13.06.2025
25

"ALLOH NOZIL QILGAN NARSA BILAN HUKM YURITMAGANLAR KOFIR" MI?


Ayrim toifalar demokratiyani kufrda ayblash, Konstitutsiyani kufr nizomi sifatida baholash borasida o'zlarining buzg'unchi g'oyalarini jamiyatda keng yoyish maqsadida Qur'on karimning Moida surasi 44-oyatidan ustalik bilan foydalanmoqdalar. Ushbu oyatda Alloh taolo shunday degan:
"Kim Alloh nozil qilgan narsa ila hukm yuritmasa, o'shalar kofirlardir" (Moida surasi, 44-oyat).
Ularning qarashlariga ko'ra ushbu oyatga muvofiq bugungi kundagi Konstitutsiyaga amal qilayotgan, qonunlar loyihasini ishlab chiqayotgan barcha insonlar kofir hisoblanadi. 
Yuqorida keltirib o'tilgan Moida surasining 44-oyatining tafsirini o'rganishlar davomida malum bo'ldiki, ulamolar mazkur oyatni 3 xil ma'noda tafsir qilishgan:
1. Ushbu oyati karimada Islom millatidan chiqaradigan kufr nazarda tutilmagan, balki gunohkorlik nazarda tutilgan.
Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan ushbu oyat tafsirida quyidagi izohlarni naql qilingan:
"Bu sizlar hisoblaydigan kufr emas. Shubhasiz,"u musulmon millatidan chiqaradigan kufr emas" (Imom Hokim va Bayhaqiy rivoyat qilgan, Imom Hokim bu rivoyatni sahih degan).
Ibn Abbosning bu oyat borasidagi fikriga minglab ulamolar ittifoq qilishgan.

2. "Kimki, Qur'onni rad etgan holda, Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning so'zlarini inkor etgan holda "Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm qilmasa," ana o'sha kofirdir".
Imom Faxriddin Ar-Roziy o'zining "At tafsir ul-kabir" kitobida Ikrimadan ushbu oyat borasida : Allohning qonuni bilan uning haqligini qalbi va tili rad etgan holda hukm qilmaydiganlarga ishoradir. Kimki, Allohning hukmini qalbi va tili bilan haq deb bilsa, lekin u bilan hukm qilmasa, kofir deyilmaydi" degan  rivoyatini keltiradi. 
Imom Al-G'azzoliy o'zining "Al-Mustasfa" kitobida mazkur oyat borasida shunday deydi:
"Ushbu oyat Alloh taoloning hukmlarini rad etgan va yolg'onga chiqargan holatda hukm qiladiganlar xususidadir"(1-juz, 168-bet)
Demak, oyati karimaning shu tafsiriga ko'ra tushunadigan bo'lsak, Konstitutsiyaga amal qilayotgan, qonunlar loyihasini ishlab chiqayotgan barcha insonlar kofir hisoblanmaydi. Bu qoidalar Allohning shariatiga xilof kelmaydigan qoidalar bo'lib, insonlarni dunyo ishlarini tartibga solib turuvchi nizom hisoblanadi. Vaholanki, Rosululloh sallallohu alayhi vasallam ham sahobalarga qarata:
"Sizlar dunyoyingiz ishini biluvchiroqsiz", - deganlar. (Imom Ibn Xuzayma "sahih" da rivoyat qilgan).

3. Ushbu oyati karimada yahudiylarning kofirlari haqida nozil bo'lgan. 
Sha'biy rohmatulloh alayh oyatdagi hukm yahudiylarga xos deganlar. Demak mazkur oyatning ma'nosi taqdiran quyidagicha: "Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm qilmagan yahudiylar, ana o'shalar kofirdirlar"(Jomi'u ahkomil Qur'on).
Ushbu oyatning nozil bo'lish sababbiga qaraladigan bo'lsa, o'z dinlariga amal qilmay, Tavrotga xiyonat qilgan yahudiylar haqida ekanligi malum bo'ladi. 
Moida surasining 44- oyati  borasida qilgan qisqacha tafsirlarga xulosa qiladigan bo'lsak, ixtilof chiqarayotgan tomonning mazkur oyati karima to'g'risida qilayotgan da'volari mutlaqo xato, noto'g'ri ekaniga guvoh bo'lamiz. Bu da'volarini ro'kach qilgan holada qanchadan qancha yurtimizdagi musulmonlarning pok qalblariga shubha, iymonsizlikda ayblamoqdalar. Bu esa, yurt tinchligi, mamlakat farovonligi, o'zaro totuvlikka rahna solib kelmoqda. Agar biz yuqoridagi oyatni asl ma'no mazmunini tog'ri anglasak, iymonizga zarracha shubha yetmaydi.
 

Tayyorladi: Ta’lim muassasasi o‘qituvchisi Ibrohimova FotimaTayyorladi: Ta’lim muassasasi o‘qituvchisi Ibrohimova Fotima

Tayyorladi: Ta’lim muassasasi o‘qituvchisi Ibrohimova FotimaTayyorladi: Ta’lim muassasasi o‘qituvchisi Ibrohimova Fotima

Tayyorladi: Ta’lim muassasasi o‘qituvchisi Ibrohimova Fotima

Tayyorladi: Ta’lim muassasasi o‘qituvchisi Ibrohimova Fotima

Другие новости

Ilmning Fazilatlari
09.07.2025 1
Islom dini ilm-fan, tafakkur va aqlni yuksak qadrlagan dindir. Ilm — insonni jaholat zulmatidan najot topishga, to‘g‘ri yo‘lni tanlashga, Alloh taologa yaqinlashishga yordam beradigan eng ulug‘ ne’matlardan biridir. Ilmning fazilati...
Подробнее
QABUL - 2025
28.06.2025 16
#qabul_2025QABUL - 2⃣0⃣2⃣5⃣✅ "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasida 2025-2026 o‘quv yili kunduzgi ta’lim uchun abituriyentlarning hujjatlari offlayn shaklda qabul hay’ati tomonidan 2025-yil 25-iyundan 20-iyulgacha qabul qilinadi.📝 QABUL...
Подробнее
Bid’at tushunchasi, uning turlari va hukmlari
20.06.2025 20
Bid’at tushunchasi, uning turlari va hukmlari"Bid’at" so‘zi lug‘atda bir narsani yangitdan paydo qilish ma’nosini anglatadi."Bid’at"ning shar’iy istilohi – ta’rifiga keladigan bo‘lsak, ulamolar bu masalada bir xil fikrga ittifoq qilmaganlar. Mazkur...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry