10.04.2025
8

MOTURIDIYLIK TA’LIMOTIGA KO‘RA MUTASHOBIH OYATLARNING HUKMI

Qur’on oyatlari va hadisi shariflar ma’no jihatidan ikki qismga: muhkam va mutoshobihga bo‘linadi. Bu haqida Oli Imron surasida shunday deyilgan:

“U sizga kitobni tushirgan Zotdir. Unda muhkam oyatlar ham bor va ular kitobning aslidir va mutashobih (oyat)lar ham bor...”(Oli Imron surasi, 7-oyat)

Oyat  va hadislarning asosiy qismi muhkam hisoblanadi. Ularning ma’nosi       ochiq-oydin bo‘lib,  boshqa ma’noga burib bo‘lmaydi va to‘g‘ridan to‘g‘ri oyatning ma’nosiga e’tiqod qilinadi. Masalan, Ixlos surasini olishimiz mumkin. 

Bundan tashqari mutashobih oyatlar ham bor bo‘lib, uning haqiqiy ma’nosidan boshqa ma’nolari ham bo‘ladi. Alloh taoloning sifatlari kelgan mutashobih oyatlar ham borki,  bunday oyat va hadislarni  zohiriy ma’nosini ya’ni haqiqiy, asl ma’nosini olib bo‘lmaydi, to‘g‘ridan to‘g‘ri oyatning ma’nosiga e’tiqod qilib bo‘lmaydi. Chunki bunday oyat va hadislarning zohiriy ma’nosi asos bo‘lgan muhkam oyatlarga zid kelib qoladi.

Masalan, Alloh taoloning sifatlari kelgan mutoshobih oyat va hadislarning haqiqiy ma’nosidan Alloh taoloda qo‘l, yuz,  qadam kabi a’zolar borligi yoki tepada, osmonda kabi tomon va  makonda ekanligi tushuniladi. Masalan, Sod surasining 75-oyatida shunday marhamat qilinadi:

“UZot: “Eyِ iblis, O‘zِ “yadim” (qo‘lim) bilanِ yaratgannarsagasajdaqilishingdanseninimamanqildi?!” Toha surasida Alloh taolo:

“U- Rohman arshni egalladi”, deya marhamat qiladi.

Ushbu va boshqa bir qancha oyatlarning zohirida Alloh taolo  o‘ziga nisbatan qo‘lni va arshga istivo qilganini ya’ni qaror topganini yoki osmonda ekanini  xabarini bergan. 

Ammo muhkam oyat va hadislarda Alloh taolo barcha narsalarni O‘zi yaratgani va yaratilgan mahluqotlardan birortasi O‘ziga o‘xshamasligi, a’zo va tarkiblardan xoli ekanini bayon qilgan. Shuningdek,  tomon va makon, osmonu yerlarni, buyuk arshni  ham O‘zi yo‘qdan bor qilgani, osmon,  tepa va pastliklar yo‘qligida ham Alloh azaldan bor bo‘lgani, zamon va makonlarga va maxluqotlar muxtoj bo‘ladigan har qanday narsalardan mutloqo behojat Zot ekanligini xabarini bergan. Bunday e’tiqod qilish barcha payg‘ambarlar, sahobalar va ahli sunna ulomalarining dinidir.

Jumladan Shuro surasining 11-oyatida: 

“U zotga  o‘xshash hech narsa yo‘qdir” ya’ni Alloh taoloning zotiga ham, biror sifatiga ham o‘xshash biror zot yo‘q. Oli Imron surasining 97-oyatida:  “Alloh taolo olamlardan behojatdir” ya’ni makonlaru taraflardan, boshqa maxluqotlar muhtoj bo‘ladigan a’zolardan behojat ekanini bayon qilgan.

Bunday holatlarda mutoshobihlar muhkamlarga qaytariladi va ular  asosida tushuniladi. Buning ikkita yo‘li bor bo‘lib, ta’vil va tafviz deb nomlanadi.

Salaf ulomalarimizning aksar holatlarda  tafviz yo‘lini mahkam tutishgan:

Bunda avvalo, bunday oyat va hadislardan zohiriy ya’ni, insonlarningِ zehniga ilkِ keladiganِ ma’noِ, masalan “yad” deganda biz biladigan a’zo ya’ni  qo‘l  iroda qilinmagan. Balki, majoziy ma’no iroda qilingan bo‘ladi. Bunga ahli sunna val jamo’a ulamolarining barchasi ittifoq qilishgan. Ammo ma’joziy ma’nolar bir nechta bo‘lishi mumkin. Masalan “yad” so‘zining o‘zini arab tilida bir necha ma’joziy ma’nolari bor. Bunga hukm qildi, yordam-nusrat berdi, ne’mat berdi, amr qildi, kuch-qudrat kabilarni misol qilib keltirish mumkin. Bularning qaysi biri oyatdagi “yad” ekanligini bilish uchun esa qat’iy dalil yo‘q. Shuning uchun ham aksar salaf ulamolarlarimiz bu ma’joziy ma’nolardan aynan qaysi biri nazarda tutilgan ya’ni Alloh taolo bu bilan nimani iroda qilganini Alloh taoloning  O‘ziga tafviz qilamiz ya’ni ma’nosini Allohning  o‘ziga havola qilib, nimani iroda qilgan bo‘lsa men ham shunday e’tiqod qilaman deb, aytamiz deganlar.
        Xalaf ulamolarimiz esa aksar holatda ikkinchi ya’ni  ta’vil yo‘lini tutishgan:

  Bunda Alloh azza va jallaga nisbatan ishlatish to‘g‘ri va munosib keladigan, muhkam oyatlarga zid kelib qolmaydigan, arablarning lug‘at va urf odatlariga to‘g‘ri keladigan  ma’joziy ma’nolardan biri oyatlarning mazmuniga ko‘ra  tanlanadi. Masalan, “yad”dan bu oyatda ne’mat iroda qilingan, bu oyatda nusrat,  yordam nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin. Biroq haqiqiy ma’nosini baribir Alloh taoloning  O‘zi biladi deyiladi.

Bu ikki yo‘l ham Ahli sunna val jamoa’ nazdida to‘g‘ri hisoblanadi. Oyatning zohirini olish noto‘g‘ri e’tiqodga sabab bo‘lib qolgani uchun mana shu yo‘llardan birini tanlash lozim bo‘ladi. Aks holda Alloh taoloni bandalarga o‘xshatib qo‘yish, U Zotga loyiq bo‘lmagan sifatlarni nisbat berish kelib chiqadi. Parvardigori olam barcha aybu nuqsonlardan pok Zotdir.

 

                                               “Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim 

                                      muassasasining aqoid fani o‘qituvchisi S.Muxamedxodjayeva 

Другие новости

RAMAZONDAN KEYINGI IBODAT MAVSUMI
14.04.2025 4
Butun dunyo musulmonlari bir oy davomida Alloh taologa yaqinlashishga to‘la bo‘lgan iymon muhiti ichida yashadilar. Ramazon — bu rahmat va mag‘firat oyi, ibodat va itoat oyidir. U tez keladi va...
Подробнее
Mahmudxo’ja Behbudiy asarlarida islom dini
14.04.2025 4
“Oyna” jurnalida aqidaga doir maqolalarni o‘z bilganimizcha tahlil qildik. Shu bilan bir qatorda fiqhiy masalalarga oid maqolalar ham bir qancha. Ular quyidagi mavzular ostida berilgan. Hozir ulardan bir nechtasini keltirib,...
Подробнее
Mahmudxo’ja Behbudiy asarlarida islom dini
11.04.2025 7
Mahmudxo‘ja Behbudiy hazratlari noshir mutafakkir, yozuvchi, dramaturg bo‘lish bilan birga diniy ilmlarni ham puxta egallagan olim edi. U zot hazratlari yoshlik vaqtlaridayoq Qur’oni karimni to‘liq yod olib qorilik maqomini olgan....
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry