28.05.2025
2

JADID MA’RIFATPARVAR VA MATBUOT

Behbudiyning Samarqand gazetasi mahalliy mavzudagi muammolarni ochiqroq tarzda maydonga tashlaydi. Mahalliy savdogarlarni “tijorat ilmini bilmaganlikda yoki bilsa ham juda yaxshi bilmaslikda” ayblaydi, rus maktablarida oʻqiganlarni “millat gʻamini yemaysiz” deb tanqid qiladi, “hamma millatda boy koʻp, bizning yurt faqir va miskinlikka giriftor. Bu nechun?”[1] - deydi va unga javob berish uchun pul va mol boylik nima ekanligini bilishga chaqiradi.  Buxoro ahvolini tuzatish uchun “Turon” ga maslahat beradi.

Behbudiy tijorat ilmini egallash bilan ulkaning iqtisodiy qudratini mustahkamlashni va shu yo‘l orqali boshqa rivojlangan, iqtisodiy baquvvat davlatlar darajasiga koʻtarilish hamda mustaqillikka erishishni orzu qilgan, ana shu maqsadni koʻzlagan. Chunki oʻsha davr siyosatiga koʻra, Rossiya burjuasi bilan raqobat qilish uchun Zahar Mozorov, Sindil singari katta boylar fabrikasi, uning magazinlari bilan aloqa qilishni biladigan yangi kuchlar kerak edi. Buni milliy burjua tez tushundi, shu sababli oʻzining oʻgʻli yoki qizini Rossiyaga yuborib, savdo maktablarida oʻqitadi. Mana shu holatda ular milliy savdoni taraqqiy topishi uchun ishlash kerakligi toʻgʻrisida saboq oldilar. “Millatning koʻzini ochmoq uchun (milliy sarmoyaga xodimlar tayyorlamoq uchun) yangi maktablar, dorilfununlar, koʻpchilikni shu mafkuraga boshlash uchun gazeta va teatrlar kerak ekanini angladilar. Faqat kurash milliy savdo sarmoyasi uchun emas balki, milliy sanoat sarmoyasi uchun ham kurash lozimligini anglab yetdilar. Shundan soʻng “Ruslarni Turkistondan haydash” fikri yanada kuchaydi, milliy harakat ildiz ota boshladi. Bu kuchlar, albatta, jadidlar edi. Jadidlar hokimiyat tepasida Turkiston musulmonlari boʻlishini xohlashardi. Shu sababli ular insonlarni boy boʻlishdan qoʻrqmaslikka undab, gazeta va jurnallarda maqolalar yozishardi. Shu sababli Behbudiyning “Samarqand” gazetasi boshqa gazetalardan farqli oʻlaroq oʻtroq fikrni oʻrtaga tashladi. “Savdogarlarni tijorat ilmidan xabarsiz” deb tanqid qiladi. Rus maktablarida oʻqiydiganlarni esa “Millat qaygʻusini yemaysiz” deb tanqid qiladi. Boy boʻlishdan qoʻrqqan musulmonlarga paygʻambarimiz Muhammad sollollohu alayhi vasallam hadislaridan misollar keltiradi. Paygʻambarimiz Muhammad Mustafo sollollohu alayhi vasallam boy boʻlishga qarshi emas balki tarafdor boʻlganlarini aytadi. Bunga yana Saʼdiydan va boshqalardan dalillar keltiradi.” Har bir xalqda boy koʻp bizda esa faqir va miskinlar bu ne uchun?”-deydi-da, bu soʻroqqa javob berish uchun pul va molning, boylikning nima ekaniga chaqiradi. Oʻsha vaqtdagi har bir musulmon uchun shu narsa lozim ediki, biron molni olmoqchi boʻlsa, avvalo, oʻz musulmon qardoshlaridan axtarib, bulardan topilmasa, boshqa din vakillari yahudiy yoki majusiylardan olish ular uchun shart edi. Lekin nachora-ki, musulmonlar avval yahudiy va majusiyni oldiga borib ularda mol topilmasa, soʻng nochor musulmondan olar edilar. Musulmonlar bu noittifoqliklari sababidan, yahudiy va majusiyning doʻkoni toʻla, musulmonning doʻkonida xaridor yoʻqligidan yotib uxlardilar.

Bu davrda yahudiy va Hindiston savdogarlari musulmonlarga qaraganda dunyo koʻrgan oʻqigan boʻlar edi. Musulmonlar esa savdo ilmida hali ancha orqada qolgandilar. Bu ilmsizlik va shafqatsizlik esa “millatning boshiga”[2] kelgan balo edi. Musulmonning qimmat molidan qochib yahudiy yoki majusiyning moliga yopishardilar. Mana, millatning “ongsizligi” qayerda? Rus milliy sanoati oʻsgandan oʻsa boradi. Rus milliy sanoati oʻsgandan oʻsaverdi. Turkistonning tabiiy boyligini xom holda olib ketib, pishirib keltirib, qimmatiga pullaydi. Ammo milliy omma jadidlarning bu gʻoyalarini u qadar tushunib yetmaydi. Ular oʻz harakatlarini turli yoʻllar bilan davom ettiraveradilar. Yangi maktab ochish ishlari bilan shugʻullanadilar.” “Jamiyati xayriya” ochiladi. Teatr truppalari va qiroatxonalar vujudga keltiriladi. Davlat va hukumatga shaxslar yetkazish uchun Rossiyaga va uxroviy ilmlar tahsil qilib kelish uchun Misrga talabalar yuborish masalasi ogʻizdan matbuotga koʻchadi. Sabab chor Rossiyasining mustamlakasiga qarshi turadigan va kurashadigan ilmiy, siyosiy, kuchlar tayyorlashdir. Bu haqda Mahmudxoʻja Behbudiy hazratlari “Shuhrat[3] gazetasida shunday deydilar: “Soʻngra bularning Misrdan kelgani olimi diniy zamoni, Peterburgdan kelgani olimi dunyoviy zamoni boʻlib, din va millatimizning dunyo va oxirat obod boʻlishimizga sabab boʻladurlar. Peterburgdagi tibbiya, huquqiya, hakimiya, taʼlimiya va adliya maktablarida oʻqugʻonimiz, tabib, muallim, ahli huquq va hakim boʻlib, davlat ishlariga va hukumat mansablariga aralashib, bizga naf yetkarurlar. Oʻzimizdan doxtur, tabib, gimnaziya muallimi va advokat, injener va sud va hokim va uyazniy nachalnik boʻlsa, yomon boʻlurmi? Albatta, yaxshi boʻlur. Bu ilmlardan oʻqub yuqorida bayon boʻlgʻon podshohlik mansablariga kirib, din va millat, vatan va davlatga xizmat qilmoqni shariat aslo man qilmaydir. Rusiya zakonlari ham qabul qilur”. (Shuhrat 9- son.)

       Albatta, oʻzimizdan adliya ishchilari, doktorlar, oʻqituvchilar, imjinerlar yetishsa, yomonmi? Vatanni, millatni mudofaa qiladi. Ilmsiz, hunarsiz, chor Rossiyasini Turkiston yerlaridan chiqarish oson ish emas edi. Biroq, 1905-1908-yillarda davom etgan bu gazetalarni hammasini Chor Rossiya oxraliklari tomonidan berkitildi.

      1912- yilda jadidizm harakati butun oʻlkaga tomir otgan, madaniyat uchun kurash maorif, orqali milliy ozodlikka chiqish vazifalarini bajarish Buxoro, Samarqand va Qoʻqon shaharlarida ham ochiq ravishda boshlanib ketgan edi. 1913- yildan boshlab, bu shaharlarda gazeta va jurnal ishlab chiqarish keskinlashib koʻpayib ketgan edi. Buxoroda “Turon”, “Buxoroi sharif”, Samarqandda “Samarqand”, Qoʻqonda “Sadoi Fargʻona”, Toshkentda “Sadoi Turkiston” gazetalari chiqa boshladi. Jadidlar tili bilan aytganda bu gazetalar “Millati islomiyaning saodati va islohiga musulmonlarni madaniyat va funun zamonidan naflanmoqlari uchun” chiqarilgan edi. Bu ahvollarni tuzatish uchun pul va moddiy yordam kerak boʻlardi. Behbudiy hazratlari mana shu holatni tuzatish uchun “Turon”ga yordamga boradilar: “Buxoro maktablarining islohi uchun Kavkaz, Tatariston va Istanbulni islomiy oʻrta maktablarini tamom qilgan buxoriy kerakdir, Buxoro madrasasining islohi va taraqqiysi uchun Hijoz, Misr madrasasi diniyalarinda xatm qilgan kishilar kerakdir. Buxoroda tijorat, Ziroat va sanoatni taraqqiy qildirish uchun Russiyaning oʻrta va oliy maktablarida xatm ulum zamonida etgan muhandis muqtasid (zamoni olim) kerakdur…” (Samarqand gazetasi)[4].

Behbudiy hazratlari boy boʻlishning ahamiyatini yolgʻiz gazetada emas, “Oyna” jurnalida ham talqin qiladilar. Bunga isbot sifatida Paygʻambarimiz Muhammad sollollohu alayhi vasallam tiriklik chogʻlarida boy sahobalar va undan keyingi mashhur dindor va avliyolarni ibrat sifatida keltiradilar.

“Asharai mubashsharadan Abdurahmon ibn Afv[1] hazratlari tijorat ilmida eng mohir ashoblardan edilar. Yoshligidan boshlab tijoratga kirishmishlar, Shom va Yaman taraflariga savdo ila borib va savdogarlikka koʻp ixlosi boʻlib, koʻproq qizil mol ila kasb etar edi…”

“Rusning sababi biz Russiya tabaqasi va grajdanimiz, ruslar ila baravar huquq madaniyat va mulkiyga molikmiz. Ammo beisteʼdodligimizga taassuf qilurmiz. Bank va savodxonlar, sud mahkamalari, notarius, temir yoʻl, xullas zamonining paydo qilgan har bir yangi narsalariga muhtoj boʻlsak, avvalgi qadamda ruscha bilmoq lozim kelur….” (“Oynaʼʼ jurnalidan)

“Sadoi Turkiston[2] gazetasi 1914-yil, aprel oyidan boshlab dunyo koʻrdi. Haftada 2 marta chiqadigan adabiy, fanniy gazetadir. Muharriri Ubaydulloxoʻja Asadullaxoʻjayevdir. Bu kishi arabcha yozish — oʻqishni bilmaydi. Shu sababli, bosh maqolani Munavvarqori va Abdurauf Muzaffarov yozib berar edi. Tatar liberal burjuasining fikr tarqatuvchisi “Vaqt” gazetasiga uning nashri “Shoʻro” jurnalini taʼqib qilib, shuning yoʻlidan borishga intildi. Undan maqola va xabarlar koʻchirib asta sekin harakat qildi. Misr, Hindiston, Arabiston, Turkiya va boshqa yerlardagi musulmonlar ahvolidan xabar berib turdi. Millat ziyolilarni koʻpaytirish yoʻlida koʻplab harakatlar qildi. Zakot, roʻza, haj masalalari bilan ham shugʻullanib bosh qotirdi. Dinning ahamiyati haqida Rauf Muzaffarov shunday deydi: “har narsaning taʼrifi boʻlganini kabi, dinning ham taʼrifi bordir. Muallimlarga din darslari vaqtida jiddiy ehtiyot ila amal qilmoq va shogirdlarga diniy fikrlarni soʻng darajada yengil va ochiq ifodalar ila talqin etmoq lozim.

Bu gazetaning 66 soni chiqib moddiy ahvolining tangligidan yotib qoldi. Masʼul mudir Ubaydullaxoʻja teatr truppasi tuzib, butun Fargʻonani aylanib chiqdi. Lekin undan toʻplangan mablagʻ gazetani davom ettirish uchun yetarli boʻlmadi. Tili boshqa gazetalarga qaraganda soddaroq, tiraji yozilmagan. Mix bosma yaxshi qogʻozga yozilgan. Turkiston xotin-qizlari ilmli, madaniyatli boʻlish bilan birga jamiyatning barcha jabhalarida erkaklar bilan barobar ishtirok etishlari shartligi haqida ajoyib fikrlar ham oʻrtaga tashlandi. Masalan, Sora Muzaffariya “Ayb o‘zimizda” nomli maqolasida (“Sadoi Turkiston”, 1914-yil, 36-son) yozadi: “Bizda isteʼdod ham bor, qobiliyat ham bor. Ong va fikr ham bor. Bir uy ichigina emas, baʼzi erlar ham oʻrniga keltira olmaydigan, mamlakatlar torapaduryun quvvat ham bor”. To‘rt devor ichida asiraga aylangan, mute, kundoshchilik azobidan qalbi pora Sharq ayolining Ovrupo ayollaridek erkaklar bilan teng huquqli hayot kechirishi mumkinligi haqida mushohada yuritar ekan, Sora Muzaffariya oʻzbek xotin-qizlarini birlashishga, eskicha hayot tarzini isloh qilishga chaqiradi: “Ey, turk xotuni! Xalqimiz bizga salomat aql va fikriy boʻlgan isteʼdod va qobiliyat bergon-ku! Oni dunyoga chiqorishdan manʼ qilmoqqa kimning haqqi bor!”[3].

 Albatta, munozara va bahs bor joyda tanqid ham bor. Zotan, ular oʻzaro ajralmaydigan, aksincha, biri-birini toʻldiradigan hodisalardir. Lekin taraqqiyparvarlar tanqidining uziga xos yoʻnalish va maqsadlari bor edi. Asosiy yoʻnalishlaridan biri maishatni tanqid qilish bilan belgilanardi. Bu hol o‘z davrida juda oʻtkir qirralari bilan namoyon boʻldi. Maʼrifatparvarlar millatni benihoya sevar edilar, binobarin tanqidlari ham sevgilari qadar shiddatli va ayovsiz edi[4].

“Sadoi Fargʻona”[5] Fargʻonada chop birinchi marta oʻzbek tilida chop etilgan gazeta. Muharrir va noshir - Obidjon Mahmudov. Tiraji 500-600 boʻlib, haftada 3 marta chiqar va oʻquvchisi kam boʻlganligi sababli qoʻlda sotilar edi. 1914-yil 3- aprelda chiqqan bu gazeta, shu yilning noyabr oyida yopildi. “Sadoi Farg‘ona”ning maqsadi haqida uning noshiri va muharriri Obidjon Maxmudov gazetaning 1- sonda bosilgan “Maqsad va maslak” maqolasida shunday yozadi: “Gazetani nashr etishdan maqsadimiz tijorat emas, balki xalqimizga qo‘limizdan kelgan qadar xizmat etmoqdir. Xalqimizda matbuot va jarida milliyga kundan-kun shavq va ragʻbat oʻzgardi. Gazeta moddiy jihatdan taʼminlangan”. Gazetaning ana shu 1-sonida Ashurali Zohiriy qalamiga mansub boʻlgan “So‘z boshi” maqolasi ham bosilgan boʻlib, unda nihoyatda muhim, juda ajoyib ijtimoiy-siyosiy, adabiy-falsafiy gʻoya ilgari suriladi. Bu maqolada aytiladiki, “Gazeta har millatning tilidur, gazetasiz millat tilsizdir. Zero, tili va adabiyoti yuk millat millat emasdur”[6].

Demak, gazeta va adabiyot har bir millatni millat sifatida koʻrsatuvchi, millat sifatida shakllantiruvchi eng asosiy koʻrsatgich, sifat, xususiyatdir. Bunday bir ulugʻ, zo‘r ijtimoiy-siyosiy gʻoya birinchi bor Ashurali Zohiriy tomonidan “Sadoi Fargʻona” gazetasida, uning 1914-yil chop etilgan 1-sonida ilgari surilgan. Buni shuning uchun ham alohida taʼkidlab aytmoqda-mizki, “adabiyoti yuk millat millat emasdir. Adabiyoti yuk, millat o‘lik millatdur”, degan fikrni shu paytgacha biz birinchi boʻlib Choʻlpon oʻzining “Adabiyot nadur?” 1-maqolasida aytgan deb hisoblab kelgan edik. Vaholanki, aslida bunday emas ekan. Ashurali Zohiriy oʻzining ushbu maqolasida yozadi: “Gazeta har millatni tarjimonidirki, bilmagan narsalarini bildirur va ham millatning muddaosini boshqalarga bildirur. Yana bir so‘z bilan aytilsa, gazeta xar millatning tilidir, gazetasiz millat tilsizdir. Zero, tili va adabiyoti yuk millat millat emasdir. Har kimning dunyoda tirik turmagi uchun havo bilan suv qanday lozim boʻlsa, har qavmning hayoti va saodati uchun ul millatning matbuoti va adabiyoti bo‘lmog‘i lozim”[7].


 

[1] Haqiqiy ismi Abdul Amr.Islomga kirishi bilan Rosululloh sollollohu alayhi vasallam Abdurahmon deb ism qo‘ydilar.Abdurahmon ibn Avf( jannat bashorati berilgan 10 kishidan biri).

[2] Abduazizova N. Turkiston matbuoti tarixi. – Toshkent: Akademiya, 2000. –B 44.

 

[3] Mustafoyeva N. Ayol yuksaltirur bashariyatni. – Toshkent: Tafakkur. №1, 2000. –B 119-120.

[4] Abduazizova N. Turkiston matbuoti tarixi. – Toshkent: Akademiya, 2000. –B 127.

[5] Abduazizova N. Turkiston matbuoti tarixi. – Toshkent: Akademiya, 2000. –B 48.

[6] Садои Фарғона. – Қўқон. №1, 1914. –Б 8.

[7] Садои Фарғона. – Қўқон. №1, 1914. –Б 11.
 

[1] Abduazizova N. Turkiston matbuoti tarixi. – Toshkent: Akademiya, 2000. –B 85.

 

[2] Зиё Саид Туркистон матбуоти тарихи. – Тошкент, 1970. –Б 100.

 

[3] Зиё Саид Туркистон матбуоти тарихи. – Тошкент, 1970. –Б 112.

 

 

[4]Abduazizova N. Turkiston matbuoti tarixi. – Toshkent: Akademiya, 2000. –B 42.

Другие новости

Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar targ‘iboti
26.05.2025 4
KirishVijdon erkinligi — insonning o‘z e’tiqodini tanlash, unga amal qilish yoki rad etish huquqi bo‘lib, bu huquq har bir fuqaroning eng asosiy insoniy huquqlaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ham bu...
Подробнее
JADID MA’RIFATPARVAR VA MATBUOT
19.05.2025 10
Jadid milliy matbuoti XX asrning boshlaridan jadidlar tomonidan chiqarila boshlangan. Bunga sabab Rossiya imperiyasi hududidagi ijtimoiy-siyosiy holat sabab boʻlgandi. Rossiyada sodir boʻlgan 1905-1907- yillar inqilobi va mamlakatda sodir boʻlayotgan monarxiya...
Подробнее
MUSULMONLARNING BOSHQA DIN VAKILLARIGA BO'LGAN MUNOSABATLARI
01.05.2025 24
Qur’oni karimda ham hadislarda ham boshqa din vakillariga qanday munosabat qilish lozimligi haqida ko’plab ko’rsatmalar kelgan. Islom dini tinchlik dini bo’lganligi uchun har qachon insonlar o’rtasida totuvlikni ta’minlashga uringan. Tarixdan...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry