21.11.2025
28

Ramazon va Zulhijja hilolining ko‘rinishi

Ramazon va Zulhijja hilolining ko‘rinishi

“Ramazon oyiki, unda odamlarga hidoyat hamda hidoyat-u furqondan iborat ochiq bayonotlar bo‘lib Qurʼon nozil qilingandir. Sizdan kim u oyda hozir bo‘lsa, ro‘zasini tutsin. Kim bemor yoki safarda bo‘lsa, bas, sanog‘i boshqa kunlardan. Аlloh sizlarga yengillikni xohlaydi va sizlarga qiyinlikni xohlamas. Sanog‘ini mukammal qilishingiz va sizni hidoyatga boshlagan Аllohni ulugʼlashingiz uchun. Shoyadki, shukr qilsangizlar.” (Baqara surasi 185-oyat).

Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) marhamat qilib dedilar: “Butun umringiz davomida yaxshilik talabgori bo‘lib, Alloh azza va jallaning rahmat shabadalariga yo‘liqing! Zero, Allohning rahmati jumlasidan bo‘lgan shabadalari borki, ularni bandalaridan xohlaganiga nasib qiladi” (Tabaroniy, Bayhaqiy, Ibn Abdul-Barr, Abu Nuaym, Ibn Asokir va boshqalar rivoyati). Ana shunday rahmat oylaridan biri Ramazon oyidir. Bu oy boshqa oylarga nisbatan fazilat-u ustunlikda bamisoli quyoshning boshqa sayyoralarga nisbatan ustunligi kabidir. Alloh taolo Ramazon oyini boshqa barcha oylardan oliy va mufazzal qildi. Uni ko‘plab buyuk fazilatlar va ulug‘ imtiyozlar bilan xosladi. Imom Tabaroniy Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilingan hadisda Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): “Oylarning eng afzali Ramazon oyidir”, deganlar. Ramazon oyining fazilatlarini sanab tugatib bo‘lmaydi. Islomning bosh manbai, insoniyatning qiyomatgacha hayot dasturi Qur’oni karim shu oyda nozil bo‘lgandir. Ushbu oyda Islom tarixiga zarhal harflar bilan yozilgan juda ko‘p olamshumul voqealar sodir bo‘lgan. Shu bois butun dunyo musulmonlari ushbu tabarruk oyni solih amallar va Alloh roziligi yo‘lidagi ibodatlar oyiga aylantirishadi.

Tongga qasam. (Zulhijja oyining avvalgi) oʻn kechaga qasam. Juft va toqqa qasam” (Fajr surasi, 1–3-oyatlar). Mazkur oyatdagi “juft”dan murod zulhijja oyining o‘ninchi kuni, “toq”dan murod esa to‘qqizinchi kunidir. Mufassirlar Alloh taolo Zulhijja oyining avvalgi o‘n kuni bilan qasam ichgani uchun ham uni fazilatli, deydilar. 

Zulhijja so‘zi “Haj egasi” degan ma’noni bildiradi. Bu oy Alloh taolo urush, qon to‘kishni harom qilgan (Zulhijja, Zulqa’da, Muharram, Rajab) to‘rt oyning biri, hijriy-qamariy taqvimning oxirgi oyidir. Zulhijja oyi haj ibodati ado etiladigan, qurbonlik qilinadigan, Arafa va Qurbon hayiti nishonlanadigan oy. Bu oyda, ayniqsa uning dastlabki o‘n kunida qilingan ibodatlar Alloh taolo uchun eng sevimli amallardan sanaladi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Alloh dargohida Zulhijjaning o‘n kunidan afzal kun yo‘q”, deganlar (Imom Ibn Hibbon rivoyati) Bu oyda tutilgan ro‘za ulug‘ ajrlarga musharraf etadi. Nabiy sollallohu alayhi va sallam: “Arafa kunining ro‘zasi o‘zidan avvalgi bir yil va o‘zidan keyingi bir yilning gunohlariga kafforat bo‘lishini Allohdan umid qilaman”, deganlar (Imom Muslim rivoyati).

Bulutli kunda adolatli bir kishining, agar u qul yoki ayol bulsa ham, ro‘zani boshlash haqidagi guvohligi qabul qilinadi. Chunki bu diniy xabar bulib, uning qabul bo‘lishi uchun faqat adolat shart qilingan. Ro‘zadan chiqish haqidagi guvohlikka, agar ko‘p bulutli bo‘lsa, guvohlikning nisobi, lafzi va adolat shart bo‘ladi. Daʼvo shart bo‘lmaydi. Ramazonning yigirma to‘qqizinchi kuni ro‘za tugaganini bilish uchun oy ko‘rilganda kun bulutli bo‘lib tursa, guvohlarning soni kamida shariatda talab qilingan ikki er kishi yoki bir er, ikki xotin kishi bo‘lishi shart. Shuningdek, guvohlik beruvchi kishi shahodat lafzini ham aytishi shart. Buning ustiga, guvohlik beruvchilar adolatli hur bo‘lishlari, tuhmatchiligi uchun darra urilmagan shaxslar bo‘lishi shart. Ro‘zani ochish haqidagi guvohlikka shartlarning ogʼir qo‘yilishining sababi bu ish bandalarga manfaat beruvchi, og‘izlarini ochishga omil bo‘luvchi ekanligidandir. Kun bulutsiz bo‘lsa, ikki holatda ham ko‘p kishilarning guvoxligi shartdir. 

Ikki holatda ham, yaʼni ro‘zani boshlash yoki tugatish uchun hilol ko‘rishda kun bulutsiz, ochiq bo‘lsa, ko‘p sonli kishilar guvohlik berishlari shart. “Ko‘pning miqdori qancha?” degan savolga baʼzilar “Bir mahalla odamlari”, desa, Аbu Yusuf rahmatullohi alayhi “Ellik kishi”, deganlar. Umuman, rahbar odam to‘liq ishonch hosil qiladigan darajada ko‘p odam bo‘lishi lozim. Ikki odil kishining oyni ko‘rganligi haqidagi guvohligi bilan o‘ttiz kun ro‘za tutilgandan keyin og‘izni ochish halol bo‘ladi. Bir odil kishining guvohligi bilan emas. Bir qavm havo bulutli bo‘lib turganda ikki odil kishining guvohligi bilan ro‘za tutishni boshlagan bo‘lsa, o‘ttiz kun tutganlaridan keyin ro‘zani tugatib, hayit qilinadi. Аgar bir odil kishining guvohligi bilan ro‘za tutishni boshlagan bo‘lsa, unday emas. Bu maʼnodagi masalalarda musulmon olamining bir tarafida hilolni ko‘rish sharʼiy asosda sobit bo‘lsa, boshqa o‘lkalarning odamlari ham unga amal qilishlari lozimligini jumhur ulamolar taʼkidlaganlar. 

Qurbon hayitini belgilash ham ro‘zanikiga o‘xshash bo‘ladi. Yaʼni Qurbon hayiti hilolining sobit bo‘lishi haqidagi hukm ham xuddi Ramazon hayiti hilolining sobit bo‘lishi kabidir.

Tayyorladi: ta’lim muassasasi talabasi O.Maxmudova

Mas’ul: ta’lim muassasasi tafsir fani o‘qituvchisi, I.Nurmuxammedova

Другие новости

ARAB TILINI NEGA O‘RGANAMIZ? (3-qism)
07.01.2026 2
ARAB TILINI NEGA O‘RGANAMIZ? (3-qism)Bugungi kunda turli millat va elat vakillari bo‘lgan musulmonlar orasida arab tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish va rag‘bat tobora ortib bormoqda. Buning asosiy sababi shundaki, arab tili...
Подробнее
Arab tilini nega o‘rganamiz? (2-qism)
06.01.2026 2
Arab tilini nega o‘rganamiz? (2-qism)Arab tili boshqa tillardan o‘zining o‘ziga xos xususiyatlari, boy lug‘aviy zaxirasi va chuqur ma’no qatlamlariga egaligi bilan ajralib turadi. U fasohatli, ohangdor va ifodaga boy til...
Подробнее
HANAFIY MAZHABIDAGI TO‘RTTA MO‘TABAR FIQHIY MATN
05.01.2026 2
HANAFIY MAZHABIDAGI TO‘RTTA MO‘TABAR FIQHIY MATN Mutaaxxir ulamolar nazdida Hanafiy mazhabiga oid to‘rtta mo‘tabar fiqhiy matn kitoblari bor bo‘lib, ular “Muxtasarul Quduriy”, “Viqoyatur rivoya”, “Kanzud daqoiq” va “al-Muxtor lil-fatvo” bo‘lib,...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry