23.12.2024
148

Kichik amalning ulkan ajri!

Bir hadis sharhi🌸

“Suygan narsalaringizdan ehson qilmaguningizgacha, sira yaxshilikka (jannatga) erisha olmaysizlar. Nimaniki ehson qilsangiz, albatta, Alloh uni biluvchidir”-, deya marhamat qilgan Alloh taologa cheksiz hamd-u sanolar bo’lsin.
“Jonim izmida bo‘lgan Zotga qasam, sadaqa bilan mol kamaymaydi”-, deya saxiylikda insoniyatga o’rnak bo’lgan Rasululloh sollallahu alayhi vassalamga salovat-u salomlar bo’lsin.
Islom dinida kichik tortiqlar uchun ham ulkan ajrlar beriladi. Alloh taolo muhsin bandalarini sevishini bayon etib, “Oli Imron” surasining 134-oyatida: “Ular (taqvodorlar) farovonlik va tanglik kunlarida ham xayr-cadaqa qiladigan, g‘azablarini yutadigan, odamlarni (xato va kamchiliklarini) kechiradiganlardir. Alloh ezgulik qiluvchilarni sevar”,-deb marhamat qilgan.
Qolaversa, saxovatning fazilati uning ko‘p yoki ozligi bilan belgilanmaydi. Buning misolini Oisha onamizdan rivoyat qilingan quyidagi hadisning sharxida ham ko’rishimiz mumkin:

Oisha roziyallohu anhu bir kuni Rasululloh sallollohu alayhi vasallamdan soʼradilar:
-Ey Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam), qaysi narsalarni insonlarga berishdan toʻsishlik mumkin emas?
-Suv, tuz, olov-,deya javob berdilar.
Oisha onamiz yana soʼradilar:
-Ey Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam), suvni nima uchun berishdan toʼsish mumkin emasligini bilamiz. Lekin tuz va olov nima uchun?
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam javob berdilar:
-Ey Humayro, kim olov bersa goʼyoki u olov bilan pishirilgan barcha taomlarni sadaqa qilgan kabi boʼladi. Kim tuz beradigan boʼlsa xuddi oʼsha tuz orqali shirin boʼlgan barcha taomlarni sadaqa qilgan kabi boʼladi.
Kim bir musulmonning suvi boʼla turib unga suv bersa bir qulni ozod qilishlik savobi beriladi. Suvi boʼlmagan vaqtda unga suv beradigan boʼlsa xuddi bir insonni tiriltirgandek ajrga ega boʼladi"

Hadisdan olinadigan foydalar:
🍃 Oisha onamizning zakiyliklari, har bir narsaga eʼtibor berib, oʻz ilmining sohibidan soʼrab olishlari.
🍃Oisha onamizning biror masala yuzasidan savol soʼraganlarida shunchaki bilish bilan kifoyalanmay, mohiyatini bilishga intilishlari, har bir narsani chuqur oʻrganishga boʼlgan harakatlari.
🍃 Oisha onamiz qayta savol soʼraganlarida Rasulimiz sollallohu alayhi vasallamning gʼazablanmasliklari, "Shuni ham bilmaysizmi?"-, demay, aksincha, Oisha onamizni erkalab oʼz ismlari bilan emas "Humayro" (qizil yuzligim)-,deya javob berishliklari.
🍃 Qoʼshnilarimiz gugurt, yoki dam olish vaqtlarimizda biroz choʼgʻ, biroz tuz soʼrab chiqqan insonlarga oʼsha zahotiyoq yordam berishga oshiqishligimiz, Robbimiz Alloh taoloning oʼz fazli bilan kichik narsalarda ham biz uchun bitib qoʼygan ulkan ajr-savoblarini qoʼlga kiritishda jidd-u jahd qilishimiz...

Biz yaxshi bilishimiz kerakki, saxovat dunyoda ham baraka keltiradi, oxiratda ham ulkan ajrlarga sabab bo‘ladi. Shu bilan birga, xayr-u saxovat insonlar o‘rtasida mehr-muhabbat va oqibat rishtalarini bog‘lashga, o‘zaro hurmat va totuvlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Qilinadigan xayr-u ehsonning ko‘pi va ozida chegara yo‘qdir. 
Bir inson mol-dunyosi ko’p bo’lganda ham, yo‘q holicha ham ehson qilsa ham uning himmatiga yarasha Alloh taolo o‘z xazinasidan ajr-mukofot ato etadi. Zero, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar:  “O‘zlaringiz va o‘liklaringiz uchun bir qultum suv bilan bo‘lsa ham sadaqa qilinglar!”

Odatda saxiylikni ko‘proq badavlat odamlardan kutamiz. Aslida, har birimiz qurbimiz yetganicha, imkoniyat darajasida saxovat ko‘rsatishimiz , kichik tortiqlar orqali ham  Alloh taoloning rahmatiga erishishga intilishimiz, yarimta xurmo orqali ham do’zax azobimizdan o’zimiz va yaqinlarimizni qutqarishlikka sababchi bo’lishimiz lozim.
Zero, Anas ibn Molik raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam:  “Albatta, sadaqa Parvardigorning g‘azabini o‘chiradi va yomon o‘limni daf qiladi”, − deganlar.

Xadichai Kubro ayol-qizlar islom ta‘lim muassasasi o'qituvchisi J.Jamol qizi

Другие новости

Zaif va ohad xabarlarga amal qilishning hukmi
03.08.2025 17
Zaif hadisning ta’rifi: Zaif so‘zi lug‘atda ismi foil bo‘lib, o‘zagi ضعف يضعف fe’li, beshinchi bobdan olingan. Zaif so‘zining antonimi "quvvatli" degan ma’noda. Zaif bo‘ldi iborasining ma’nosi: kuchi yoki sog‘lig‘i yo‘qoldi,...
Подробнее
Ilmning Fazilatlari
09.07.2025 35
Islom dini ilm-fan, tafakkur va aqlni yuksak qadrlagan dindir. Ilm — insonni jaholat zulmatidan najot topishga, to‘g‘ri yo‘lni tanlashga, Alloh taologa yaqinlashishga yordam beradigan eng ulug‘ ne’matlardan biridir. Ilmning fazilati...
Подробнее
QABUL - 2025
28.06.2025 55
#qabul_2025QABUL - 2⃣0⃣2⃣5⃣✅ "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasida 2025-2026 o‘quv yili kunduzgi ta’lim uchun abituriyentlarning hujjatlari offlayn shaklda qabul hay’ati tomonidan 2025-yil 25-iyundan 20-iyulgacha qabul qilinadi.📝 QABUL...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry