushbu kitobning asliy – forsiy nusxasi ustozlar qo‘lida bo‘lgani uchun o‘sha asliy nusxasidan foydalanishar, kitobning badiiy uslubiga e’tibor qaratishmas edi. Keyinchalik men kitobni yana bir bor qayta tarjima qilish, munosib bo‘limlarga taqsimlash va o‘nlab foydalarni ochib beradigan qo‘shimcha fasllar ochishni qasd qildim»,[3] – deb qayta nashr muqaddimasida yuqorida aytilgan ma’lumotlarni keltiradilar.

         Yuqorida aytib o‘tilgan ma’lumotlardan kelib chiqqan holda shunday umumiy xulosalarni aytib o‘tamiz:

– asar forsiy tilidan o‘tgan va hozirgi davr ulamolari tarafidan arab tiliga qayta-qayta bir necha bor tarjima qilingan va unga hozirgi ulamolar tomonidan ko‘pgina sharhlar yozilgan;

– asar usulut tafsir fanida yozilgan muxtasar kitoblar ichida o‘zining ko‘p jihatlari bilan ustun hisoblanadi;

– bu kitob o‘zining go‘zal tartibi, chiroyli uslubi, ortiqchalikdan xoli ekani bilan o‘z bobida barcha muxtasar kitoblardan  ustun  hisoblanadi. Shuning uchun ham bu asar yaqin-u uzoqdagi, sharq-u g‘arbdagi barcha islom musulmonlariga yetib borib keng tarqaldi;

 – olimlar va shorihlar tomonidan ushbu «al-Favzul kabir» asariga katta qiziqish bildirganlar. Shuning uchun ham bu kitobga yozilgan tarjima va sharhlarning soni o‘n ikkitaga yetgan;

 – muallif ushbu kitobining muqaddimasida bu sohani egallashga bel bog‘lagan ahli ilmlar uchun qay darajada muhim, boshqa kitob va mufassirlarning huzurida ham topa olmaydigan qoidalarni keltirganini ta’kidlagan;

 – asarda muallif Qur’oni Karimni besh ilmga taqsimlashda qay daraja to‘g‘ri yo‘l tutgani va ularni isbotini ham keltirgan.

Xadichai Kubro o‘rta maxsus 

ta’lim muassasasi o‘qituvchisi

 Muxammadodilova Saxoba

Adabiyotlar

1. Abdulhay ibn Faxriddin Husaniy. Nuzhatul xavotir. – Dehli.  Maktabatu Hijoz, 1999.– B. 400.

2. Said Ahmad Balanpuri. Favzul kabir fi usulit tafsir. – Dehli: Maktabatu Hijaz, 2005. – B.10.

3. Said Ahmad Balanpuri. Avnul kabir sharh favzul kabir. – Dehli: Maktabatu Hijaz, 2005. – B.4.

Другие новости

MAXLUQOTLAR ALLOHGA OʻXSHAMAS
24.12.2024 2
Imom Abu Ja'far At-tahoviy o'zlarining "Aqiydatut Tahoviyya" nomli kitoblarida shunday keltiradilar: لا يُشْبِهُهُ الأنامُ Ya'ni, Alloh taologa hech narsa oʻxshamaydi.Yuqoridagi matnda kelgan أنام soʻzi 3 xil ma'noda ishlatiladi: 1.Har bir...
Подробнее
KITOB -MA'RIFAT CHIROG'I
23.12.2024 3
Dunyoni faqat ilm bilan zabt etish mumkinligi bugungi kunda hech kimga sir emas. Ilmni chuqur egallashning yo'li esa bitta – kitob o'qishdir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mutolaa haqida fikr bildirib, jumladan,...
Подробнее
Kichik amalning ulkan ajri!
23.12.2024 4
Bir hadis sharhi🌸“Suygan narsalaringizdan ehson qilmaguningizgacha, sira yaxshilikka (jannatga) erisha olmaysizlar. Nimaniki ehson qilsangiz, albatta, Alloh uni biluvchidir”-, deya marhamat qilgan Alloh taologa cheksiz hamd-u sanolar bo’lsin.“Jonim izmida bo‘lgan Zotga...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry