24.11.2025
20

MUTASHOBIH OYATLAR BORASIDA SALAF VA XALAF ULAMOLARINING QARASHLARI

MUTASHOBIH OYATLAR BORASIDA SALAF VA XALAF ULAMOLARINING QARASHLARI

 

Qur’on oyatlari ma’no jihatidan ikki qismga: muhkam va mutashobihga bo‘linadi. Bu haqida Oli Imron surasining 7- oyatida shunday deyilgan:

هُوَ الَّذِي أَنْزَلَ عَلَيْكَ الْكِتَابَ مِنْهُ آيَاتٌ مُحْكَمَاتٌ هُنَّ أُمُّ الْكِتَابِ وَأَخَرُ مُتَشَابِهَاتٌ [1]

U sizga kitobni (Qur’onni) nozil qilgan Zotdir. Unda shu kitobning “onasi” sanalmish “ma’nosi” aniq oyatlar va (shu bilan birga) yana mutashobih (ma’nosi o‘zidan boshqaga noma’lum) oyatlar ham bor.[2]

 Qur’oni Karimda kelgan muhkam-oydin oyatlarning ma’nolari ravshan, tushunilishi ham oson. “Ular Kitobning aslidir”, ya’ni o‘sha muhkam oyatlar Qur’onning aslini tashkil qiladi. Shu bilan birga, Alloh iroda qilgan hikmat uchun Qur’onda mutashobih — bir-biriga o‘xshash ma’nolarni bildiradigan, turlicha ma’noga burish mumkin bo‘lgan oyatlar ham bor. Lekin bular juda oz bo‘lib, kishilarning iymonini sinashga xizmat qiladi.

Mutashobih oyatlarning ma’nolarini bandalarning bilishlari mumkin yo mumkin emasligi haqida ahli sunna ulamolarining ikki xil mashhur qarashlari bor: Jumhur mutakallimlar va faqihlarning qarashlari: mutashobih oyatlarning ta’vilini faqat Alloh biladi, boshqa hech kim bilmaydi. Ibn Abbos, Mujohid va Abul-Hasan Ash’ariylarning qarashlari: mutashobih oyatlarning ma’nolarini ilmda sobit bo‘lganlar bilishlari mumkin.

Ikkala taraf ham o‘z qarashlariga Oli Imron surasining yettinchi oyatini dalil qilishgan. Mutashobih oyatlarning ta’vilini faqat Alloh biladi, deydiganlar bu oyatga shunday ma’no berganlar:

وَمَا يَعْلَمُ تَأْوِيلَهُ: إِلَّا اللَّهُ وَالرَّسِخونَ فِي الْعِلْمِ يَقُولُونَ ءَامَنَّا بِهِ كُلٌّ مِنْ عِندِ رَبِّنَا[3]

«Uning ta’vilini Allohdan boshqa hech kim bilmas. Ilmda sobit bo‘lganlar esa: unga iymon keltirdik, barchasi Robbimiz huzuridan, derlar»

Mutashobih oyatlarning ma’nolarini bilish mumkin, deydiganlar bu oyatga quyidagicha ma’no berganlar: «Uning ta’vilini faqat Alloh va ilmda sobit bo‘lganlar bilurlar. (Ular): unga iymon keltirdik, barchasi Robbimiz huzuridan, derlar». 

Mutashobih oyatlarni tafviyz va ta’vil qilish deganda quyidagi ma’nolar tushuniladi: Ta’vil (muhkam oyatlarga muvofiq qilib) ma’no berish. Tafviyz (iroda qilingan ma’noni Alloh taologa) havola qilish[4]

“Salaf” (dastlabki uch asr avlodi) — ummati Muhammadiyaning eng afzal peshqadam avlodi hisoblanadi. Salafi solihlar davridan keyin yashagan musulmonlar xalaflar, ya’ni “keyingilar” deb ataladi. Mutashobih oyatlar haqida salaf ulamolari juda ehtiyotkor fikr bildirganlar. Ularning yondashuvi “tafviyz” (ya’ni Allohga havola etish) yo‘li edi. Salaf ulamolari “mutashobih oyatlar”ni ta’vil qilishdan (ya’ni ma’nosini o‘z aqliga ko‘ra sharhlashdan) tiyilganlar. Ular shunday deyishgan: “Bu oyatlar qanday ma’noda bo‘lsa, Alloh shunday biladi; biz esa unga iymon keltiramiz.” Ya’ni ular oyatdagi lafzni o‘z shaklida qoldirgan, ammo ma’nosini Allohga havola qilgan. Xalaf ulamolari shunday deyishgan: “Agar mutashobih oyatlarni aql va dalil bilan to‘g’ri tushuntirmasak, odamlar noto‘g’ri yo‘lga kirib, tashbih (Allohni maxluqotga o‘xshatish) ga ketishadi. Shu bois ular ba’zi oyatlarni ta’vil bilan izohlaganlar — ya’ni ma’noni Allohga munosib tarzda tushuntirishgan. 

Bu o‘ta muhim masalada ham musulmonlarning ehtiyojini hisobga olish, ulardan xatarni daf qilish avvalgi o‘ringa qo‘yilgan. Salaflar ta’vilni man qilgan bo‘lsalar, o‘sha vaqtda unga ehtiyoj yo‘qligidan va agar bu ish qilinsa, fitna chiqishi e’tiboridan man qilganlar. Xalaflar ta’vilni yo‘lga qo‘ygan bo‘lsalar, ularning zamonida bunga hojat tushgani uchun majbur bo‘lib qilganlar.

 

 

                                                                Tayyorladi: Ta’lim muassasasi talabasi R. Kamolova

                                                                Mas’ul: Ta’lim muassasasi tafsir fani o’qituvchisi I. Nurmuxamedova

 

 

 


 

[1] Qur’oni Karim, Oli Imron surasi 7-oyat

[2] Qur’oni Karim ma’nolarining tarjima va tafsiri, 50-bet,  Shayx Abdulaziz Mansur “Sano standart” 2021

[3] Qur'oni Karim, Oli Imron surasi 7-oyat

 

[4] E’tiqod durdonalari 174-bet, Abdulqodir Abdur Rahim, “Hilol-Nashr” 2024

 

Другие новости

Ayollarga xos boʻlgan masalalarga doir zamonaviy hukmiy masalalar
15.12.2025 1
Ayollarga xos boʻlgan masalalarga doir zamonaviy hukmiy masalalarShuning uchun ham Islomda tashqi ko‘rinishga ahamiyat berishga ruxsat etilgan. Bunda ziynatlanishni harom qiladigan holatlar quyidagilardir:a) kofir yoki axloqsiz odamlarga o‘xshash uchun qilinsa;b)...
Подробнее
Xalq orasidagi bid’atlar
14.12.2025 1
Xalq orasidagi bid’atlarInsonga uning bilmagan narsasini oʻrgatib, musaffo aqidaga yoʻllagan Alloh taologa hamdu sanolar boʻlsin. Bu musaffo aqidani bizlarga mukammal holda yetkazgan paygʻambarimiz Muhammad Mustafoga hamda u zotning ahli oilalariga...
Подробнее
Islom shariatida taloq tushunchasi va uning fiqhiy ahkomlari
12.12.2025 1
Islom shariatida taloq tushunchasi va uning fiqhiy ahkomlari Muqaddas Islom dini inson hayotining barcha jabhalarini, jumladan, oilaviy munosabatlarni tartibga soluvchi mukammal ilohiy nizomdir. Dinimizda oila qurishga targ‘ib qilinishi bilan bir...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry